Asr oshgan asarlar


Yigirma to qqizitichi bob



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Yigirma to qqizitichi bob
Darichaning tepasidagi rangli oynalardan quyosh 
uyga bir tutam nur otgan edi — kursi ustidagi silliq 
haftrang qog‘ozlarda, chiroyli mis siyohdonda, tiniq 
suv turgan mo‘’jaz, ko‘z oqiday toza, chetlariga jivir- 
jivir gullar ishlangan jonon kosada aks etar, bir par- 
chasi esa gilamning gullarini yondirar edi. Shoir qalin 
kitobni tizzasiga qo‘yib, yostiqqa suyangan holda tarix 
mutolaa qilardi.
Navoiy saroyning behuda bo‘sh-bo‘g‘ovligidan 
uzoqda har kun yozadi, o‘qiydi. Yozmoqni ko‘zlagan 
asarían haqida o ‘ylaydi. «Mahbub ul-qulub»1, «Muho- 
kamat ul-lug‘atayn»2 uchun kerakli fikrlami, misol- 
larni saralaydi. Xonaqohga borib, olimlaming holidan 
xabar oladi, ulaming yozayotgan kitoblari bilan ta- 
nishadi, kengashlar beradi.
Madrasalarga kirib tolibi ilmlaming nafaqalari 
to ‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Hirotda, o‘zga shahar- 
larda yuzlarcha shoirlaming yangi yozgan har nav 
katta-kichik she’rlarini topadi. M a’lum vazifalar top- 
shirilgan mulozimlarini qabul etib, ishlaming borishi 
haqida m a’lumot so'raydi. Daromadlardan xayri 
ehson uchun qilingan xarajatlami tekshiradi. Goho 
otda, goho piyoda yurib Hirotning qadimgi tarixiy 
binolarini, joylarini tomosha qiladi. Shahaming hus- 
nini ochish uchun nimalar qilish to‘g‘risida o ‘ylaydi. 
D o‘sti mavlono Jomiy qoshiga borib, she’rdan, fal- 
safadan, tasaw ufdan suhbatlashadi. Olim, fozil 
do‘stlarini tez-tez chorlab, shirin o‘ltirishda musiqiy 
tinglaydi, andak hazil-mutoyiba qiladi. Bu sokin ha-
1 Q alb lam in g d o 's ti. sevguvchisi.
; Ikki til haqida flk r yuritish.
387


yotda, u bir dam bo‘lsin, mamlakat taqdirini unut- 
maydi. Xalqqa sitam qiluvchilarga bo‘lgan g‘azabi 
yuragida chayqalib turadi. Ba’zan tutaqib, alamdan 
to ‘lg‘anadi...
Mulozim kirib, Mirak Naqqoshning kelganini 
aytdi. Navoiy darrov kitobni chetga olib qo‘ydi.
— Axir qo‘lga tushdimi, ildam kirsin!— dedi kulib u.
Mirak Naqqosh qo‘rqa-pisa kirib, qo‘lini qovush-
tirib, bir chekkaga o‘tirdi.
— Soatni qachon bitkizasiz? Siz uchun va’da, so‘z 
degan mafhumlarning qimmati bormi? — sun’iy ra- 
vishda qovog‘ini solib, shiddat bilan gapirdi Navoiy.
Naqqosh so‘z topolmay, qo‘li bilan kattagina sal- 
lasini tuzatdi, qizardi, jovdiragan o‘tkir ko‘zlari bilan 
shoirga tikildi. Nihoyat, taralmagan sarig‘-qizg‘ish 
soqolining uchini himarib:
— Soat hali bitgani yo‘q, — dedi Naqqosh ayb- 
dorlarcha kulimsirab. — Lekin, taqsir, bu xayol bo- 
shingizga qaydan keldi? Raso xunob ish ekan...
— Qachon yurgizasiz, qachon vaqtni to ‘g‘ri 
o‘lchaymiz? Insof qiling, o‘tgan muddatni bilasiz- 
mi? — dedi Navoiy.
— Fikrim erta-kech bu muammo bilan band. Lekin 
dardisaming hal bo‘lmagan jihatlari bor. Hayronmen, 
natija ne bo‘lar ekan... — asabiylashganday qo‘lini 
siltab qo‘ydi Naqqosh.
— Soatni faranglar yasabdilar. Arablar ham 
yasaganlari m a’lum. Xo‘sh, nega siz bu muammoni 
hal qilolmaysiz? Ilmi jarri saqil'dan m a’lumot sohibi- 
siz. Bu menga m a’lum. Bu ilmni tadbiq eting. Inson 
fikrning qudrati bilan ne-ne mushkullarni hal qilmas! 
Xo‘b, mana bu kosa, fikringizcha, qay mamlakatning 
mahsuli? — kursidagi kosani ko‘rsatdi Navoiy.
Naqqosh engashib, diqqat bilan kosaga razm soldi.
— Xitoy chinnisi!
— Borakallo! — ko‘zlarini chiroyli suzib kulib 
yubordi Navoiy va muloyim gapirdi. — Yo‘q, xato
' M exanika.
388


qildingiz. Bu chinni Hirotning mahsuli. Buni o‘zingiz 
tanigan usta Muhammad Jamol yasadi.
Naqqosh taajjublanib, olaygan ko‘zlari bilan go‘yo 
kosani yeb qo‘yganday bo‘lib qaradi. Nihoyat, boshi- 
ni chayqadi:
— 0 ‘xshatgan. 0 ‘xshatgan!
— Tirik bo‘lsam, — dedi Navoiy bir xo‘rsinib, — 
butun yurtga shu chinnini tarqatamen. 0 ‘z tuprog‘i- 
mizdan asl chinni yaratmoq mumkin ekan. Soat, tabi- 
iy, ko‘p ilm, ko‘p hunar talab qilur. Ammo, amin- 
menki, siz yarata olursiz. Sizda yalqovlik bor, ana shu 
balodan qutulishingiz kerak, inim.
Naqqosh, go‘yo o‘z beparvoligini iqror qilganday, 
iljayib qo‘ydi. Endi qunt bilan ishlab, tez bitirishni 
va’da qildi. Navoiy, agar u yana beparvolik ko‘rsatsa, 
qattiq tadbirlar ko‘rishga majbur bo'lishini, u vaqtda 
undan ranjimaslikni ta’kidlab, po‘pisa qildi. Keyin 
soat ixtirosining ahamiyatini, insonlar uchun vaqtni 
ilishning foydalarini so‘zladi. Bu munosabat bilan ilmi 
nujum haqida, Ulug‘bekning rasadxonasi va hokazo 
to ‘g‘risida qiziq m a’lumotlar berdi.
Naqqosh ketgandan so‘ng shoir eshikka chiqdi. Bir 
oz hovlida kezindi. Mulozimlar bilan so‘zlashdi. Ba’zi 
ishlardan noxushlanib koyindi. Keyin shifoxonadagi 
tabiblar bilan suhbatlashmoqqa jo ‘nadi.
Katta yo‘lga chiqqanda, uzoqdan Haydarga ko‘zi 
tushdi. U ko‘pdan qalandar bo‘lib olgandi. Hamma 
uni «Haydar qalandar» derdi. Boshida qalandarlarga 
xos kuloh, egnida eski xirqa, sochlar o‘siq... U uy-joyi- 
ni tark etib, bir kulbani maskan qilgan edi. Har kun 
bozolarni aylanib, qalandarlar odaticha, g‘oyat oddiy 
tirikchiligi uchun kerak narsalarni tilanib topardi.
Hirotda bu hol uyat hisoblanmas edi. Qalandar- 
larning hammasi — ular orasida asilzodalar ham 
uchrardi — shunday yashardilar. Navoiy xuddi o‘z 
farzandiday ko‘rgan bu jiyanini, bir vaqtlar shoir va 
sipohi bo‘lgan yigitni bu holga tushganiga qayg‘urardi. 
Lekin Haydarga nasihat kor qilmas edi. Navoiy uning 
bu holatini yolg‘iz uning darveshlikka bo‘lgan tabiiy
389


maylidan deb bilmas, balki haq so‘zi uchun podshoh 
tomonidan siquv ostiga olinganligi ham ta’sir etganini 
fahmlardi. Haydar Navoiyni ko‘rdi shekilli, uzoqdan 
boshini egib, jimgina boshqa yoqqa burilib ketdi. 
Navoiy balki qaropsizligi orqasida bir kun bu yo‘ldan 
qaytar, deb umid qildi-da, asta-asta jo ‘nadi. Lekin shi- 
foxonaga borishga to ‘g‘ri kelmadi. Bir oz yurgach, 
qarshisidan Muboriziddin Valibek bilan G ‘iyosiddin 
Dehdor chiqib qoldi.
— Mir janoblari,— dedi Valibek ko‘rishgandan ke- 
yin, — biz huzuringizga bormoqda edik.
Navoiy ularning yuzlarida ichki bir hayajonning 
asarini ko‘rdi.
— Zotan, ishim ham yo‘q edi. Suhbatlaringizga 
orzumandmen, — dedi-da, uyga boshladi.
0 ‘tirishgan hamon Valibek: «Balxdan chopar 
keldi», deb so‘zlab ketdi.
Navoiy diqqat bilan quloq solib, shunday voqea 
ro‘y berganini eshitdi:
Podshoh bukun devonda vazirlar, beklar va yaqin- 
lari bilan majlis qurarkan, Balxdan chopar yetib kelib, 
Darveshalining isyon ko'targanini va Sulton Mahmud 
bilan ittifoq tuzib, harakat qilayotganini bildirgan. 
Podshohga bu xabar qattiq ta’sir qilgan, bir onda 
tutaqqan. Majlisdagilar ham hayajonlanganlar va bu 
voqea xususida darrov o‘zlaricha bichib-to‘qiy boshla- 
ganlar. Ular, agar Alisher Navoiyning qo‘li bo‘lmasa, 
bunday ishga Darveshalining o ‘zi jasorat ko‘rsata 
olmas edi, deganlar. Voqeani bunday ta ’bir etish podi- 
shohga ham m a’qul ko‘ringin. U shu ondayoq Alisher- 
dan shikoyat qila boshlagan. Valibek bilan G ‘iyosiddin 
Dehdor maslahatlashib, voqeaning ahamiyatsizligini 
isbot etishga tirishganlar. Dehdor podshohga ta’zim 
qilib, so‘ziga odatdagi hazil-mutoyiba ruhini berib: 
«Olampanoh Sulton, bu faqir bandangizga ijozat be- 
ring, men u ojiz kitobdor g‘ulomingizni' tutib keltirib, 
oyoqlaringiz ostiga tashlayin!» degan. Podshoh
1 D arveshali b ir v aq tlar H usayn B oyqaro k u tu b x o n asin in g bo sh lig ‘i edi.
390


