qarashicha,
Ovrupaning bizga beradigan
narsalari belgili: safohat (ya'ni nodonlik), axloqsizlik, qimor va sharobxo‘rlik.
Ushbu to‘rt illat Sharqni tanazzul girdobiga yanada chuqurroq tortish, uni
taraqqiydan bebahra qilish manbai o‘laroq xizmat qildi. Adibning taassuf bilan
ta'kidlashicha, “Sharqning din va odatlariga qat'iyan to‘g‘ri kelmagan
fohishaxonalarni o‘lkamizda Ovrupa jahongirlari ochdilar. Butun bashariyat
hayotig‘a, maishatig‘a, ishiga rahnalar solg‘uchi sharob do‘konlari yurtimizda shul
Ovrupa boylari “himmati” bilan quruldi. “Faranga” degan qo‘rqunch kasal
Sharqg‘a Ovrupa jahongirlarining bosqinlari bilan keldi. Xulosa: Ovrupa
jahongirlari Sharqg‘a axloqsizlik va buzuqlikdan boshqa bir narsa bermadilar”.
16
Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. Т.: “Маънавият”, 2002, 370-бет.
23
Ayni qarash mutafakkir jadidlarning ko‘pchiligiga xos edi. Bu jihatdan,
Cho‘lponning “Vatanimiz Turkistonda temir yo‘llar” maqolasidan olingan
quyidagi iqtibos, ayniqsa, xarakterli: “Ey qarindoshlar... katta iltimosimiz
shuldurki, Ovro‘poning mo‘dosidin, shishasidan, buzuq axloqidan namuna
olmasdan va bunlarg‘a bul jihatdan taqlid qilmasdan, balki ilm, fan, hunar,
sanoatg‘a o‘xshashlik madaniyatlaridan namuna olub, bul jihatdan taqlid
qilmog‘imiz lozimdur. Ovro‘poning mo‘dosi, shishasi va buzuq axloqi sizlarni
xonavayron, bevatan, asir, qul qiladur. Bundan saqlaningiz! Ovro‘poning maktab,
madrasa, ilm-fan, sanoat, hunarg‘a o‘xshash madaniyatlari sizlarni obod, ma'mur,
olim qilub, johillikdan, asorat qulligidin qutulturodur. Birodarlar, ko‘zlaringizni
ochib, yaxshi o‘ylangizlar!”
17
Bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan bu kabi qarashlar mutafakkir
jadidlarning G‘arb madaniyatiga differensial munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi.
Ular G‘arb axloqini, ma'naviyatga zid turmush tarzini inkor etganlari holda,
Ovrupaning ilm-fan, ta'lim, texnika-texnologiya sohasidagi yutuqlarini Sharq
ma'naviyati mezonlari asosida millat hayotiga tatbiq etish tarafdori bo‘lganlar.
4.
Birinchi jahon urushi Sharqning istibdod iskanjasidan qutulishi uchun
eng qulay sharoitni paydo qildi. Taassufki, bu fursat va imkoniyat boy berildi.
Fitrat dunyodagi mustamlakachi davlatlar Misr va Hindistonni qo‘lga kiritish, bu
orqali Sharqqa yakka hokim bo‘lish istagida o‘zaro ziddiyatga borgani, buning
natijasida ikki bir-biriga qarshi ittifoq yuzaga kelgani haqida yozadi:
1.
Rusiya, Angliya, Fransiya.
2.
Olmoniya, Italiya, Avstriya-Majoriston.
Bu ikki “davlatlar to‘dasi” topgan boyliklarini, bor kuch va imkoniyatini
urush yaroqlari tayyorlashga safarbar etdi, o‘zaro qurollanish poygasi avjga chiqdi.
Fitrat ta'biricha: “Bilim va hunarning ko‘magi bilan shahar singari kemalar, tomug‘
ko‘rinishli to‘plar, tog‘ gavdali uchg‘uchlar yasab turar edilar. Bunlarning barchasi
17
Чўлпон. Ватанимиз Туркистонда темир йўллар. - Чўлпон. Асарлар. Тўрт жилдлик. 4-жилд. - Т.:
“Академнашр”, 2016, 168-бет
24
dunyoning taraqqiysi uchun emas, kuchsizlarni ezmak uchun, Sharqni yutmoq
uchun edi”.
Ana shu asnoda 1914-yilgi birinchi jahon urushi boshlandi.
“Butun Ovrupa
jahongirlari orasinda ochilgan bu urush Sharq mazlumlariga ko‘p yaxshi fursat
berardi. Sharqning qutulish soati kelgan edi. Sharqning bunda vazifasi katta-kichik,
musulmon, majus demasdan birlashmak: bir-birining qonini ichib turgan Ovrupa
yirtqichlari qarshisindan bir kuch va bir qo‘l bo‘lub chiqmoq edi. Bilimsiz qolg‘an
Sharq bu to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmadi. Bu fursatni ham qochirdi”.
Ta'kidlash kerakki, “Sharq siyosati” asari Fitratning dunyoda kechayotgan
ijtimoiy-siyosiy voqyelik mohiyatidan xabardorlik darajasi nechog‘lik chuqur
ekani, bu jarayonni teran tahlil eta bilish barobarida xolis baho bera olish
salohiyatiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi.
5.
Dostları ilə paylaş: |