— Bu tomonni bizga yuklashingiz mumkin... — dedi. O'ttiz to ‘rúnchi bob I
Quyosh ufqqa oshiqardi. Uzoqda, adirlarning, soy- larning bag'rida ko‘lkalar tentirardi. Katta karvon yo‘li bo‘ylab cho‘zilgan ekinzorlarda shamol yashil to ‘lqinlar yasardi. Navoiy hamroh navkarlari bilan Balxga yaqin so‘nggi rabotdan chiqib, bir necha kun- lik yo‘lni bosib charchagan otni zo‘rlamay, asta bo- rardi. Butun gavdasida horg‘inlik sezar, boshida esa turli xayollar, fikrlar o ‘ynardi. Sodiq hamrohlariga goho g‘ayrishuuriy ravishda biron so‘z deb qo‘yar yoki biron narsaga ishorat qilar, yana jim bo‘lardi. Mana, uzoqda Balxning eski qo‘rg‘oni ko‘zga chalindi. Otlar, manzilning yaqinligini sezgan kabi, pishqirib, qam- chisiz qadamlarni tezlatdilar. Bir to ‘p qalin daraxtlar orqasidan chang ko‘tarildi. Hayal o ‘tmay, yo‘lchilar Badiuzzamon boshliq istiqbolga chiqqan olomon bi lan uchrashdilar. Bular ichida shahzodaning xos yigit- lari, yaqinlari, hamsuhbatlari, Balxning bir necha ol- dingi odamlari, xalq namoyandalari bor edi. Badiuz- 430
zamon otdan tappa tushib, Navoiyga ta’zim qildi va adab bilan ko‘rishdi. Shoiming sihati, safar mashaq- qati to ‘g ‘risida dildorlik qildi. Boshqalar ham tartib va takalluf bilan birin-ketin kelib, shoiming qo‘lini siqdilar. Navoiy ham Badiuzzamonning kayfi, sog‘lig‘i haqida so‘radi. Keyin ziynatli, chiroyli otga mingan Badiuzzamon bilan yonma-yon yurib, Balxga kirdi. Shaharda har yerda xalq uni quvonch va hayajon bilan tabrikladi. Bu kecha Badiuzzamon shoir sharafiga katta zi-