dast qo‘llar endi qaltiraydi. Lekin hali ham ichki, tashqi dushmanlardan davlatni qo‘riqlashga har vaqt tayyor u. Davlat binosi uchun, garchi puturdan ketgan bo‘lsa ham, hozircha eng ishonchli ustun u edi. Badiuzzamon otani uloqtirib, taxtni egallashi mum- kin. Lekin u vaqtda o ‘n to‘rt shahzodaning kamida o‘ntasi, zanjirdan uzilgan, quturgan itlardek, bir-bir- larining ustiga tashlanib, bo‘g ‘ishib, bir-birlarining halqumlarini yirtadilar... Alisher Navoiy ko‘zlariga cho‘kkan qayg‘u bilan podshohga qaradi. — Bu falokatning oldini olmoq kerakki, uning dahshatli changali mamlakatni qaqshatmasin!.. — dedi Navoiy. — Qanday qilib? — so‘radi ezilgan Husayn Boy- qaro. — Aqlli kengash beringiz. — Aqlli kengash shulki, — javob berdi Navoiy, — Badiuzzamon Mirzoni aqlga chaqirasiz, insof va vij- donga da’vat qilasiz. Uning ko‘nglida mehru muhab- bat uyg‘otishga harakat etasiz.— Navoiy bir nafas su- kut qilib davom etdi.— 0 ‘rtada bo‘lib o ‘tgan ginalami bartaraf etib, samimiy sadoqat, vafo, muhabbatni barpo qilmoq kerak: — Demak, safarga hojat yo‘q! — Aslo! — javob berdi Navoiy. — Modomiki, orada haqiqat uchun kurash yo ‘q; balki bu harakat— xusumat, jaholat mevasi. Demak, to ‘kilgan har bir tomchi qon ulug‘ jinoyatdir! — Qon to ‘kmoq flkri menda ham yo‘q, — dedi kuyinib Husayn Boyqaro. — Ammo noqobil farzand yaxshi tilaklarimizni idrok etmasa? — Mehru muhabbatni idrok etmoqdan ojiz farzandning bo‘yniga tayoq urmoq otaning vazifasi- dir, — javob berdi Navoiy. Husayn Boyqaro, yengillangandek, q o ‘zg‘alib qo‘ydi. Keyin bir oz sukut qilib, bu vazifani bajarish-