0 ‘ttiz ikkinchi bob
Awalgi urushda Hisor2 bilan tuzilgan bitim har ikki
tomon uchun ham muvaqqat bir narsa edi. Muvaf-
faqiyatsiz safardan ko‘ngli ranjigan Husayn Boyqaro
dushman tomoniga hamisha quloqlarini dikkytirib
turardi. Hisorliklar esa eski dushmanlarini biron kun
bo‘lsin unutmasdan, qilichlarini qinga solmagan edi-
lar. Aksincha, Husayn Boyqarodek ulug‘, tajribali deb
nom chiqargan hukmdoming katta qo‘shin bilan
kelib, hech ish chiqara olmay, g‘ururini sulh bilan
qondirishga majbur bo‘lganligi ulaming ko‘kragini
ko‘targan edi. Ular Hirotga qarshi doimiy fitnalarini,
kirdikorlarini to ‘xtatmadilar.
Oradan uch-to‘rt yil o‘tgach, 1497-yilda Husayn
1 «Ilm lar to 'p lam i» .
! S u lto n M ah m u d n in g poytaxti.
421
Boyqaro qo‘shin bilan Hisorga yurish qildi. Safarga
Muzaffar Mirzo ham boshqa shahzodalar o‘z yigitlari
bilan qatnashdilar.
Husayn Boyqaro Arnudaryo yoqasiga, Termiz
ro‘baro‘siga qo‘ndi. Yordam uchun Badiuzzamon Ast-
roboddan kelib qo‘shildi. Dushman qo‘shini Sulton
M a’sud Mirzo1 qo‘li ostida daryoning ikkinchi yoqasi-
da, Termizda qo‘r to‘kib yotar edi. Qish va dushman-
ning sergakligi orqasida Husayn Boyqaro faol harakat-
lar uchun imkon topmay, qishni suv yoqasida
o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Yerda, havoda bahoming
ilk nafaslari sezilarkan, Husayn Boyqaro dushman-
ning peshonasiga zarba berish fikridan voz kechib,
biqinlaridan teshmoqqa otlandi. Amudaryoning sho‘x
to ‘lqinlari bo‘ylab, Qunduz2 sari, yuqoriga harakat
qildi ham besh-olti yuz chaqqon, ish ko‘rgan yigitlarga
Amudan o‘tishga buyurdi.
Bu guruh dushmanning ko‘zi bo'lmagan joyni tan-
lab, qarshi qirg‘oqqa o‘tib mustahkamlangach, Ter
mizda yotgan Sulton M a’sud, boshini yo‘qotgan kabi,
shoshib qoldi. Beklarning qistovi, kengashiga quloq
solish uchun unda ruh qolmagan edi. Suvdan o‘tgan
dushman guruhini bosish o ‘rniga shikast yegan
qo'shindek buzilib, orqa-o‘ngiga qaramay, Hisorga
qochdi. Dushmanning sarosimada qolganidan foy-
dalanib, Husayn Boyqaro qo‘shin bilan Amudan kech-
di va dushman kuchini bir-biridan ayirishga harakat
qilib, Badiuzzamonni ba’zi beklar bilan birga Qun-
duzga yubordi, o ‘zi Hisor ustiga yurish qildi va Hisor
qo‘rg‘onini qamab tushdi.
Husayn Boyqaro Hisorga yaqinlasharkan, dush
man xiyla sarosimada qolib, ba’zi sarkardalar boshla-
rini olib qochgan bo‘lsalar ham, lekin qo‘rg‘on yaxshi
mustahkamlangan edi. Husayn Boyqaro qo‘r to ‘kkan
kundan boshlab qo‘rg‘onni olmoq harakatiga tushdi.
Qo‘rg‘on olishning tilini bilgan beklar zo‘r berib
1 S u lto n M ah n iu d n in g o 'g 'li.
2 S u lto n M ah m u d g a q arash li bo lgan s h ah a r va viloyat.
422
qal’ani tekshirishga, uning metinligini sinashga, zaif
tomonlarini paypaslashga kirishdilar. Dushmanni
taslim ettirmoq uchun qay tomonga qarasang tog‘day
yuksalgan haybatli, og‘ir qo‘rg‘onni olish kerak edi.
Bu chumoli ini emaski, kaltak tiqish bilan ichidagi
sanoqsiz mayda qora lashkar duv etib tarqalib keta
qolsa! Yosh, qari beklar, mutaxassislar qo‘rg‘onning
turli joylarini ko‘zlab, uni buzish choralarini ko‘rdilar.