Dehdorda bunday shijoatni ko‘rib, xaxolab kulgan: 
«Xo‘b, ijozat berdik, hunaringizni ko‘rsating», degan.
Valibek so‘zni bitirgach, Navoiy yuzini, soqollarini 
qoplagan muloyim kulgi bilan Dehdorga qaradi.
— Podshohning g‘azabi ichimizga titroq soldi, — 
dedi G ‘iyosiddin Dehdor, — men aslo kutilmagan tak- 
lif bilan podshohning yuragini bosgan g‘azab bulutla- 
rini xiyla tarqatdim. Xato qilmabmenmi?
— G ‘oyat nozik harakat qilgansiz, — dedi boshi 
bilan tasdiqlab Navoiy. — Albatta, Darveshali davlat- 
ga raxna solmoq niyatida bosh ko‘tarmagan bo‘Isa 
kerak. M a’lum maqsadlari ham bordir balki... 
Bilmadim, to ‘g‘rimi, men shunday o‘ylamoqqa mo- 
yilmen.
— Bu xususda bizda ham shubha yo‘q, — m a’no- 
dor iljayib dedi Valibek.
— Men Balxga yetib, mavlono Darveshali bilan 
muzokara boshlaguncha, inshoollo, bu yerda ishlar 
ko‘nglimizdagidek rivoj topar, — dam Navoiyga, dam 
Valibekka ayyorcha boqib gapirdi G ‘iyosiddin 
Dehdor.
Navoiy shu yerda bir parcha qog‘oz olib, Darve­
shali uchun maktub yozishga boshladi. Xatda hamisha 
el va ulus manfaatlarinigina chuqur o ‘ylab, shunga 
binoan harakat qilish, aql, insof, adolatga tayanish 
kerakligi, yurt ishini o‘z manfaatlari uchun vosita 
etishning eng og‘ir jinoyat ekani haqida chuqur, 
go‘zal, hikmatli so‘zlarni uqtirdi. Chunki Darveshali 
Majididdin bir kun mening ishimni ham rasvo qilishi 
aniq, degan shaxsiy andisha orqasida harakat qilayot- 
gan bo‘lishini Navoiy gumon qilgan edi. Shoir esa 
Majididdinni davlat uchun, xalq uchun zararli, 
ig‘vogar, fitnachi deb ishonganidan, Darveshalining 
unga adovatini haqli topar edi. Xatni bukib, G ‘iyosid- 
din Dehdorga topshirdi. Oradagi nizolarni tinchlik 
bilan, muzokara bilan hal qilmoq kerakligini 
Darveshaliga uqtirishni Dehdorga yana tayinladi.
Ular ketgach, shoir ro‘y bergan ahvolni yana 
o ‘ylab qoldi. Darveshali harakatining oqibati nima
391


bo'lishi uni tashvishga soldi: «Tojlari adolat yulduzi- 
ning gavharlari bilan muzayyan bo‘lgan, ko‘zi ha- 
misha ochiq podshohlaming soyaiy davlatida yasha- 
moqni o‘zga, begona ellar orzu qiladilar,— o‘yladi ichi- 
da, — bu qanday falokatki, bizning elning podshohi- 
dan o‘z eli shikoyat qilar, o ‘z kishilari yuz o‘girar!»
Uchinchi kun shoir har nav «mish-mish»lami 
tahqiqlamoq uchun saroyga bordi. Bu yerda u 
favqulodda tantana va hayajon alomatini sezdi. 0 ‘zi- 
ning qadimgi sodiq mulozimi Boboali eshik og‘a, 
Balxdan bukun kelgan m a’lumotlarga binoan, 
Darveshali, podshoh Majididdinni mansabdan tushur- 
mas ekan, Sulton M ahmud bilan ittifoq bo‘lib 
markazga qarshi harakatni davom ettirajagini qat’iy 
bildirganini, shuning uchun podshoh qadrdon vazirini 
muvaqqatan bo‘shatmoqqa qaror berganini so‘zladi. 
Navoiy o‘z ukasi boshlagan harakat el va ulus foy- 
dasiga xizmat qilganidan ichida suyundi. Tez-tez yurib 
devonga kirdi. Katta, yorug‘, tillakori xonada beklar, 
vazirlar, saidlar1, ulug‘ mansabdorlar gerdayib, churq 
etmasdan o ‘tirardilar. Oldingi qatorda boshini quyi 
solib, o ‘shshaygan Majididdin, uning ro‘baro‘sida 
g‘oübona bir tur ham vajohat bilan Nizomulmulk 
o‘tirardi. Shoir kirishi bilanoq ixtiyorsiz ravishda, 
go‘yo anglashilmas ichki bir turtkining kuchi bilan, 
hamma birvarakay o‘midan turdi. Qo‘ltiqlashib, bir- 
biriga uzatgan qo‘llar Navoiyni, uning xohishiga 
qarshi, yuqori chiqarib qo‘ygan edi. Bir onda rangi 
qum o‘chib ketgan Majididdin bilan uzun kipriklari 
yomon pirillagan Nizomulmulkning o ‘rtasida shoir 
ixtiyorsiz ravishda o ‘tirishga majbur bo‘ldi. Ko‘p 
o‘tmasdan, qo‘shni xonaning zarhal eshigi ochildi. 
Hamma yana guv etib qo‘zg‘aldi, boshlar ta’zim bilan 
egildi. Husayn Boyqaro darmonsizlik va mastlik 
orqasida kalavlanib paydo bo‘ldi. Takallufsizlik bilan 
o ‘z joyiga, kimxob to ‘shaklarga o ‘tirdi. Kishilar qad- 
larini asta ko‘tardilar. Podshoh Majididdin Muham-
1 Y uqori im tiy o zli ruhoniylar.
392


madning davlat uchun qilgan ulug‘ ishlari, dono tad- 
birlari haqida qisqa, lekin g‘oyat tumtaroqli so‘zlab, 
mulozimlarga ishorat qildi. Ular kashmir sholiga o ‘ral- 
gan katta bo‘g‘chani olib chiqib yechdilar. Husayn 
Boyqaro yarqiroq tillado‘zi qimmatbaho jomani olib, 
mehribonliklar bilan Majididdinning ustiga yopdi va 
unga yuz ming dinor maosh tayin etkanini e’lon qildi. 
Maosh miqdori hammaning ko‘zida taajjub uyg‘otdi. 
Tillado‘zi jomani kiyib Majididdin titroq, hayajonli 
ovoz bilan podshohga sadoqat va muhabbatini aytib, 
so‘zini duo bilan bitirdi.
Navoiy xalq bilan birga bog‘chaga chiqdi. Odamlar 
katta-kichik guruhlarga bo‘linib, imo-ishora, ivir-shivir 
bilan gaplashib, har yoqqa tarqalib ketishdi.
Izg‘irin daraxtlarda qolgan barglami uzardi. Gul- 
zorlarda yozning ro‘yolari titrardi. Og'gan quyosh 
bulutli ko'kka turli toza rang dengizlari toshdirgandi. 
Shoir uzun yeng ichidagi qo‘llarini orqaga qo‘yib, 
asta, o‘ychan kezindi. Yuragi qofiyalaming jarangi, 
shoirona fikrning nuri, ilhomning shavqi bilan to ‘la 
edi. Lekin bulami birdan hayot voqealarining sovuq 
nafasi qopladi — u shirin farahbaxsh tushdan ayrildi. 
Vatan, davlat, xalq — bular uning uchun muqaddas 
hodisalar edi. U bulaming ishqi bilan, g‘ami bilan 
yashardi. Majididdinning buzug‘lik zamoni, ochiq 
havoni bosgan va xayrli shamollar kuchi bilan haydal- 
gan dovul bulutlari kabi yo‘qolar, yerda hayotning gul- 
lagan sabzasi yana nurda yashnashga imkoniyat to­
par... faqat buning uchun vatan, davlat, xalq g‘amini 
yeydigan, vijdonli bir shaxs ishni o‘z qo‘liga olishi 
kerak edi. Navoiy podshoh bilan yolg‘iz so‘zlashib, 
mumkin bo‘lsa, bu xususda o‘z mulohazalarini ayt- 
moqqa qaror berdi. Biroq, devonga yaqinlasharkan, 
xo‘mraygan Valibekni ko‘rib, uni chetga tortdi va o ‘z 
mulohazasini aytdi.
— 
Ne xayollardasiz, janob Alisher? — dedi 
achchiq kulgi bilan Valibek. — Bo‘rining o‘rniga tulki 
keldi. Nizomulmulkni oliy maqomi bilan tabrik 
eting!
393


