Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuzli ish buzarlar, shaytonlar!-
deya xitob qiladi.
Darhaqiqat, «O‘rtoq qonin qonmay ichgan zuluklar, Qardosh etin to‘ymay
yegan qoplonlar» yulduzlar dunyosida bormi? «O‘ksiz yo‘qsulning qonin»i
«gurunglashib, chog‘ir kabi ichganlar»-chi?! «Dunyo tuzugini» «o‘z
qopchug‘larini to‘ldirish uchun» buzganlar, «qorin-qursoq yo‘lida elin-yurtin,
borin-yo‘g‘in» sotganlar bormi u yerda? Yo‘q! Barcha tubanliklar yerdadir! Barcha
riyolar yerda, Turkistonda!!!
Mana u ko‘rgan millatlar tengligi:
Bormi senda bir o‘lkani yondirib,
O‘z qozonin qaynatg‘uvchi xoqonlar?!
«Sharq» she'rida o‘lkaning yaxlit, umumlashma obrazi chiziladi. U,
shoir ta'rificha, dunyoning eng go‘zal bog‘chasidir. Uni go‘zallikda hech bir joy
bilan qiyos etib bo‘lmaydi. Jannatlar uning atrofida. Uning gullari jon suvidan
yetilgan. Saf tortgan ko‘m-ko‘k yog‘ochlar mumtozlik haqqi uchun tangriga
topinishga ko‘kka intiladilar. O‘ngdan, so‘ldan – har yondan ko‘rkam haybatli
16
tog‘lar qurshagan. Yo‘q, ular tog‘lar emas, haq yo‘lida kurashga yasov tortgan alp
askarlardir. Biror yovvoyi hayvon yirtqich tishini, tirnog‘ini suqib qolmasin deya,
uni tangrining o‘zi yorlaqab, tegrasidan aylangan suv, muz, tog‘ qo‘rg‘oni bilan
muhofaza etadi. Biroq, bugun afsuslar bo‘lsinkim, bu o‘lka «har tomondan
talangan», betimsol («yo‘lsizcha») talangan:
Biroq bu kun ezilarkim bu o‘lka
Har tomondan talanmishdir yo‘lsizcha.
Ma'lumki, chor Rossiyasi o‘z bosqinchilik siyosatini madaniyat tarqatish
niqobi bilan berkitgan edi. Fitrat madaniyat niqobi ostida qanday yovuzlik
yashiringanini mana bu tarzda aytadi:
Madaniyat degan G‘arbli olbosti,
Boqing, buning ko‘kragidan o‘q bosdi.
Hozircha, manzara umumiy. Go‘yo shiddatli bir dovul kelganu bundagi
go‘zallikni barbod qilgan. Bu dovulning ismi – «madaniyat». Nega «madaniyat»?
Madaniyat hayotning mazmunli bo‘lishiga qaratilgan emasmi? Gap nomda emas,
mohiyatda. Inqilob xalq uchun, xalqning nomi bilan amalga oshgan edi. Oqibati-
chi? Insondagi insoniylik barbod bo‘lib, yovvoyilik, yovuzlik junbushga keldi. Bir-
birini yo‘q qilishga tushdi. Hayvondan xor bo‘ldi. Bu inson emas, iblis (olbosti)
a'molidir. O‘lkaning ko‘ksiga o‘q qadagan o‘shadir.
Shoirning fikrlash tarzi – shunday.
Manzara asta-sekin oydinlashib boradi. Yongan qishloqlar, omonsiz
talanganlar, qon to‘la ariqlar o‘rnini tafsilotlar oladi: mana, boqing:
To‘rt-besh yashar bir bolaning boshini
Keskir qilich bilan kesmishlar.
Yig‘lab turg‘on onasining bo‘ynig‘a
Bir ip bilan osmishlar...
Yangigina kelinchak bo‘lgan bir qizning ko‘kragini erining jonsiz gavdasi
ustiga qo‘yib, nayza bilan teshganlar. Tahqir etilgan «Xotunlarning pardasi»,
«bolalarning yuragi», «qarilarning gavdasi»... Bu tasvirlar mustamlakachilarning
asl qiyofasini ochiq ko`rsatadi.
17
...Xotunlarning pardasi,
Bolalarning yuragi,
Qarilarning gavdasi –
Yirtilgan,
Yorilgan,
Ezilgan!
