yofat berdi. Turli ovqatlar suzilgan hamma idish- oyoqlar, qadahlar, ko‘zachalar oltin va kumushdan edi. Mehmon kutish, majlis tuzishda dong chiqargan Badiuzzamon suhbat, o ‘yin-kulgi, musiqiy kabi ko‘n- gil ochishlarda tartibga, zavqqa, ingichkalikka bukun alohida e ’tibor berdi. Navoiyning kelish sababi shah- zodaga ma’lum bo‘lganidan bu to ‘g‘rida ikkovlari ham bu kecha og‘iz ochmadilar. Charchagan qari shoir majlisning tezroq tugashini kutardi. Ikkinchi kun, nonushtadan keyin, xoli uyda so‘zlashdilar. Badiuzzamon Navoiyni hurmat qilar edi, u bilan suhbatlashishdan zavqlanardi. Ayniqsa, yoshlik yillarida Navoiy uning murabbiysi va muallimi kabi edi. Badiuzzamon, Temur sulolasiga mansub bir ko‘p shohlar, shahzodalar kabi, she’rdan zavqlanar, o ‘zi ham goho-goho biror narsa yozib qo‘yardi, Navoiy she’rlarini esa bir qarich yoshidan sevib o ‘qirdi. Shoir mamlakatning vaziyatini mufassal tushun- tirib, o ‘rtadagi har qanday xusumat, adovat, fitnalami yo‘qotmoq uchun ataylab kelganini so‘zladi, fikrini tarixning cheksiz hodisalaridan keltirilgan misollar bilan quwatladi. Shahzodaning aqliga, vijdoniga ta’sir qilishga tirishdi. Uning ko‘ngliga qattiq tegadigan so‘zlami ham ochiq aytishdan, uni qizartirib b o‘zar- tirishdan toymadi. — Men butun umr orzu qilgan hukmdomi, u bar- kamol insonni, — dedi Navoiy, — afsuski, hayotda 431
ko‘rolmadim, yolg‘iz xayolimda yaratdim. Siz taniy- siz, bilasiz uni, agar unutgan bo‘lsangiz, «Iskan- darnoma»ni yana bir karra o ‘qing! Hukmdor u, bar- cha fazilatlaming koni u... Sizlarda uning soyasi ham