Ассалому алайкум


B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix16.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#181104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
фитрат нозима bmisi (2)

 
B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I 
 
MAVZU:Fitrat asarl arida Sharq va G`arb madani yati talqi ni
DAK qarori:
5120100–Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) yo‘nalishi 401-gu ruh tal abasi
Ummatova Nozi man ing

Fi trat asarl ari da Sharq va G`arb madani yati 
talqini

 
Bitiruv malakaviy ishi «______________» ga baholansin. 
«______» ________________ 2018-yil 
 
DAK raisi: N.Mahmudov 
DAK kotibi: G.Komilova



FITRAT ASARLARIDA SHARQ VA G‘ARB MADANIYATI TALQINI
 
 
Kirish……………………………………………………………………………….4-6 
 
I bob. Fitrat she'riyatida va publisistik asarlarida Sharq va G‘arb 
madaniyatiga doir qarashlar ifodasi 
1.1.
She'riyatda ikki madaniyat talqini………………………………………7-18 
1.2.
“Sharq siyosati” va “Munozara” asarlarida Sharq va G‘arb mavzuining 
yoritilishi…………………………………………………………………19-30 
II bob. Fitrat dramalarida Sharq va G‘arb madaniyatining badiiy talqini 
2.1. “Hind ixtilolchilari” dramasida adib dunyoqarashining ifodalanishi….31-39 
2.2. “Chin sevish”da Sharq qutulishi mavzusi……………………………..40-47 
 
Xulosa…………………………………………………………………………48-49 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………......50-51 
 



KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi. 
Sharq va G‘arb madaniyatining bir-biriga 
munosabati masalasi keyingi davrlarda, ayniqsa, dolzarb muammolardan bo‘lib 
kelmoqda. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari bu masalaga alohida diqqat 
qaratganlar. Bu masala jadidchilik harakatining yetakchilaridan bo‘lgan Ismoilbek 
Gasprinskiy ijodida aohida o‘rin tutadi. U o‘zining “Madaniyati islomiya”, 
“Ovrupa madaniyatiga bir nazari muvozana” singari asarlarida Ovrupa, ya'ni G‘arb 
madaniyati mohiyatan targ‘ib-tashviqdan boshqa narsa emasligini, uning 
mustahkam asosga ega bo‘la olmaganini hayotiy misollar tahlili orqali isbotlab 
bergan edi. Bunday qarashlar Turkiston va Buxoro jadidlari asarlarida ham muhim 
o‘rin tutadi. Fitrat asarlari buning yorqin dalilidir. 
Abdurauf Fitrat “Sharq siyosati”, “Munozara” kabi o‘sha davr voqeyligi 
haqqoniy yoritilgan, boshdan-oxir jadidchilik g‘oyalari asosida ijod etilgan 
publitsistik asarlarida Sharq va G‘arb madaniyati o‘rtasidagi munosabatlar tahliliga 
alohida e'tibor beradi. Biroq ushbu asarlar ayni shu mavzu yuzasidan o‘rganilgan 
emas. Adib “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari” singari dramatik asarlarida ham bu 
masalaning mohiyatini o‘ziga xos tarzda badiiy talqin etadi. Bu borada Fitrat 
masalaning asl ildizlariga e'tibor qaratganini alohida ta'kidlash kerak. Bugungi 
globallashuv va sivilizatsiyalar integratsiyasi kuchaygan bir davrda jadid 
mutafakkirlari, jumladan Abdurauf Fitratning Sharq va G‘arb madaniyati talqiniga 
bag‘ishlangan asarlarini o‘rganish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
nuqtai nazaridan baho berish, bu asarlardagi hayotbaxsh g‘oyalarni o‘sib 
kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Shunga ko‘ra, Fitrat “Sharq siyosati”, “Munozara” kabi publitsistik va “Chin 
sevish”, “Hind ixtilolchilari” singari dramatik asarlarida Sharq va G‘arb 
madaniyati talqini masalasi alohida o‘rganilgani ushbu bitiruv malakaviy ishi 
mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin