kimxob ko‘rpachalar ustiga o ‘tqazishdi. Kamoliddin Husayn o ‘qimishli, g‘oyat nozik tabiatli, shirin so‘z, nazokat va ta’zimni juda joyiga tushiradigan yigit edi. Amidalmulk bu boblarda akasidan bir qadar orqada bo‘lsa-da, lekin uning boshqa bir afzalligi bor edi. U harbiy ishlarga maroqli edi. Garchi jang maydonini uzoqdan tomosha qilgan esa ham, o ‘zini maydon erlaridan hisoblardi. 428
To‘g‘onbek bunday oliftalami jilla yoqtirmagani- dan, qisila boshladi. Kamoliddin Husayn nayday yoqimli tovush bilan undan-bundan so‘zlay boshladi. U, chindan ham, arzimagan bir voqeani nozik harakat bilan shunday hikoya qilardiki, To‘g‘onbek bir ozdan so‘ng beixtiyor ravishda berilib quloq soldi. Aka nazokat bilan sukut qilgach, ukasi jang san’ati haqida T o‘g‘onbekni gapga solmoqqa intildi. Chordana qurib, og‘irligidan pishillagan To‘g‘onbek bu to ‘g‘rida hammaga ma’lum bo‘lgan ba’zi narsalami to‘ng‘illab gapirdi. Sabrsizlanib, goh eshikka, goh darichadan katta boqqa qarab qo‘yarkan, Nizomulmulk salmoqli qadam tashlab kirib keldi, mehmon bilan ko‘rishdi-da, xuddi devondagidek, ulug‘vor vaziyatda o ‘tirdi. To‘g‘onbek vaziming o ‘g‘illari oldida gaplashishdan iymanib turgan edi, vazir payqadi shekilli, xotiijam bo‘ling, degandek o ‘zi gap ochdi. — Bukun Navoiy janoblarini Balxga uzatdik, — dedi u qalin soqolini silab. — Yumushlarini muvaffaqiyat bilan bajarsinlar, — dedi, istehzo bilan iljayib To‘g‘onbek. — U kishi ming bir dalil keltirib, o ‘z fikrlarini shahzodaga uqdirishla- riga shak qilmaymiz. — Alisher Navoiy,— dedi Nizomulmulk zar to ‘ni-