Ассалому алайкум



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix16.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#181104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
фитрат нозима bmisi (2)

“Ey arslonlar arsloni! 
Menim yozuqlarimdan o‘t, 
Meni qo‘limni tut, 
Belimni bog‘la, muqaddas fotihangni ber! 
Sening dunyoga sig‘magan g‘ayratingga ont ichamanki, Turonning eski 
sharaf va ulug‘ligini qaytarmasdan burun ayog‘laringga o‘tirmasman”. 
Shunday bir sharoitda yovqur bobolarimiz muxtoriyat e'lon qildilar. 
Muxtoriyat hali mustaqillik emas edi. Bu ulug‘ yo‘ldagi bir qo‘nib o‘tadigan 
manzil edi, xolos. Turkiston barcha xalqaro aloqalar ixtiyorini Rusiyaga topshirar, 
ichki idoralarnigina o‘zi olib borar edi. Mana shu nisbiy erk ham buyuk g‘alaba 
edi. Adibning mansuralaridan biri ushbu voqeaga bag‘ishlangan. 
“Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik,
qo‘limiz bog‘landi, tilimiz kesildi, og‘zimiz qopandi. 


13 
Molimiz talandi, sharafimiz yemuruldi,
nomusimiz g‘asb qilindi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi. 
To‘zimli turdik, sabr etdik,
kuchga tayangan har buyruqg‘a bo‘yunsunduk,
butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik. 
Yolg‘iz bir fikrni bermaduk, yoshunturduk,
iymonlarimizga o‘rab saqladuk,
bu – Turkiston muxtoriyati!” 
Mazkur turkumning yakuniy she'rida shoir ona yurtiga xitoban: 
Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdur?
Nomusmi, vijdon bila iymonmi kerakdur? 
Temur bila Chingiz qoni toshdi tomurumda 
Aytgil, Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdur? 
deb murojaat qiladi. 
Fitrat iste'dodli shoir. U o‘z ijodini she'r bilan boshlagan edi. Ne'matilla 
Muhtaram yuqorida nomi zikr etilgan tazkirasida uning «Mijmar» (xushbo‘y ud 
yoqiladigan cho‘g‘don) taxallusi bilan she'rlar yozganini xabar qiladi. 
«Suxandonlarning harifi» (pahlavoni) deb ta'rif etadi. Ota kasbiga ishora qilib, 
«Sarrof» (zarshunos) ataydi. Ruhiy holatni g‘oyat nozik ifoda etgan tojikcha bir 
g‘azalini namuna qilib keltiradi.
“1911-yilda Istanbulda chop etilgan «Sayha» («Bong») she'riy to‘plami 
Vatan haqida edi. Shoir uning dardi nihoyasizligidan, jarohatlari halokatli 
ekanligidan dod soldi. Unga mehru muhabbatini hayqirib aytdi. U bilan iftixor etdi. 
Uni har narsadan muqaddas tutdi. Uni «sajdagoh», «qiblagoh» bildi, «izzu sharafi» 
atadi. U uchun baxt va najot qidirdi. Mana, she'rning eng ta'sirli satrlari”
11

Binmo, sahari azmi tavofi Vatani man, 
Oh-oh, chi Vatan, sajdagohi jonu tani man. 
Ham mohi manu osoyishi, izzu sharafi man, 
11
Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик.Т.: Маънавият, 2002, 75-
бет. 


