Navoiy xatni Mirzoning oldiga tashladi. Hech narsa demadi. U Badiuzzamon qoshida, chindan ham, g'alati bir vaziyatda qolgan edi. Bu razil harakati uchun ichida Husayn Boyqaroni, atrofidagi butun fit- nachilarni qattiq la’natladi. — Hayhot! — dedi Navoiy o ‘midan qo‘zg‘alib. — Hokimlarda aql, vijdon nishonasi qolmabdi. Makr- ning, munofiqlikning devi hamma fazilatlarini o ‘z komiga tortibdi. N a so‘zlarida ma’no bor, na ishlari- da hayo bor! Bundan dahshatli, bundan alamangiz badbaxtlik aslo bo‘lmas! Badiuzzamon boshini ko‘tardi, shoirning butun siymosi uchqunlangan alam va g ‘azab bilan nafas olar- di. Shahzoda uning yuragining sofligi, maqsadlarining oliyligiga ishonganini so‘zladi. Ammo unga bo‘lgan butun muhabbatiga qaramay, endi sulh to ‘g‘risida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini qat’iy bildirdi. — Butun tarix oldida, butun olam oldida shar- mandalikni, razolatni bo‘yningizga olib, ota-bola may- donda bo‘g‘ishinglar! — dedi Navoiy qayg‘udan yon- gan ovoz bilan. — Shaxsiy xusumat, adovat va tama uchun bu muborak vatanning tuproqlarini qonga be- langlar! Sizlar uchun bu — yigitlik, mardonalik, rusta- mona qahramonlik! Xalqning nohaq to‘kilgan har tomchi qoni uchun tarix qoshida yuzlaringiz abadiyan qora bo‘lur! Vaqt g Lanimat, butun yomonliklami namoyon etmoqqa oshiqinglar! Navoiy g‘azabning kuchi bilan keskin yurib chiqib, safarga otlanishni hamrohlariga buyurdi. n Badiuzzamon beklarini, ishbilarmon yigitlarini yig‘ib, jangga hozirlanish to‘g‘risida kengash qurdi. Lashkar to ‘plash,