— Ana mantiq, ana yurt tuzatmoq! — qichqirdi 
Navoiy ham g‘azabining shiddatidan tez-tez yurib, 
saroydan chiqdi.
Majididdinning aslo kutilmagan tantana va ulug‘ 
shohona mehribonliklar bilan vaqtincha bo'shatilishi 
Darveshalini qanoatlantirmaganligi tez orada Hirotda 
m a’lum bo‘lib qoldi. Husayn Boyqaro yana tashvish- 
ga tusha boshladi. Majididdinning tarafdorlari va har 
xil fitnachilar «Navoiyning qo‘li» haqida gap tar- 
qatishdan tolmaydilar. Husayn Boyqaro uchun 
haqiqatda Darveshali emas, balki Sulton Mahmud 
katta xavf edi. U eski, hech vaqt qilichini qiniga sol- 
maydigan, tushida Xuroson toju taxtidan o ‘zga 
narsani ko‘rmaydigan dushman edi. Shuning uchun u 
Balxga, safarga otlandi. Hirotdan chiqadigan kuni 
Navoiyga kishi yubordi: «Ildam otlansin!» Shoir keldi. 
Sovuq tushib, safar mashaqqati qatla-qatla ortganini 
so‘zlab, qoldirishni so‘radi.
— Menga sizning hamrohligingiz kerak, — safar 
kiyimida bo‘lgan podshoh e’tirozni ko‘tarmaydigan 
bir ohang bilan dedi.
Navoiy o ‘zi to ‘g‘risida Husaynning qandaydir 
gumoni borligini fahmladi. Nochor safar ixtiyorini 
qabul etishga majbur bo‘ldi.
Ko‘chalarni to ‘ldirgan otliq sipohilar, ur-sur bilan 
yo‘l ochgan yasovullar, safar anjomini eltuvchi kar- 
vonlar va odatdagi suron, tantana bilan Husayn Boy­
qaro poytaxtdan chiqdi. Sahroni to‘ldirgan qo‘shin va 
ko‘makchi qismlar ham katta maiyat1 bilan borayot- 
gan podshoh shoshilmasdan, oz yurib, ko‘proq 
qo‘nib, hatto yo‘l-yo‘lakay ov va shuning kabi ko‘ngil 
ochuvchi hangomalar bilan harakat qildi.
Katta-kichik safarlami, janglarni benihoyat ko‘p 
ko‘rgan Murg‘ob daryosiga yetganlarida, kutilmagan 
vaqtda Xo‘ja G ‘iyosiddin Dehdor paydo bo‘ldi. Otdan 
o ‘zini otib, bukilib, Husayn Boyqaroga yaqin keldi, 
odat bo‘yicha, uning etagini o ‘pdi. Keyin orqasi bilan
1 P o d sh o h g a h a m ro h lik qiladigan yaqinlar.
394


yurib, uch-to‘rt qadam chetlandi va podshohning 
haqiga ta’sirli duo qildi. Har ilmda tishi baquw at 
bo‘lgan, turli-tuman hunarlarni biladigan Dehdor bun- 
day rasmiy tavozelarni ham juda d o ‘ndirardi. Husayn 
Boyqaro yumshaldi.
— Xaloyiq qoshida bizga qilgan va’dangiz ne 
bo‘ldi? Jasoratingizning samarasini ko‘rmadik, axir! — 
jo ‘rttaga ovozini baland qo‘yib, dedi podshoh.
— O, xoqoni olam! — qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib javob 
berdi Dehdor. — Bu faqir o ‘z zimmasiga olingan 
mushkul va’dani sadoqat bilan bajardi. U osiy1 
g‘ulomingiz mening changalimdadir. Yolg‘iz, sahroda 
kishan 
topolmaganimdan, 
oyoq-qo‘lini 
bog‘lab 
qoshingizga keltira olmadim. Men agar xoqonimizdan 
ijozat bo‘lsa, hozir Urdu bozor2ga yugurib, bir temir- 
chini olib ketamen ham asirimni zanjirband qilib, 
tezda olib kelamen.
Podshoh quvondi. Atrofidagilarga kulib qarab 
qo‘ydi. Keyin Darveshalining qayerda ekanini so‘radi. 
Dehdor: «Bu yerdan uch farsax narida», dedi ham 
uning tavba qilganini, o‘z podshohining diydorini 
ko‘rmoqqa orzumand ekanini bayon qildi. Husayn 
Boyqaro birdan qoshlarini nitib, o‘ylab qoldi. Bir 
ozdan keyin Dehdorga buyurdi: «Qoshimga kelsin, 
men uning gunohidan icechdim». Podshohning 
marhamati, Majididdin tarafdorlaridan boshqa ham- 
mani quvontirdi.
Darveshali Murg‘ob yoqasida qabul etildi. Majidid­
din bo‘shatilgandan boshlab, o‘rtada hech qanday 
ixtilof qolmaganligi ravshan bo‘ldi. Husayn Boyqaro 
hatto Darveshalining chodirida tuzilgan katta ziyofat- 
ga kelib, o ‘zining shohona marhamatini yana tas- 
diqladi. Bu qishni Balxda o ‘tkazib, bahor kelishi bilan 
Sulton Mahmud ustiga qo‘shin tortishga qaror berildi.
Qo‘shin Balxga qarab yurdi. Husayn Boyqaro 
Balxda Amir Arg‘un deganning Chahorbog‘iga qo‘ndi.
1 G u n o h k o r.
2
Q o 's h in o rq a sid an yurib, m ollarini so tad ig an sav d o g arlar bo zo r tash k il qiladi- 
lar. Shunga « U rdu bozor» d ey ilad i.
395