14 
Ham Ka'bai man, qiblai man, ham chamani man. 
(Mazmuni: Vatanimni ziyorat qilmoqqa erta tongda kel. Hay-hay qanday 
Vatan bu! U – mening sajdagohim, jonu tanimdir. U mening osmondagi oyim, 
osoyishim, izzatim, sharafim. Ka'bam, qiblam va chamanimdir). 
“Sayha”ga kirgan she'rlardan biri shunday boshlanar edi. 
Bu o‘tli she'rlar 1914-yilda «Sadoyi Turkiston» gazetasida bosildi. Fayzulla 
Xo‘jaev o‘zining Buxoro inqilobi tarixiga bag‘ishlangan kitobida bu haqda 
shunday yozgani edi: “Vatanparvarlik she'rlari to‘plami bo‘lgan” «Sayha»ni 
o‘qigan kishilarni Buxoro hukumatigina emas, rus hukumati ham ta'qib qila 
boshladi. Chunki bu she'rlarda Buxoro mustaqilligi g‘oyasi birinchi marta juda 
yorqin, ta'sirchan bir shaklda ifodalab berildi...
12 
20-yillarda yozgan «Mirrix yulduziga», «Sharq», «Behbudiyning sag‘anasini 
izladim» kabi she'rlarida «inqilob» nomi bilan tarixga kirgan fojianing qonli 
izlaridan so‘z ochdi. 
Turkistonda 1917-yil Fevral, Oktyabr o‘zgarishlari milliy mustaqillik 
masalasida hech narsa bermadi. Bu yo‘ldagi urinishlar (masalan, Turkiston 
muxtoriyati) shafqatsiz zarbaga uchradi. Oqibat shu bo‘ldiki, birinchidan 
Turkistonning mahalliy tub joy xalqiga o‘z taqdirini o‘zi hal qilishga yo‘l 
qo‘yilmadi. 
Ikkinchidan, 
hokimiyat 
unga 
tegmadi. 
Hokimiyat 
chor 
mustamlakachilaridan sovet mustamlakachilari qo‘liga o‘tdi. Eng yomoni, 
bularning hammasi mahalliy xalq – ishchi-dehqonlar nomi bilan qilindi. Targ‘ibot 
mashinasi ishga tushirilib, tenglik, erkinlik, baxt-saodat haqida quloqlarga quyila 
boshlandi. Oktyabr sarhad olinib, tarix qoq ikkiga bo‘lib tashlandi: undan oldini – 
qop-qora, keyini – oppoq. 
1920-yilgi Buxoro inqilobi-chi? To‘g‘ri, Fitrat u paytda Buxoroda yo‘q edi. 
Lekin 1921-yilda Buxorodagi mehmonxonasida Cho‘lpon sharafiga berilgan 
ziyofatda Sharifjon qozining
13
haqli e'tirozlariga javoban: «Axir biz bunaqa 
12
Қаранг: Файзулла Хўжаев. Бухородаги инқилоб ва Ўрта Осиёнинг миллий 
чегараланишига доир. Танланган асарлар. Уч томлик, 1-том. Т., Т.1978, 98-99-бетлар. 
13
Профессор Бегали Қосимовнинг фикрича, Бухоронинг тараққийпарвар кишиларидан, 
қозикалон ҳам бўлган. 1918- йилда амир қамоққа олган эди. 


15 
inqilobni istagan emasmiz, taqsir!» — deydi, va bu gap mash'um 37-yilda jiddiy 
ayblovlardan bo‘lib ishga tirkaladi. 
1922-yilda bosilgan «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamidagi «Mirrix 
yulduziga» she'rida shoir yulduz bilan sirlashadi. yerdagi tubanliklar, xo‘rliklardan 
so‘z ochadi. Ular timsolida asllikning buzilishini, tabiiy go‘zallikning, 
mukammallikning poymol bo‘lishini ko‘radi. Ikkinchidan, she'rning “Mirrix 
yulduziga” deb atalishida ham chuqur ma'no bor. Ma'lumki, Mirrix yulduzini 
Bahrom ham deb yuritiladi. Mars yulduzining sharqcha nomlanishi. U qadim 
astrologiya (ilmi nujum)ga ko‘ra jangu jadallar, urushlar ramzi. Binobarin, 
she'rning nomiyoq mamlakatdagi notinchlik, g‘avg‘o-to‘polonlarni anglatib 
turibdi. Fitrat har bir so‘z, har bir timsol zamiriga katta ma'nolarni yuklay olgan 
ijodkor edi. 
Shoir yulduzga murojaat etib: 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin