yo‘q. Sizlar uning navkariga ham arzimaysizlar. Badiuzzamon chiroyli boshini quyi solib, qora, qiyg‘och ko‘zlarini yashirishga tirishdi. Keyin, ko‘ng- lida dard chayqalgandek, uh tortdi. Otasining unga nisbatan adolatsizligidan shikoyatlandi. Nihoyat, dedi: — Siz kabi aziz, ulug‘ ustodning iltimosini qabul etmaslik ulug‘ gunohdir. Zoti oliyingizga bo'lgan muhabbatim yuzasidan so‘zlaringizni qabul qilamen va podshoh otamni insofga, adolatga da’vat etmo- g‘ingizni so‘raymen. Navoiy xursand bo‘ldi. Shahzodaga yaxshi tilaklar tiladi. Viloyatning ishlari haqida ma’lumot oldi, o ‘rgandi. Keyin qadrdonlari bilan ko‘rishmoq niyatida asta-asta yurib, chiqib ketdi. Uch-to‘rt kundan so‘ng shoir bir majlisdan qaytib kelgach, mulozimlar uni Badiuzzamon yo‘qlaganini bildirishdi. Shahzoda o ‘tirgan xonaga kirgach, uni juda g ‘amgin va hurpaygan holda ko‘rdi. Taajjublanib so‘radi. — Ne yumush bilan meni tiladingiz? Badiuzzamon javob bermadi. Ko‘rpachaning osti- dan bir qog‘oz chiqarib, yoyib uzatdi. Navoiy xatga ko‘z yugurtish bilan g‘azabdan, sarosimadan qaltirab ketdi. Balx qal’asi begiga yozilgan Husayn Boyqaro xatining mazmuni shunday edi: Badiuzzamon Mirzo shahardan tashqari chiqsa, qaytganda shaharga kirish- ga yo‘l qo‘yilmasin, tezda hibs etilsin! Navoiy qalbaki xat bo‘lmasin, degan andishada muhrga diqqat bilan tikildi, shubhasi qolmadi. — Mana, otamizning muhabbati, sadoqati! — dedi o ‘z-o‘ziga so‘zlaganday Badiuzzamon. — Agar nav- karlarim nonko'rlik qilib, bu maktubni mendan yashirsalar edi, ehtimol, men hozir zindonda o ‘tirgan bo‘lar edim! Y o‘q, tangriga shukur, munofiqlik fosh