Podshoh qishning sovuq, bulutli yaknasaq kunlarini, 
Hirotdagi kabi, xushchaqchaqlik bilan to ‘ldirishga 
tirishdi. Rang-barang ziyofatlar, may bazmlari, raqs- 
lar, qiziqchiliklaming keti uzilmas edi Goho minglar- 
cha merganlar bilan birga tantanali ov haftalari tuzib, 
qorli sahrolarga suron solar, katta g'animat bilan qay- 
tardi.
Navoiy Balxda soddagina bir xonada yashadi. 
Podshohning atrofini qurshagan yigitlar, yuqori man- 
sabdorlar va tamaxo‘r hamsuhbatlarning g‘iybatlari- 
dan, fisqu fujurlaridan, fitnalaridan uzoq, ulaming 
kundalik tantanalari, ko‘ngil ochishlariga begona 
bo‘lib, kunlarini ish bilan, tafakkur bilan kechirardi. 
Shoir bu safarga qatnashuvini tamom m a’nosiz, deb 
hisoblar, o‘zini erksiz, ixtiyorsiz sezardi. Bu shahar- 
ning ilmparvarlari, shoirlari tez-tez kelib, u bilan suh- 
batlashar, yozganlarini ko‘rsatishardi. U ko‘pincha 
moddiy va m a’naviy yordam bilan ko‘ngillarini 
ko‘tarib jo ‘natardi. Shoir goho shaharda aylanardi. 
Uning tarixiy va hozirgi hayoti bilan qiziqardi.
Atrofi qalin, azamat tuproqqo‘rg‘onlar bilan o ‘ral- 
gan Balx bir vaqtlar o‘zining savdosi, hunarlari bilan 
dong chiqargan, obod, katta shahar bo‘lgan edi. 
Chingiz qo‘shinlari balodek qursharkan, shahar o‘z 
erkini m ardona mudofaa qilgan; lekin yemirib 
yiquvchi, dahshat bilan tog‘larni qo‘zg‘ata biladigan 
qora m o‘g‘ul bo‘roni qarshisida yolg‘iz shahar qarshi- 
lik ko‘rsata-ko‘rsata majolsizlangan va nihoyat, taslim 
bo‘lgan. Darvozalardan ofat to ‘lqini shaharga otilib, 
yoqqan-yiqqan, talagan. 0 ‘n minglab boshlar — taslim 
bo‘lib egilgan boshlar — qilichdan o‘tkazilgan. Bu 
mash’um voqeadan keyin Balx o ‘zini o‘nglab ololma- 
gan. Asrlar o‘tishiga qaramay, bu yerda hayot hali 
ham falaj edi. Badanga chiqqan kuydirgi jarohatining 
bir umr qoladigan dog‘idek, mo‘g‘ul zarbasining 
qo‘rqinchli izlari hali ham yupun Balxning gavdasida 
saqlangan edi.
Shoir vaqshatning izlarini tomosha qilarkan, yura- 
gi chuqur hasrat bilan to ‘lar, qoshlari alam bilan chi-
396


mirilardi. Xayoli tarixning ketma-ket ochilgan cheksiz 
ufqlariga uchradi. Qon dengizlari, katta minoralari, 
ko‘kni tutgan olov bo‘ronlari ustida, fotihlaming mud- 
hish siymosini ko‘rar va jirkanar edi. U tarixda hayot- 
ga ko‘proq hayot qo‘shuvchi, inson ruhidagi asl ijod- 
kor kuchlami gavdalantiruvchi, aql mash’ali bilan 
tarix yo‘llarini yorituvchi qahramonlar qidirardi...
Mana, qishning dami kesila boshlandi. Bo‘g‘otlar- 
da, tarnovlarda bir necha kun osilib sarig‘ sumalak 
ham o‘tdi. Havoda kundan-kun iliqlangan xushyoqar 
shamollar tentiradi. Daraxtlaming novdalari yashil 
bezaklar kiydi. Husayn Boyqaro safar uchun tayyor- 
garlik ko‘rishga kirishdi. Atrofda qang‘ib yurgan 
navkarlar to ‘plana boshladi. Hunarmandlar yetishma- 
gan qurol-aslahalami yasamoqqa jadal qildilar.
Bahoming ko‘ngillami shirin mastlik bilan to‘ldi- 
ruvchi eng latif bir kuni Husayn Boyqaro Sulton 
Mahmudga qarshi yurish e’ion qildi. Sipohilar qurol- 
lanib, yo‘lga hozir turardi. Husayn Boyqaro xos yigit- 
lari, yaqinlari bilan Chahorbog‘dan chiqdi. Nog‘o- 
ralar, karnaylar havoni yangratdi. Otlar uzoqda ko‘k 
dengizday tovlangan sahrolarga intilib, har tarafdan 
kishnashardi. Navoiyning yuvosh, lekin chiroyli 
yo‘rg‘asi ham so‘lug‘ini chaynab, quloqlarini dikkayti- 
rar, oldingi oyoqlari bilan yemi gursillatib tepardi. 
Egar-jabduqlari eng mohir sarrojlar1 tomonidan ish- 
lanib, kumush va feruzalar bilan yarqiragan chiroyli 
otlarni o‘ynatgan mag‘rur beklarning qo‘l ostida 
qo‘shinning ayrim guruhlari yo‘lga tusha boshladi. 
Husayn Boyqaro mulozimi orqali Navoiyni chaqirdi.
— 
Siz Balxda qolib, biz qaytguncha, bu viloyatda 
idorani qo‘lga olursiz, — buyurdi Husayn Boyqaro.
Navoiy kutilmagan bu taklifga taajjublandi. Bu 
xususda shu vaqtgacha biron ishora bo‘lmagan edi. 
Qat’iy, lekin ishonch alomati kabi qilingan taklifni 
qabul etmaslik uchun Navoiyda hech qanday sabab va 
bahona yo‘q edi.
1 O t asboblari yasovchi h u n a rm a n d la r.
397


