dedi: «Bu savob ishni barpo qilmoq uchun kamina har qanday mashaqqatdan yuz o ‘girmas». Husayn Boyqaro ertaga Balxga jo ‘namoq uchun hozirlik ko‘rishni iltimos qildi. Badiuzzamon fitnasini podshoh muzokara yo‘li bilan tinch hal etishga qaror berganligi darhol hamma yoqqa tarqalib, ko‘p kishilami quvontirsa ham, lekin ba’zi arkoni davlat va a’yonlaming ichlari shuv etib ketdi. Bular ota-o‘g ‘il orasidagi adovat alangasida isinib olmoqchi edilar. Bularning tepasida vazir Nizomulmulk bilan To‘g‘onbek turar edi, Nizomul- mulk, garchi ota-o‘g‘ilning bitishuviga jilla qarshi bo‘lmasa-da, bu ishni Navoiy o ‘z zimmasiga olishi uning yuragini chaqardi. Uning mulohazasicha, agar Navoiy vositachilik qilib, bu muhim vazifani bajarsa, u vaqt podshoh qoshida shoiming mavqei mus- tahkamlanishi mumkin bo‘lib qolar edi. T o‘g‘onbek boshqa mulohazalardan bunga qarshi edi. U Muzaffar Mirzo bilan Astrobodga jo ‘nab, u yerda o ‘zining ko‘pdan buyon o ‘ylab yurgan rejalarini amalga oshirmoqchi bo‘lardi. Badiuzzamon Mirzo isyoni erta-kech Muzaffar mirzoni ham oyoqlantirar, yurtda boshboshdoqlik kuchayar, ichki urushlaming bo‘ronida qari Husayn Boyqaro, chirik daraxtdek, qulab ham ketar, ana u vaqt Muzaffar Mirzoni u o ‘z qo‘li bilan taxtga o ‘tqazib, davlat kemasini istagan tomonga o ‘zi yurgizar! Navoiy Hirotdan jo ‘nab ketgan kuni, oqshom T o‘g‘onbek Nizomulmulkning uyiga bordi. Uni vazir- ning o ‘g‘illari — Kamoliddin Husayn va Amidalmulk qarshi olib, e ’zoz-ikrom bilan go‘zal bir xonaga,