qurol-aslahalarni ko‘paytirish, Sulton Husayn kuchlari bilan qay mavzeda uchrashish va hokazo masalalar aniqlandi. Bundan so‘ng kecha- kunduz jahdu jadal bilan tayyorlik ishlari boshlanib ketdi. Badiuzzamon urush ishlarida tajribasiz bo‘l- ganidan, shoshib qolgan edi. Uning iltimosi bilan 433
Zulnun Arg‘unbek va uning o‘g‘li Shoh Shujobek Qandahordan yetib kelib, ishni o ‘z qo‘llariga oldilar. Zulnun Arg‘un umrida ko‘p janglar ko‘rgan, yoshi ulug‘ligiga qaramay, bahodirona siymoni saqlagan, sodda, dag‘al, o‘z so‘zli bir chol edi. Uning so‘zlari- da, qilmishlarida qandaydir telbalikka o ‘xshagan bir sifat sezilardi. Lekin bu xususiyat, xuddi go‘zalning kokiliday, unga yarashib turardi. Shoh Shujobek esa botirlik ruhining kamolga yetgan bir pallasida edi. U bir qarich yoshidan boshlab, go‘yo tomoshaga ergashgandek, otasining ketidan janglarga ergashgan, ot surib, qilichlashgan, jang havosida suyagi qotgan edi. Tayyorlik ishlari hali ko‘ngildagidek saranjom top- magan bir paytda Husayn Boyqaroning oshig'ichlik bilan safarga chiqqani eshitildi. Badiuzzamon o ‘z kuchlarini nari-beri tartibga soldi, o ‘zi uchun jangda qulaylik beradigan Tangdaraga kelib qo‘r to ‘kdi. Atrofga kuchli qorovullar qo‘yildi. Dushman kuchla rini o ‘rganmoq uchun maxfiy ravishda odamlar yubo- rildi. Dushmanning oldingi qismlari, yo‘lni chap berib, nogahoniy ravishda bosmasligi uchun, tunlami sergaklik bilan o ‘tkaza boshladilar. Bir oqshom ufqda Husayn lashkarining gulxanlari ko‘zga chalindi. Bu kecha lashkargohda ish qaynadi. Muhim joylarga