Yigirma yettinchi bob
Haydar dilgir edi, bu — o‘zi qilmishi uchun biron
jazoga tortilishi vahimasidan emas, balki Hirotga kel-
ganiga o‘n besh kun bo‘lgan esa-da, biron kun
quvonch ko‘rmay, tanholik tuyib, hayot bilan o‘z ruhi
orasida allaqanday mubham bir ohangsizlik sez-
ganidan edi. U «Unsiya»da yashar va ko‘p ichardi.
Ba’zan faqat Sohib Doro bilan bir oz dardlashar edi.
Ammo Sohib Doro ham har vaqt nash’asiz. Navoiy-
ning bu qadrdoni «Unsiya»dagi awalgi hayotini
sog‘inar, awalgi nash’ali kunlami qo'msab, g‘amgin,
umidsiz she’rlar yozar, Haydarga o‘qir edi. Durust,
«Unsiya»da barcha mulozimlar va qadrdonlar, yaqin-
370
lar yashar, ular o ‘z vazifalarini awalgidek bajarishardi.
Ba’zan shoirlar, olimlar yig‘ilib, awalgidek suhbat
tuzishardi. Ammo, badanga hayot bag‘ishlagan yurak
kabi, bu dargohga fayz, qut, nash’a bergan bir nima
yo‘q edi. Yurakni umid, imon, nash’a, muhabbat
bilan to ‘ldiruvchi shu narsani hamma qo‘msar edi.
Haydar bilan Sohib Doro — ikki qayg‘uli do‘st
«Unsiya«ning darvozasiga chiqishdi-da, supachaga
o‘tirishdi. Lojuvard ko‘kda, shamol uchirgan mayin
oq shohi ro‘mollardek, bulutlar hilpiraydi. Quyosh
yoqimli. Qarshidagi bog‘chalar ko‘m-ko‘k bo‘lsalar
ham, ularning nafasidan kuzning isi anqirdi.
— Umrimni faqru fano yo‘liga‘ bag‘ishlamoq niya-
tidamen,— ko‘zlaridagi hasratni uchqunlantirib gapir-
di Haydar. — Nurga, soflikka, haqiqiy muhabbat va
oliy husnga tashna ko‘ngillar uchun yagona yo‘l
buldir. Sirri hikmat2 darveshning yuragidadir. Ayting,
ne deysiz, uch kunlik hayotning yolg‘onchi ne’mat-
laridan qo‘l uzib, husni mutlaq3ning muhabbati bilan
yashamoq qadar ulug‘ va insoniy baxt bormi?
Sohib Doro Haydardagi bu oniy qaror uning
ko'ksida lov etib yonib, yana so‘nuvchi orzulardan,
deb o‘yladi-da, yelkasini qisib, sukut qildi. Haydar
darveshlik falsafasi haqida gapirdi. Farididdin Attor,
Jomiy ham Navoiyning asarlaridan chiroyli misollar
keltirib, haqiqiy darvesh zavqi bilan o‘qimoqqa bosh-
ladi. Sohib Doro uni huzur bilan tingladi. Nogoh adil,
ko‘rkam daraxtlar orasida qivrilib cho‘zilgan yo‘lda,
yengil chang ko‘tarib kelayotgan uch-to‘rt otliqqa
ko‘zi tushdi-da, ravshan ko‘rish uchun qo‘lini qoshlari
ustiga qo‘yib tikildi ham birdan o ‘rnidan turib,
qichqirib yubordi: «Mir janoblari kelmoqdalar!»
— Ha, ha oldindagi Mir... — o‘tirgan joyida qotib
dedi Haydar.
«Unsiya»ga birdan jon kirdi. Hamma xonalardan
mulozimlar, qadrdonlar, yaqinlar, navkarlar yugu-
1 D arveshlik, so 'filik yo'li.
’ O lam siri. d o n o lik siri.
J M u tlaq g o 'z a llik ; darveshlik e ’tiq o d ich a, x u d o n in g jam o li.
371
rishib istiqbolga chiqdilar. Navoiy otdan tushib, etak-
larini qoqdi, hamma bilan ko‘rishdi. Oyoq ostida
pildiragan bolalaming boshlarini siladi, har qaysiga
shirin so‘zlab, erkaladi. Keyin to ‘g‘ri o‘z xonasiga
kirdi. Bu yerda har narsa u Hirotdan jo ‘naganda qay
holda bo‘lsa, xuddi shunday turgan edi. Obrezda
yuvindi. Yo‘l kiyimlarini chechib, qayta kiyindi.
Keyin yostiqqa yonboshlab, bir oz dam oldi. Haydami
chaqirib, uning kayfini parishon ko‘rgach, xafa bo‘ldi.
Muloyimlik bilan nasihat qilib, yupantirishga tirishdi.
Haydar yolg‘iz haqiqatni soddadillik bilan e’ion qi-
lishdan o‘zga gunohi yo‘qligini aytdi. Navoiy ta ’kid-
lovchi ovoz bilan dedi:
— Munofiqlar haqiqatdan qo‘rqadilar. Haqgo‘ylik
ulug‘ fazilatdir. Lekin zarur vaqtdagina tilga erk ber-
moq lozim. Shuni unutmangki, podshohga yaqin tur-
moq, og‘zini ochgan ajdahoga yaqin turmoq bilan
barobar! — Navoiy o‘midan qo‘zg‘aldi, podshohga
ko‘rinish bermoq uchun ketdi.
Eshikda uni atrofdagi oddiy xalqdan iborat qalin
guruh kutib turar edi. Hamma ko‘zlarda quvonch
yonardi. Har yoqdan yoshlaming va keksalarning
hayajonli sadolari yuksaldi:
— Ko‘zlarimiz yo‘lingizga intizor edi!
— Yurtning tirikchiligi, baxti sizda!
— Dardlarimiz behad-behisob, sizdan o‘zga hi-
moyachimiz yo‘q!
— Bizdan sizni uzoqlashtirguvchilar qirilsinlar!
Navoiy ta ’sirlanib, titrak tovush bilan minnat-
dorchilik bildirdi. Bir ko‘plarning turmushi, kasb-kori
to‘g‘risida so'radi. Har lahza xalq ko'paydi. Navoiy
qaerda bo‘lmasin, ko‘ngli hamisha xalq bilan bir
ekanini juda kamtarlik bilan ishora qildi-da, hamma-
ni quvontirib, uy-uylariga jo ‘natdi.
Bog‘i Jahon oroga borguncha darveshdan a’yon-
gacha, hammoldan olimgacha, hamma uchragan
odamlar uni olqishlab, sevgi va ehtirom to ‘la ko‘zlari
bilan kuzatib qoldilar.
372
Shoir bir vaqtlar zavqlanib kezgani saroyda gulzor-
larni sog‘inchli nazarlar bilan tomosha qilib, bosh
qasrga borarkan, sarvzolar orasidan Husayn Boyqaro,
orqasida har vaqtki hamsuhbatlari, hamsharoblari
bilan chiqib keldi. Bulaming ichida Majididdin, Amir
M o‘g‘ul, To‘g‘onbek va boshqalar ham bor edi.
Navoiy rasmiy ta’zimni bajo qilib, Husayn Boyqaro
bilan ko‘rishdi. Qolganlarning o‘zlari yaqinlashib,
shoirning qo‘lini siqdilar. Majididdinning ko‘zlarida
kuchli sarosima ochiq sezilsa ham u tilyog'lamalikni
yaxshi bajardi: «Diydoringizni ko‘rmoq nasib bo‘lgani
uchun kamina o ‘zimni favqulodda mas’ud his etmoq-
daman», dedi u ko‘risharkan.
Husayn Boyqaro shoirning o‘zini devon yonidagi
tillakori kichik xonalardan biriga olib kirdi.
— Poytaxtga kelmog‘ingiz uchun bizdan ijozat
bo‘lgani yo‘q edi-ku,— dedi u og‘ir chordana qurib. —
Biz sizni hech kutmagan edik.
— Muborak qo‘lingiz bilan yozilgan nomani olgan-
dan so‘ng, — dedi Navoiy oddiy narsa haqida so‘zla-
gandek, — viloyatning ishini muvaqqatan Valibekka
topshirib, oliy dargohingiz sari yugura qoldim, toki
har nechuk so‘z b o ‘lsa, o‘rtaga tashlab, aql va insof
bilan hal etmoq mumkin bo‘lsin...
Husayn Boyqaro o ‘ng‘aysizlangandek, to ‘lg‘anib
oldi. Jinoyatning chigilini yechganda, bir ko‘p arzan-
dalarining sharmanda bo‘lishlari, ham ulaming makri-
ga laq etib tushganidan o‘zining-da qizarishi mumkin-
ligidan, fojia tafsilotiga kirishmaslikka qaror berdi.
— Telba Haydar ba’zi ko‘ngilsiz voqealar to ‘g‘risi-
da gapirdi. Bu, albatta, uning xayolxonasida to ‘qilgan
bo‘lishi kerak. H ar holda, janoblariga noma yozdim.
Nomamizni olganingizdan so‘ng ko‘nglingizda hech
qanday shak-shubha qolmaganiga imonim komil.
Janoblari ne derlar?
— Ko‘nglim kek va adovat saqlashga moyil emas,—
javob berdi Navoiy. — Razillarni sharmanda qilmoq
ham behuda, chunki ko‘mirchining yuzi qaro, jallod-
ning ko‘zi qon b o ‘lganidek, razillaming razolati ular
373
uchun ulug‘ jazo va ayni sharmandalikdir. Ular bilan
da’volashmoqni o‘z qadrim uchun nuqson bilurmen.
Ammo haqqingizda hech qanday shubha ko‘nglimdan
kechgan emas.
Husayn Boyqaro oltin kamariga bir qo‘lini tiragan
holda, ezilgan, parchinlangandek bo‘lib, ko‘zlarini
qayga yashirishni bilmay qoldi. Borgan sari og‘irlash-
gan, chuqurlashgan sukunat hukm surdi. Bu sukunat
go‘yo haqning ustunligini ta’kidlagandek, m a’nodor
edi. Nihoyat, sukunatni Husayn Boyqaro buzdi:
— Endi ko‘nglingizdagi maqsadni bayon qiling.
Bizdan nima tilaysiz?
— Menga hech qanday vazifa, mansab kerak
emas,— dedi Navoiy. — Faqat Hirotda istiqomat
etmakka oliy ruxsatingizni bersangiz, bas.
Husayn Boyqaro bu iltimos qarshisida haqiqatan
jiddiy o‘yladi. Keyin, garchi ichida rozi bo‘lsa ham,
lekin iltimosni qabul etishni shoirga katta bir sovg‘a,
yon berish kabi ko‘rsatish niyatida uzoq tixirlik qildi.
Bir-biriga zid, bir-biridan kuchsiz har nav monelik-
lam i dastak qilmoqqa tirishdi. Navoiy o ‘z fikrida qat-
tiq turdi. Ko‘rsatilgan moneliklami, mulohazalami
shoir cho‘p-xasday supurib tashlagach, podshoh
ko‘nishga majbur bo‘ldi. Navoiy qulluq qilib, tashqari
chiqdi.
Navoiy har burchagi jonli latofat bilan nafas oigan
bog‘da yuragi qofiyalaming jarangi bilan to ‘lib, xayol-
larga berilib borarkan, to ‘satdan to ‘xtadi. Ko‘zi tush-
gan bir mulozimni chaqirdi: — Behzodni tanirmusen?
Hozir mashg‘uloti qaerda? — so‘radi undan.
— Taqsir: tanurmen, — tavoze bilan javob berdi
mulozim, — u kishi kutubxonani humoyun qoshidagi
xonalardan birida surat tortadilar. Ko‘rsatayinmi?
Navoiy «Rahmat, eski o‘mida ekan», deb o‘ng
tomonga, kutubxonaga qarab ketdi.
Behzod, uzoq safardan qaytgan otasiga tashlangan
bolalardek, o ‘z ustoziga otildi. Ko‘rishib, shoirning
q o ‘llarini o‘pdi. Navoiy ham ta ’sirlanib, yuragidagi
butun muhabbatini ko‘zlariga, ovoziga quyib, bu rang
374
va ziyo sohiri ahvolini so‘rarkan, Behzodning daho
uchquni bilan yongan, maftun qilarlik ajoyib ko‘zlari-
da qalbning mehri, samimiyati porloq ko‘z yoshlariga
aylandi. San’atkoming nozik siymosi, gui niholiga
bahoming iliq, hayotbaxsh shabbodasi tekkandek,
yashnab ketdi: «Bu onni umrimda hech unutib b o l-
mas. Yuragimni sog‘inch, firoq limmo-lim toldirgan
bolsa, shu onda uni shodlik va baxt labo-lab toldirib
yubordi», dedi-da, to ‘shak solib, shoimi o‘tqazdi. Chi-
royli, yop-yorug‘ uy. Ochiq derazadan zangón samo,
xiyobonlaming nozik tebrangan yashil devori, uzoqda,
og‘ochlar orasida, suvning bir parcha oynasi ko‘ri-
nardi.
Past, to‘garak taxtadan ma’dandan, chinnidan ish-
langan kichik idishlarda turli ranglar. Bular bilan ras-
som tabiat va hayotning cheksiz jilvalarini yana
chuqur, yana m a’nodor jonlantiradi. M o‘yqalamlar,
qog‘ozlar, tayyor va chala rasmlar yotadi. Navoiyning
ko‘zlari butun ehtiros bilan yonib, rasmlarga qadaldi:
«Shahzoda ovda», «Ustiga kichkina guldor gilam
to‘shalgan teva». «Oshiq va m a’shuqning gulzorda
uchrashuvi». Navoiy har bir chizgida, birgina nuqta-
day ko‘rsatilgan ko‘zda, ranglaming mayin quyilmasi-
da hayot tomirining urishini, hayotning quyuqlashgan,
porloq jilvasini ko‘rdi. Bir ko‘rgan rasmni yana q o lg a
olib, to ‘ymas ko‘zlari bilan tikildi. Zavqlanib, Beh
zodning ajoyib mahoratini maqtadi. Rasm san’atining
imkoniyatlari haqida gapirdi. Kamtarin san’atkoming
qop-qora soqol bilan qoplangan uzunchoqroq yuzini
mas’um tabassum bezadi.
— Janob ustod, — murojaat etdi Behzod. — Sher-
ning bo‘ynidan zanjirlar uzildimi?
Navoiy «yalt» etib unga qaradi. Keyin kulimsirab
dedi:
— Haydar aytdimi sizga? U yigitning ko‘ngli
g‘oyat beg‘ubordir.
— Haydar ishontirdiki, — dedi Behzod. — u
yolglz menga so‘zlagan. Men u rasmni ko‘rmoqqa
mushtoqmen. Qachon ko‘rsatursiz?
375
— Meniki bamisoli bolalarning chizmakashligidek
bir narsa... — dedi Navoiy qo‘lini silkib.
— Zanjirband sher o‘z asoratchilariga qarshi yana
ham qo‘rqinchliroq bo‘ladi, — dedi sekingina Beh-
zod. — Sherning bo‘yni zanjirga itoat qilsa ham, yura-
gi aslo bo‘ysunmas, afsuski, bu oddiy haqiqatni idrok
etmaydilar...
— Aql va idrok insonlarga xos sifatdir! — dedi
Navoiy qat’iy ohang bilan.
Behzod dasturxoncha yozib, ustodni mehmon qil-
moqqa harakat qilarkan, Navoiy e’tiroz etdi. Uning
huzuriga borib, yo‘qlab turishni rassomdan so‘rab,
jo ‘namoqchi bo‘larkan, eshikdan halpillab Muham
mad Said Pahlavon kirdi. Shoir va pahlavon quchoq-
lashib ko‘rishdilar. Pahlavon o‘zining gavdasi va
nash’asi bilan shu topda go‘yo uyni to ‘ldirdi. Yillar
uning azamat jussasiga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlagan
esa-da, lekin yuzlarcha kurashlarda yelkasini yerga
o‘ptirmagan bu pahlavon endi kuchga to ‘lgandek
ko‘rinar edi. Navoiy bu ajoyib odamga to ‘ymaganday
sog‘inchli ko‘zlari bilan unga qayta-qayta tikilib, yana
o‘tirib qoldi. Shoir, rassom va pahlavon Bog‘i Jahon
oroning latofatlariga boqib, shirin, jonga yaqin suhbat
qilishdi. Mavzular, so‘zlar buloqday qaynab, ravon
oqardi. Yangi ilmiy kitoblar, devonlar, tir-andozlik1
haqida, shayx ul-islom bilan pahlavonning fiqh
masalalari ustida podshoh qoshida mubohasa qilishib,
pahlavonning yengishi va hokazo haqida so‘z ketdi.
Shoir Shayxim Suhayliy bilan Xo‘ja G'iyosiddin
Dehdor kirib kelgach, o‘tirish yana qizidi. H ar kim
Hirotda ro‘y bergan jiddiy va kulgili har xil voqealar
haqida so‘zlab, Navoiyni xursand qilishga tirishdi.
Navoiy pahlavonning musiqiyda yaratgan yangi
maqomlari haqida Astrobodda eshitganini so‘zlab,
undan tafsilotini surishtirarkan, Behzod tokchadan
tanbumi olib, pahlavonning qo‘liga tutdi:
— Musiqiy ijod to ‘g‘risida musiqiysiz so‘zlashmoq
maholdir, — dedi Behzod.
10 ‘q-yoy otish.
376
—
Pahlavonning mahoratini tanbur hikoya qilsin,—
dedi Shayxim Suhayliy.
Muhammad Said mallarang chakmonining yengini
picha shimarib, kurash maydonida pahlavonlaming
gupchak belini siqadigan qudratli qo‘llari bilan tanbur
sozladi-da, o ‘zi yaratgan maqomni chala ketdi.
Sevuvclii hassos ingichka hislari, kechirmalari, og‘riq-
lari, nash’alarini sozchi tanbuming qillarida shunday
jonli, shunday porloq ifoda etdikim, tinglovchilar
sehrli sadolarda go‘yo erib ketdilar. Mana, sadolar
ruhning so‘nggi faryodi bilan tindi. Behzodning katta
sallali boshi tizzasiga tegayozgandi. Navoiy, shirin
tushdan ayrilganday, hasrat bilan ko‘zlarini ochdi.
Bu — yangi maqom edi. Navoiy Muhammad Saidni
tabrikladi. Pahlavon esa tanbum i devorga tirab qo‘ydi-
da, kelar hafta bo‘ladigan katta kurashda qatnashuvchi
pahlavonlar haqida bu kasbga xos til va uslub bilan
gapira boshladi. Keyin yana so‘z musiqiyga ko‘chdi.
Navoiy Hirotdagi o‘zga mashhur cholg‘uchilaming
ishi, ahvoli haqida surishtirdi. Boshqalar m a’lumot
berarkan, Navoiy cholg‘uchilaming muhtojlariga qan-
day yordam ko‘rsatish to ‘g‘risida ichida o‘ylab o‘tirdi.
Keyin Xurosondagi eng iste’dodli musiqiyshunoslar-
ning ishlari haqida bir kitob yozish, unda hamma eski,
yangi kuy-maqomlami to ‘plab, shakllar bilan ko‘rsa-
tib, kelajak nasllarga qoldirish kerakligini so‘zladi. Bu
fikr hammaga m a’qul bo‘ldi.
Bog‘i Jahon oroning yam-yashil dengiziga g‘urub-
ning qon shu’lasi yugurdi. Uzoqdan podshoh bazmi-
ning mast qiyqiriqlari eshitildi. D o‘stlar xo‘shlashib,
ayrilishdi.
Navoiy «Unsiya»ga yaqin solingan o‘z kutub-
xonasiga keldi. Bu — bir-biriga yopishgan, har biri
o‘zga uslub va zavq bilan naqshlangan, boy bezakli,
o'nlarcha xonalardan iborat chiroyli bino edi. Shoir
ikkinchi xonada kitoblar orasida, sham nurida suhbat-
lashib o ‘tirgan Sultonmurod bilan Zayniddinni uchrat-
di. Ota-o‘g‘illardek ko‘rishishdi. Ular bir nafasda talay
narsa haqida so‘zlashmoqqa ulgurishdi.
377
— Xo‘sh, sizni shakkoklikda ayblamoq uchun ular-
da hech asos bormi?— so‘radi Navoiy kulib Sulton-
muroddan.
— Meni tabiiyyun1 deydilar, — javob berdi Sulton-
murod. — Lekin men aql va ilmga ergashurmen.
Yolg‘iz bulaming haqiqatini tanurmen.
— Albatta, olim haqiqatni qidirur ekan, shak-shub-
haga bormog‘i tabiiydir, — dedi Navoiy jiddiy. —
Tabiatning sirlaridan voqif bo‘lmoq uchun uni tatab-
bu etmoq kerak. Zotan, bu narsa hech kimsani olloh-
dan uzoqlashtirmas. Chunki tabiatning o‘zi husni
mutlaqning bepoyon jilvalar ko‘rsatgan ulug‘ ko‘zgu-
sidir. Lekin, bu jihatni johillar anglamaydilar. Xo‘b,
erta biz sizni madrasaga olib bo rib, shogirdlaringizni
quvontirurmiz, ilm va haqiqatni johillar panjasidan
qutqarurmiz.
Sultonmurod va do‘sti Zayniddin cheksiz qu-
vonishdi. Navoiy Zayniddinning shatranj, musiqiy,
xattotlik sohalaridagi muvaffaqiyatlarini Astrobod-
dayoq eshitib, suyunganini bildirdi. Keyin musiqiy
haqida kitob yozmoq kerakligi haqidagi haligi fikrni
o ‘rtaga tashladi. Sultonmurod bu vazifani Zayniddin
bajarishi mumkinligiga ishonch bayon qildi. Zaynid
din bu haqda o‘ylab ko‘rib, keyin qat’iy javob bermoq-
chi ekanini aytdi. Navoiy, gap orasida, ularning mod-
diy ahvollari to ‘g‘risida so‘radi. Ular muhtoj emaslik-
larini bildirsalar ham, Navoiy ularga boshdan-oyoq
razm solib, yuz dinordan yordam bermoqqa o‘z ichi-
da qaror qildi. Keyin bu do‘stlarini yoniga olib, sham-
lar bilan yoritilgan, tokchalariga kitoblar qalangan
xonalami kezdi. Yangi asarlarni tez-tez ko‘zdan
kechirib, u yo‘q bo‘lsa ham, ikki yil mobaynida kutub-
xonaning ishini rivojlantirgan va undagi tartibni yaxshi
saqlagan kutubxonachidan ham yangi kitoblar sotib
olib, eskilarini yaxshi kotiblarga ko‘chirtirgan Sohib
Dorodan mumnun bo‘ldi.
1 Falsafad a ta b ia tn i asos qilib oluvchilar.
378
Ular «Unsiya»ga qaytishdi. Bu yerda yigirmaga
yaqin do‘stlar sabrsizlik bilan kutishardi. Bular orasida
shoirlardan Hiloliy, Hofiz Yoriy, Pir Muammoiy,
Osifiy, Hotifiy, olimlardan munkillab qolgan Fasihid-
din, hali ham sho‘x M ir Mirtoz va Xurosonning
mashhur tarixchisi qari Mirxond va boshqalar bor edi.
Ko‘ngilli suhbat va ziyofat boshlandi.
Bu kecha uy sohibidan, mehmonlardan boshlab
xizmatkorlarga qadar hamma xushchaqchaq edi.
Navoiyning Hirotga qaytishi xalqning va do‘stlar-
ning ko‘nglidan g‘am-tashvishni va umidsizlikni
ko‘tardi. Har kun «Unsiya»ga paydar-pay odamlar
kelaverdi. Olim, shoir , kosib, dehqon — hamma uni
ko‘rishni, unga bo‘lgan mehrini bildirishni o‘zi uchun
faxr va sharaf deb bilardi. Majididdin va To‘g‘onbek
singarilaming zulmi, qiynog‘i, ta’qibidan jon hovuch-
lab pana-panada yurganlarning yurak o ‘ynog‘isi
to‘xtab, erkin nafas oldi. Navoiy yetim-esirlar, faqirlar
uchun oylab osh-non berdi, kiyim-kechak ulashdi.
Dostları ilə paylaş: |