Fitrat “o‘t”ni “o‘txona”dagidek tasvirlash barobarida, “nega bo‘yla?” (nega
bunday?) degan savolni ham ko‘ndalang qo‘yadi. Bu yaralarning ijtimoiy
ildizlarini axtaradi:
Kim bergan
bu o‘g‘irli o‘lkaga buncha o‘qni?!
Kim to‘kkan
bu muqaddas ishga buncha qonini?!
Shoir so‘roqqa tutadi. Darhaqiqat, bularning aybdori kim? Bu dahshatlarning
bunyodkori kim? «Tulki bilan shayton»ga dars bergan «mal'un» kim? So‘roq
beradi shoir va «Anglizlar!» «hamda uning quyrug‘ini tutganlar!» deb javob qiladi.
Qay yer bu o‘lka? Hindmi, Afg‘onmi, Turkistonmi? «Angliz»-chi? U shartli
emasmikin. She'rni albatta, kengroq ham, torroq ham tushunish mumkin. Ya'ni
Sharq-G‘arb, Turkiston-Rus shaklida ham anglash mumkin. To‘g‘rirog‘i
keyingisidir.
Shoirning «Kim deyay seni?», «Bir oz kul», «Achchig‘lanma degan eding»,
«Ishqimning tarixi», «Go‘zalim, bevafo gulistonim» kabi ishqiy she'rlarida
mahzunlik, zamon boshiga solgan so‘ngsiz o‘kinch, iztirobga to‘la alam ko‘zga
uriladi. “Sharq” sarlavhali she'rida Fitrat ona Vatanning ta'sirchan umumlashma
obrazini tasvirlaydi. Shoir ta'rificha, yer yuzida timsoli yo‘q bu yurtning har yoni
jannat bog‘lari misol yashillikka burkangan. Gullari jon suvidan oziqlangan. Yam-
yashil kiyimli daraxtlari go‘yo Tangriga munojot aytadi. Tog‘lari bamisoli Haq
yo‘lida kurashish-chun yasov tortgan askarlar misoli o‘z haqini ko‘kdan ham
undirishni istagandek ko‘krak kerib yuksalgan. Biroq, afsuski, ana shu
jannatmonand o‘lka yo‘lsizcha talanmish.
18
Shoir bu kabi misralar orqali ham madaniyat G‘arb uchun faqat niqob
ekanini, uning tagida vahshiylik yashiringanini tasvirlaydi. Ushbu she'rni tahlil
qilar ekan, professor Begali Qosimov mana bunday yozadi: “Go‘yo shiddatli bir
dovul kelganu bundagi go‘zallikni barbod qilgan. Bu dovulning ismi –
“madaniyat”. Nega “madaniyat”? Madaniyat hayotning mazmunli bo‘lishiga
qaratilgan emasmi? Gap nomda emas, mohiyatda” [3.370]. Ya'ni “madaniyat”
atalgani bilan aslida uning ziddi edi.
Ijodkor madaniyat niqobini kiygan G‘arbli olbostining qilmishlarini izchil va
keskin fosh eta boradi. O‘t-olov ichra qolgan qishloqlar, xirmon bo‘lib yotgan
jonsiz gavdalar, qon to‘la ariqlar, talangan tinch aholi... Bundan ham dahshatlisi,
“To‘rt-besh yashar bir bolaning boshini keskir qilich bilan kesmishlar. Yig‘lab
turgan onasining bo‘yniga bir ip bilan osmishlar”... Yangi kelin bo‘lgan bir qizning
ko‘kragini eri bo‘lgan yigitning jonsiz tanasi uzra qo‘yib, nayza bilan teshmishlar.
Xotinlarning pardasi, bolalarning yuragi, qarilarning gavdasi yirtilgan, yorilgan,
ezilgan... Mana, “G‘arb madaniyati”ning avra-astari, nomi bilan mohiyati bir-
biriga nechog‘lik zid ekani...
Umuman, Fitrat she'riyatida G‘arb madaniyati degan tushunchaning asos-
zamini yo‘q ekani, faqat targ‘ib-tashviqdangina iboratligi mantiqan chuqur
dalillangan, badiiy jihatdan ta'sirchan ifodalangan. Shuning barobarida, Sharq
madaniyatining inqirozga yuz tutishi sabablari ochib berilgan. Bu orqali shoir
millatni o‘zligini anglashga, qadimiy ildizlariga, boy imkoniyatlarga ega Sharq
madaniyatini yuksaltirish zaruratiga diqqat qaratadi.
|