To‘g‘onbekning ruhida eski, yigitlik davrining jan-
govar qoni, hirsi, yovuzligi alangalandi. U go‘yo qay-
tadan yasharib ketdi. Jang ilmini go‘yo ona qornidan
o‘rganib tushganligiga ishongan kibrli barios beklari
oldida ajoyib bir ish ko‘rsatish, podshohning va o‘z
shahzodasining iltifotini ko‘proq qozonish orzusi uni
ichdan kemirar, g‘ayratlantirardi.
Kecha-kunduz tinimsiz ish ketdi. Yuzlarcha yigitlar
qo‘rg‘on tagiga katta qozonlar to ‘nkarib, ichiga max-
sus moddalar to ‘ldirib, portlatish yo‘li bilan qalin
qo‘rg‘onning metin tanini o ‘yishga harakat qildilar.
Yuzlarcha yigitlar qo‘rg‘onning m a’lum joylarini tan-
lab, maxsus ibtidoiy mashinalar yordami bilan tosh
otmoqqa kirishdilar. Ustidan arava yurishi mumkin
bo'lgan qalin devor, butun bir tog‘ning toshi otilgan
taqdirda ham, qimirlamas bir vaziyatda edi.
Qo‘rg‘on mudofi’lari ham tinch turmas edilar.
Yuksakdan, kunguralar orqasidan ular qalin o ‘q uchi-
radilar. Ba’zan o‘qlar shunday uzoqqa ketar, biror
odamga yo otga shikast berib, maxsus og‘ir yoylar-
dan uzoqqa otuvchi botirlami hayratga solardi. Bu
narsa dushmanning safida ajoyib yigitlar borligini isbot
etardi. Ba’zan mudofi’lar qo‘rg‘on tagida uymalash-
gan yigitlarga tepadan olov tashlab, qaynoq suv quyar,
kavak yasash bilan band bo‘lganlami ichkaridan qu-
yilgan tutun bilan b o ‘g‘ar edilar.
Sulton Husayn Boyqaro qo‘rg‘onning shimol tara-
fida, uzoqda chodir tikkan edi. Uning, sherandom
bo‘yli qilichbozning, bir vaqtlar bahodirona jussasi
juda zaiflashgan. U endi otga minolmas, yurganda
ham kalavlanar, shohona aravada, taxtiravonda hara-
423
kat qilardi. Bu gai ham safarning muvfaqqiyatsiz
chiqajagini gumon qilib, tashvish tortardi. Beklarga
kengash berar, fidokorlikka tashviq qilar, goh muvaf-
faqiyatsizlikka g‘azablanar, goh shirin so‘zlab, yigit-
larni umidsizlanmaslikka undar edi. Ba’zan marhum
beklami yodlab, ularning bahodirona ishlarini hasrat
bilan hikoya qilardi. Shuning bilan baravar uning
hashamatli chodirlarida bazm, aysh-ishrat, bir kun
bo‘lsin, kanda bo‘lmasdi.
Qilichboz yigitlarning yuraklari toshib, qo‘llari
qichib, jangni qo‘msar, bo‘ronli kunlami kutib, sabr-
sizlanardilar. Goh dushman ularning ko‘nglini yupan-
tirib qo‘yardi. Kechaning quyuq qorong‘isida yuzlar-
cha bahodir darvozadan chiqib, qora bo‘rondek bosib
kelar, suron tun bag‘rini yorar, qisqa, lekin favqulod-
da qizg‘in, omonsiz jang, ur-yiqit boshlanar, butun
lashkar baqirish-chaqirish bilan oyoqlanardi. Lekin,
ko‘p o‘tmasdan, dushman qanday bosib kelgan bo‘lsa,
yana shunday sur’at bilan azamat darvozaga o‘zini
urib, yashirinardi.
To‘g‘onbek ustalarga shotilar yasatdi. Bir dasta
yovqur, chaqqon yigitlami saraladi. Bir kecha katta
jadal bilan shotilarni qo‘rg‘onning turli taraflariga, bir
necha yerga o‘rnatdi. Qal’aga chiqib, mudofi’larni qi-
rish va ichkariga kirishni buyurdi. Yigitlar qilich,
nayza, o‘q-yoylarini olib, ko‘plari sovut ham kiyib,
dadillik
bilan shotilarga otildilar. Qo‘rg‘on ustida
hayajonli suron yangradi.Chiqqan yigitlarning aksari
yuksakdan toshday uloqtirildilar, parchalanib, yerga
singdilar. To‘g‘onbek bu yo‘lni kunduzlari, butunlay
kutilmagan vaqtlarda, ajoyib chaqqonlik bilan tadbiq
qildi. Ilk chiqqanlar tepada qilichlashishga ulgurardi-
lar, lekin birdan yopirilgan dushmanning zarbasi-
dan parchalanar, qolganlari esa shotidan ag‘darilardi-
lar.
Qurshov ikki yarim oy davom etdi. Bu muddatda
qo‘rg‘onni olish uchun ko‘rilmagan tadbir qolmadi
hisob. Katta jang bo‘lmasa ham, har ikki tomon ajo
yib fidokorlik ko‘rsatdi. Ikki podshohning qo‘l ostida
424
bo‘lgan bir xalqning o ‘g‘illari bahodirlikda bir-birlari-
dan qolishmadi.
Husayn Boyqaroning ko‘ngli siniq, ishonchsiz edi,
Qunduzga yuborilgan Badiuzzamonning Xusravshoh-
dan' kaltak yeganini eshitib, safardan tamom sovundi.
Qurshalgan Hisor ham juda qiynalgan edi. Har ikki
tomon bir-birining siridan voqif edi. Bunday paytlarda
Husayn Boyqaro o ‘rtadagi adovatni yumshatish yoki
o‘z muvaffaqiyatsizligini niqoblash niyatida, dushman
bilan quda bo‘lmoqni orzu qildi. Ikki tarafning elchi-
lari uchrashib, yarash-yarash bo‘ldi. Husayn Boyqaro
Sulton Mahmudning qizini o‘g‘li Haydar Mirzoga
olib berdi. To‘y-tomoshadan so‘ng Hisordan Balxga
ildam jo ‘nab qoldi.
Husayn Boyqaro, ba’zi mulohazalarga ko‘ra, Badi-
uzzamonni Balxda hokim qilib qoldirishga qaror qildi.
Unga qarashli bo‘lgan Astrobodni esa suyukli o‘g‘li
Muzaffar Mirzoga bermoqni istadi. Bu suyukli xotin
Xadichabegimning orzusi edi. Bu fikmi vazir Nizo-
mulmulk bilan kengashganda, u Xadichabegim oldida
o‘z obro‘sini mustahkamlamoq niyatida juda m a’qul
ko‘rdi. Badiuzzamon Balx hokimligiga rozi bo‘ldi.
Lekin Astrobodni o ‘zining yosh o‘g‘li M o‘min Mirzo
ga bag‘ishlanishini tilardi. Bu masala atrofida ivir-shi-
vir gaplar yurib turarkan, To‘g‘onbek Muzaffar Mirzo
ga uqtirdi: «Hisor q o ‘rg‘onini ololmadik. Ammo siz
bukun o ‘z baxtingizning, istiqbolingizning ternir qo‘r-
g‘onini qo‘lga oling. Bo‘sh kelmang, shahzodam!»
Muzaffar Mirzo ham otasi oldida o‘z tilagini qat’iy
so‘ylay boshladi.
Husayn Boyqaro hamma beklar, yuksak mansab-
dorlar, muqarrablar bilan birga katta, tantanali majlis
tuzdi. Badiuzzamon bilan Muzaffar Mirzoni chorlab,
o‘z qarorini bildirdi va har ikki shahzodani, an ’anaga
muvofiq, o‘ziga sadoqatda qulluq qildirdi. Keyin
Muzaffar Mirzoning ustiga tillado‘zi joma yopdi, Ba
diuzzamon otasining har bir harakatida adolatsizlik
sezdi, o ‘zini xo‘rlangan hisobladi.
'S u lto n M ah m u d n in g b o s h bcgi.
425
Husayn Boyqaro Balxda uzoq to‘xtamay poytaxtga
otlandi. Badiuzzamon otani tantana bilan kuzatib
qo‘yib, Astrobodga xat yozdi: Astrobodga Muzaffar
Mirzoni kirgizmaslikni, zarur bo‘lsa, qurol bilan
qarshilik ko‘rsatishni yosh o‘g‘liga buyurdi.
Dostları ilə paylaş: |