— Bu vazifa garchi safar mashaqqatidan yengil 
bo‘lmasa ham, qabul qilurmiz, — dedi Navoiy kulim- 
sirab.
Husayn Boyqaro shod, tetik ko‘rinardi. Odamlar- 
ga uni-buni buyurib, gap orasida hazillashib qo‘yardi. 
Otda xomush o‘tirgan Darveshali, o‘ng tomonida 
gerdaygan sersavlat Nizomulmuik va boshqalar bi­
lan jonli suhbatlashar, kular, yashil sahroni to‘ldi- 
rib, quyoshda chaqnab uzoqlashgan qo‘shin qism- 
lariga suqlanib qarar, chorpaxil, kuchli, sodda Islim 
barlosning bo‘lajak janglar haqida fikrini so‘rardi. 
Hamma ishlar saranjom topgandan so‘ng hamma 
vaqtdagi tartib, odat va tantana bilan yo‘lga tu- 
shildi.
Navoiy Balx devonxonasiga kelib, bundagi yosh va 
qari, sodda va xirfa amaldorlar bilan so‘zlashdi; vilo- 
yat ishlari bilan tanishdi. Kechani shu yerdagi xona- 
lardan birida mutolaa va yozish bilan yolg‘iz kechirdi. 
Ertasi peshindan so‘ng o ‘zi vijdonli deb taxmin qilgan 
bir necha mulozimlami yig‘ib, xalq orasida zulmi, 
poraxo'rligi va hokazo yomon sifatlari bilan tanilgan 
ba’zi amaldorlar to ‘g‘risida so‘zlasharkan, navkar 
yugurib kirdi.
— Janob Mir, Darveshalibek janoblarini keltirdi- 
lar!— qichqirdi hovliqib navkar.
Navoiy suhbatni kesdi. Qandaydir ichki hayajon, 
andisha bilan tashqari chiqdi. Qarshidan katta qa- 
damlar otib kelayotgan tanish yasovul unga yaqin- 
lashib to ‘xtadi, ta’zimdan so‘ng ko‘zlaridagi sarosi- 
mani yashira olmay, sekingina dedi;
— Xoqon hazratlarining amrlari bilan Darvesha­
libek janoblarini keltirdik. Qamar emishsiz!
Navoiy labini tishlab, bir zum yerga qarab qoldi. 
Keyin qovog‘ini solib, rangi o ‘chgan holda darvoza 
tomonga — bir guruh otliqlarga qarab yurdi. To‘rtta 
qurolli navkar o‘rtasida, otda qo‘llari kishanlangan 
Darveshali turardi. Navkarlar qo‘l qovushtirib, salom 
berdilar va qizarib, ko‘zlarini shoirdan yashirishga ti- 
rishdilar. Darveshalining yuzida ichki qayg‘uning dudi
398


jilvalanardi. U boshini qimirlatib, akasi bilan ko‘- 
rishdi.
— Bu ne ko‘rgulik? Aqlim bovar qilmaydi?— mu- 
rojaat etdi Navoiy hayajondan, qayg'udan bo‘g‘ilib.
— Orada hech nima bo‘lgani yo‘q. Bizdan qasos 
olmoqchilar! — g‘amgin, horg‘in javob berdi Dar- 
veshali. — Taraddudlanmangiz, m en tezroq qorong‘i 
makonimga boray!
— Mendan ne talab qilursen? — yasovulga tikildi 
Navoiy.
— Qal’a begiga farmon yozib beringiz.
— Balx hokimi sifatida meni qamashingiz kerak! — 
kinoyali jilmayib dedi Darveshali.
Navoiy indamasdan orqaga qaytdi. Boshqa xonaga 
kirib, qog‘oz va qalam oldi-da, shuursiz ravishda far­
mon yoza boshladi. Ichdan alam titrog‘i qo‘zg‘alib, 
ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Qalamni chetga qo‘ydi. Bu 
qanday haqorat! 0 ‘z inisini o‘z qo‘li bilan qamash! 
Qay gunohi uchun? Majididdin va unga o ‘xshash 
g‘addorlarga dushman bo‘lgani uchunmi? Yuragi qan­
day tirqillab qonamasin. Navoiy farmon berishga 
majbur edi. Husayn Boyqaroning g‘azabi o‘zi uchun 
ham, Darveshali uchun ham yom on oqibatlar 
tug‘dirishini bilardi. Qalamni olib, shuursiz ravishda, 
farmonning so‘nggi jumlalarini yozdi, qo‘l qo‘ydi-da, 
yasovulga berish uchun eshikdagi navkarga uzatdi. 
Keng, yorqin peshonasini, go‘yo u yonib, yorilib 
ketayotgandek, ezib, qo‘llari bilan qisdi: «Haq 
so‘zimiz uchun qasos olmoqchilar! — dedi ichida, 
iztirob bilan kemirilib. — Yana qanday makr bilan, 
qanday munofiqlik bilan! Haqiqatan, bobolar xato ayt- 
maganlar: «Suv keltirgan xoru zoru, ko‘za sindirgan 
aziz!” Mayli, boshimga jabr tog‘larini ag‘dar, lekin 
meni o ‘z jallodlaring, el-ulusni talovchilaring, mast 
itlaring qatoriga qo‘sholmaysen! Jonimdan kechishga, 
jonim dan aziz va shirin bo lgan bu vatandan bosh olib 
ketmoqqa rozimen, ammo haqiqat so‘zini ichimda 
bo‘g‘olmaymen!
399


Safarga qatnashmagan To‘g‘onbek Hirotda o‘z 
shahzodasi Muzaffar Mirzo qoshida edi. Muzaffar 
Mirzo ko‘ngil ochish uchun tuzgan ovlarda, o‘yinlar- 
da, ziyofatlarda har vaqt birga edi. Kengashlarda, 
boshqa beklardan ko‘ra, shahzoda uning mulohazala- 
riga ko‘proq diqqat qilar edi. Xususan, Majididdin 
mansabdan tushgandan buyon To‘g‘onbek shahzoda- 
ga kuchuk sadoqati bilan yana mahkamroq bog‘landi. 
Lekin eski qadrdoni ham valine’matini unutmadi.
Ovlardan, chog‘ir bazmlaridan bo‘shagan vaqtlarda 
To‘g‘onbek Muzaffar Mirzoning yigitlariga jang 
ta’limlari berardi. Hirot tashqarisida, katta, tekis may- 
donda o ‘q-yoy otish, otda uchib qilich chopish, nay- 
zabozlik va hokazodan mashq qildirar edi. Yigitlar 
orasida temir gavdali, ish ko‘rgan botirlar bo‘lganidek, 
yosh, nozik asilzodalar ham bor edi. Mashq vaqtida 
To‘g‘onbek ba’zan nodir usullami ko‘rsatib, yigitlami 
taajjublantirib ham qo‘yar, keyin tuproqqa cho‘qqayib 
o ‘tirib, o ‘qning bir uchi bilan yemi chizib, atrofni qur- 
shagan yigitlarga bu hunam i qayerda va kimdan 
o ‘rganganligi, odamning jangovar xususiyatlari haqida 
salmoqlanib, har bir so‘zni doruvor tortgandek 
o ‘lchab, hikoya qilar edi. Keyin asta o‘midan turar, 
chakmanining etagini qoqib, uning hozirgi hikoyasi- 
ning jonli ta ’siri bilan boqqan ko‘zlarga bir-bir tikilib, 
g‘urur bilan derdi: «Bir vaqtlar Samarqandda bir botir 
o‘zbek bo‘lar edi. Ertaga ana uning bir yo‘lini ko‘rsa- 
tarmiz!» yoki «Falon vaqtda yarim mo‘g‘ul, yarim qip- 
choq bir chopqinchi bilan urishganimda, u ajab bir 
usul ko‘rsatgan edi. Kallamni bazo‘r qutqarib qolgan 
edim. Hozir esimga tushib qoldi, ko‘rsatsak, zarar 
bo‘lmas».
Bir kun ovdan qaytib, To‘g‘onbek to ‘ppa-to‘g‘ri 
Majididdinning bog‘iga keldi. Yozning oxiri edi. 
Daraxlar mevaning m o‘lligidan har tomonga og‘ib, 
yer bag‘irlab yotardi. Gulzorlardan kishi ko‘z uzgusi 
kelmas edi. Lekin har biri san’at mo‘’jizasi bo‘lgan

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin