2.2. “Chin sevish”da Sharq qutulishi mavzui
«Chin sevish» va «Hind ixtilolchilari» asarlarida Hindiston xalqlarining
ozodlik va mustaqillik uchun ingliz mustamlakachilariga qarshi olib borgan
murosasiz kurashlari orqali Turkiston xalqlarining tuganmas dardlarini ifoda etadi.
«Chin sevish»dagi Karimbaxsh bir vaqtlar Ovruponi maqtardi. Endi esa yo‘q, fikri
o‘zgargan: «Ovrupoda bilim bor, lekin insof yo‘q. Ovruponing bilimi qoplonning
tishi, tirnog‘i kabi bir narsadir. Kuchsizlarni yirtib, yemak to‘g‘risida ko‘p ish
ko‘rmishdir», — deydi xotini Fotimaxonim bilan suhbatda. Va uning e'tiroziga
javoban: «Ovrupo ishlarini o‘rganmak albatta kerakdir. Ovrupoda o‘qimoq,
ovrupoliklarni insofli, adolatli deb maqtamoq uchun emas, ulardan o‘zimizni
saqlamoq, tishli-tirnoqli bo‘lish uchun kerakdir», deydi. Ayni paytda bu
bilimlarning «Kishilik dunyosining yuksalishi va tinchligi yo‘lida ishlatish
qulay»ligini ta'kidlaydi. «Hind ixtilolchilari»dagi ingliz Marling Hindiston
aholisining turli din-e'tiqodga, maslak-mazhabga mansubligidan, ular orasidagi
janjal-nizolardan ustalik bilan foydalanadi. Bir-biriga qayrab qo‘yib, chetdan
kuzatadi, «ingliz ulusining Hindga kelganliklari hindlilarni yetishtirmak, madaniy
qilmak» uchun edi, — deydi Mavlonga. — Biz kelmasdan burun Hindiston din
janjallari, qorin-qursoq urushlari bilan to‘lg‘on edi... shul buzuqliklarni tuzatdik.
Madaniy yashamoq yo‘llarini ko‘rsatduk...» Endi inglizlar «adolat bilan olgan»...
«adolat bilan saqlagan Hindistonni o‘z egalariga yana adolat bilan
topshirmoqchi»lar. Lekin kimga topshirsalar ekan? Hindgami, musulmongami?!
Hindlar yashamoq yo‘llarini bilib oldilar, lekin «Hindiston madaniyatining tub
egasi musulmonlar edilar. Shu pallada ham Hindistonda eng yaxshi tayyorlangan
ulus musulmon ulusidir...» Lekin ular Hindistonda ko‘pchilik emas. Uning ustiga
«Hindular, sekhiylar, ma'juslar birlashib, hukumatni o‘z qo‘llariga olmoqchi
bo‘lsalar, nima qilamiz?»— deb ham qo‘yadi. Olmonlar-chi? Balki bu tilakni ular
bildirishga ham ulgurganlar deya ko‘ngullariga g‘uluv ham solib qo‘yadi.
Ig‘vogar shu tariqa Hindistonning ikki buyuk millati hindular va
musulmonlar o‘rtasiga adovat urug‘ini sepadi. Har ikki asardagi ingliz-hind
munosabatlari o‘sha davrning har qanday turkistonlik o‘quvchi ko‘zi oldida
41
mutlaqo rus-o‘zbek munosabatlarini gavdalantirar edi. Muallifning maqsadi ham
shu edi. Har ikki asarning nomi ham shunga qaratilgan. Masalan, chin sevgi Vatan
sevgisidir. Chinakam muhabbat uni ozod qilmoqdir kabi. Har ikki asar, ayniqsa,
«Chin sevish» zamondoshlar tomonidan yuksak baholanadi. Cho‘lpon u haqda
«O‘zbek sahnasi ulug‘ va ulug‘ligi qadar yuksak ham go‘zal bir tomosha ko‘rdi»
deb yozdi. V.Mahmud «O‘zbek sahnasida shu kungacha o‘ynalib kelgan
pesalarning eng kuchlisi, eng buyugi» deb baholadi.
«Abulfayzxon» adabiyotimizda tarixiy mavzuda yozilgan birinchi dramadir.
Unda tasvir etilgan voqyealar bilan Fitrat zamonasi o‘rtasida ma'lum yaqinlik bor.
Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili bo‘lib tarixga kirgan Abulfayzxon
hukmronligi davrida (XVIII asr) salganatda mang‘itlar sulolasining nufuzi
benihoya ortib, xon qo‘g‘irchoqqa aylanib qoldi. Qo‘shhokimiyatchilik
ikkiyuzlamachilikka yo‘l ochdi. Zulm va xiyonat avj oldi. Har ikki tarix ham
xalqimiz hayotidagi eng mas'uliyatli, eng hayajonli voqyealarga to‘la edi. Farqi shu
ediki, biri yangi turmush bayrog‘i ostida, ikkinchisi yangi sulola himoyasi yo‘lida
kechdi. Har ikkisi ham jamiyatning barcha qatlamlarini o‘ziga jalb etgan va eng
muhimi har ikkisi ham kuchga, zo‘ravonlikka tayangan edi. Bunday damlarda
inson tabiatidagi ezgulik bilan yovuzlik yuzaga qalqib chiqadi. Fitrat shularni
ilg‘ay oldi. «Podsholik qon bilan sug‘orilaturg‘on bir og‘och (daraxt)» ekanligini,
«qon oqib turmag‘on yerda bu og‘ochning qurib qolishi aniq»ligini ko‘rsatib bera
oldi. «Chin sevish» va «Hind ixtilolchilari» asarlarida Hindiston xalqlarining
ozodlik va mustaqillik uchun ingliz mustamlakachilariga qarshi olib borgan
murosasiz kurashlari orqali Turkiston xalqlarining tuganmas dardlarini ifoda etadi.
«Chin sevish»dagi Karimbaxsh bir vaqtlar Ovruponi maqtardi. Endi esa yo‘q, fikri
o‘zgargan: «Ovrupoda bilim bor, lekin insof yo‘q. Ovruponing bilimi qoplonning
tishi, tirnog‘i kabi bir narsadir. Kuchsizlarni yirtib, yemak to‘g‘risida ko‘p ish
ko‘rmishdir», — deydi xotini Fotimaxonim bilan suhbatda. Va uning e'tiroziga
javoban: «Ovrupo ishlarini o‘rganmak albatta kerakdir. Ovrupoda o‘qimoq,
ovrupoliklarni insofli, adolatli deb maqtamoq uchun emas, ulardan o‘zimizni
saqlamoq, tishli-tirnoqli bo‘lish uchun kerakdir», deydi. Ayni paytda bu
42
bilimlarning «Kishilik dunyosining yuksalishi va tinchligi yo‘lida ishlatish
qulay»ligini ta'kidlaydi. «Hind ixtilolchilari»dagi ingliz Marling Hindiston
aholisining turli din-e'tiqodga, maslak-mazhabga mansubligidan, ular orasidagi
janjal-nizolardan ustalik bilan foydalanadi. Bir-biriga qayrab qo‘yib, chetdan
kuzatadi, «ingliz ulusining Hindga kelganliklari hindlilarni yetishtirmak, madaniy
qilmak» uchun edi, — deydi Mavlonga. — Biz kelmasdan burun Hindiston din
janjallari, qorin-qursoq urushlari bilan to‘lg‘on edi... shul buzuqliklarni tuzatdik.
Madaniy yashamoq yo‘llarini ko‘rsatduk...» Endi inglizlar «adolat bilan olgan»...
«adolat bilan saqlagan Hindistonni o‘z egalariga yana adolat bilan
topshirmoqchi»lar. Lekin kimga topshirsalar ekan? Hindgami, musulmongami?!
Hindlar yashamoq yo‘llarini bilib oldilar, lekin «Hindiston madaniyatining tub
egasi musulmonlar edilar. Shu pallada ham Hindistonda eng yaxshi tayyorlangan
ulus musulmon ulusidir...» Lekin ular Hindistonda ko‘pchilik emas. Uning ustiga
«Hindular, sekhiylar, ma'juslar birlashib, hukumatni o‘z qo‘llariga olmoqchi
bo‘lsalar, nima qilamiz?»— deb ham qo‘yadi. Olmonlar-chi? Balki bu tilakni ular
bildirishga ham ulgurganlar deya ko‘ngullariga g‘uluv ham solib qo‘yadi.
Ig‘vogar shu tariqa Hindistonning ikki buyuk millati hindular va
musulmonlar o‘rtasiga adovat urug‘ini sepadi. Har ikki asardagi ingliz-hind
munosabatlari o‘sha davrning har qanday turkistonlik o‘quvchi ko‘zi oldida
mutlaqo rus-o‘zbek munosabatlarini gavdalantirar edi. Muallifning maqsadi ham
shu edi. Har ikki asarning nomi ham shunga qaratilgan. Masalan, chin sevgi Vatan
sevgisidir. Chinakam muhabbat uni ozod qilmoqdir kabi. Har ikki asar, ayniqsa,
«Chin sevish» zamondoshlar tomonidan yuksak baholanadi. Cho‘lpon u haqda
«O‘zbek sahnasi ulug‘ va ulug‘ligi qadar yuksak ham go‘zal bir tomosha ko‘rdi»
deb yozdi. V.Mahmud «O‘zbek sahnasida shu kungacha o‘ynalib kelgan
pesalarning eng kuchlisi, eng buyugi» deb baholadi.
«Abulfayzxon» adabiyotimizda tarixiy mavzuda yozilgan birinchi dramadir.
Unda tasvir etilgan voqyealar bilan Fitrat zamonasi o‘rtasida ma'lum yaqinlik bor.
Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili bo‘lib tarixga kirgan Abulfayzxon
hukmronligi davrida (XVIII asr) salganatda mang‘itlar sulolasining nufuzi
43
benihoya ortib, xon qo‘g‘irchoqqa aylanib qoldi. Qo‘shhokimiyatchilik
ikkiyuzlamachilikka yo‘l ochdi. Zulm va xiyonat avj oldi. Har ikki tarix ham
xalqimiz hayotidagi eng mas'uliyatli, eng hayajonli voqyealarga to‘la edi. Farqi shu
ediki, biri yangi turmush bayrog‘i ostida, ikkinchisi yangi sulola himoyasi yo‘lida
kechdi. Har ikkisi ham jamiyatning barcha qatlamlarini o‘ziga jalb etgan va eng
muhimi har ikkisi ham kuchga, zo‘ravonlikka tayangan edi. Bunday damlarda
inson tabiatidagi ezgulik bilan yovuzlik yuzaga qalqib chiqadi. Fitrat shularni
ilg‘ay oldi. «Podsholik qon bilan sug‘orilaturg‘on bir og‘och (daraxt)» ekanligini,
«qon oqib turmag‘on yerda bu og‘ochning qurib qolishi aniq»ligini ko‘rsatib bera
oldi.
Fitratning “Chin sevish” dramasi 1920-yilda so‘nggi tahrirdan chiqqan.
Tarixiy makon va tarixiy zamon nuqtai nazaridan “Chin sevish” va “Hind
ixtilolchilari” pesalarida aks etgan voqyealar “Ro‘zalar”dagi voqyealardan oldin
ham, ulardan keyin ham yoki ular bilan bir vaqtda ham ro‘y bergan bo‘lishi
mumkin. Lekin tarixiy taraqqiyotning qaysi bosqichini aks ettirishiga kshra bu ikki
drama Fitrat dramatik olami xronopida eng so‘nggi o‘rinni egallaydi. Chunki,
“Ro‘zalar”da mustamlakachilik bo‘lsada, hali undan qattiq norozichilik yo‘q, unga
qarshi portlay deb turgan kuchli bir tug‘yon yoki isyon yo‘q. To‘g‘ri, bunda
asarning komediya ekanligi ham, rus chorizmiga tegishli gapni aytish qiyinligi ham
bor. Lekin, baribir, asarda aks etgan hayotning umumiy atmosferasi shuni
ko‘rsatadiki, bu milliy ozodlik harakatlari g‘oyasi pishib yetilishi qiyin bo‘lgan,
to‘g‘rirog‘i, hali undan uzoqroq bo‘lgan davr. “Chin sevish” va “Hind
ixtilolchilari” boshqa asarlarga qiyoslasak, oldingi o‘rinni ishg‘ol etadigan asar deb
hisoblash mumkin.
Fikrimizcha, bu davrning Fitrat dramaturgiyasida muayyan o‘rin tutishi,
uning aynan komik tarzda aks ettirilishi aslo tasodifiy emas. Xronotop nuqtai
nazaridan undan oldingi o‘rinda turadigan uch drama bu Turkistonning fojialarga
to‘la feodal o‘tmishi edi. Chor Rossiyasining mustamlakasiga aylangandan keyin
esa Turkiston ham o‘zining ko‘p asrlik o‘tmishi bilan asta sekin bo‘lsada,
44
xayrlasha boshladi. Falsafa, sotsiologiya, psixologiya, estetika fanlarining
barchasida ta'kidlanganidek, insoniyat o‘z o‘tmishi bilan kulib xayrlashadi.
“Chin sevish” va “Hind ixtilolchilari”da o‘tmishning bir katta bo‘lagi bilan
bilan xayrlashayotgan xalqni kutayotgan ulug‘ kurashlar, fojialar va ular ortidan
kelishi muqarrar bo‘lgan yorug‘ bir istiqbol o‘z ifodasini topgan.
Xo‘sh, Fitrat nega bu asari uchun aynan shu davrni tanladi? Bu bir birini
to‘ldiadigan bir nechta sabab bilan bog‘liq. Birinchidan, aynan shu davrda komik
asarga material bo‘lg‘ulik voqyealarga ko‘proq edi. Buning izohini biz oldinroqda
ko‘rib o‘tdik. Ikkinchidan, Fitrat ijodkor shaxs sifatida o‘sha davr bilan yaxshiroq
tanish edi. Uchinchidan, komizm ba'zi bir kishilar tomonidan jamiyatning tanqidi
sifatida tushunilishi mumkin, shuning uchun materialni beriroqdan tanlash ko‘p
ortiqcha qutqularga sabab bo‘lishi mumkin edi.
O‘zi ongli ravishda ko‘zda tutgani yoki tutmaganidan qat'i nazar,
yozuvchining ob'ektiv g‘oyaviy niyati hayotdagi shu xil voqyea hodisalarga
qanday qarash kerak, degan masalaga munosabatini bildirishdan iborat edi. Asar
ruhidan kelib chiqib aytish mumkinki, Fitrat nazarida ular endilikda juda xavfli
illatlar emas, ular mudhish hodisa sifatidagi kuchini yo‘qotib bo‘lgan. Ularga
yengilgina kulib qarash mumkin. Asosiy xavfli illatlar, asosiy mudhish kuchlar,
asosiy muammo va vazifalar boshqa yoqda! Ularni Fitrat hind hayotidan olib
yozilgan dramatik dialogiyasida aks ettirgan.
“Chin sevish”dagi voqyealar Dehli shahrida, “Hind ixtilolchilari”dagi
voqyealar esa Lohur shahrida bo‘lib o‘tadi. Hayot haqiqati nuqtai nazaridan bu ikki
pesa voqyealari bir vaqtning o‘zida ham, oldinma keyin ham ro‘y beraverishi
mumkin. Yaratilish vaqtiga ko‘ra “Chin sevish” 1920-yilda, “Hind ixtilolchilari”
esa 1923-yilda so‘nggi tahrirdan chiqqanligi ma'lum. Biroq dilogiyadagi oldin
yaratilgan asarning voqyealari keyin ro‘y bergan, deb bo‘lmaydi. Chunki yozuvchi
muqaddimadan oldinxotimani yozib qo‘yaverishi mumkin. Lekin taraqqiyot spiral
shaklida bo‘lsa ham, umuman olganda, oldinga qarab, oddiydan murakkabga qarab
borishini hisobga oladigan bo‘lsak, “Chin sevish”ni bu dilogiyaning dastlabki
qismi deb hisoblash to‘g‘riroq bo‘ladi. Har ikkala asarda ham erk va mustaqillik
45
uchun kurash, “Chin sevish”da bir oz zaifroq, kurashning g‘alabaga eltuvchi
yo‘llaridan uzoqroq, sentimentalroq tarzda ko‘zga tashlanadi. Qolaversa, bu
kurashlar asarda ishq mojarosi tevaragida, ko‘pincha, ijtimoiy fon sifatida
namoyon bo‘ladi va boshlab qo‘yilgan mna shu mavzu keyingi dramada asar
markaziga ko‘chiriladi. Hattoki o‘sha ishq muhabbatning o‘zi ham “Hind
ixtilolchilari”da realistikroq , hayotga yaqinroq.
Binobarin, Fitrat dramatik olamining makoni zamoniy zanjirida “Chin
sevish” “Ro‘zalar”dan keyingi, “Hind ixtilolchilari”dan oldingi halqa sifatida
namoyon bo‘lgan.
Dramaturgning aynan makon va zamonga (ingliz mustamlakachiligi
davridagi Hindistonga) murojaat etishining sabablari, bu xronotopning asar
dunyoga kelgan makon va zamonga munosabati haqida oldingi bobda qisman
gapirib o‘tildi.
Hindiston har ikki pesada ham chorizm va bolshevizm asorati ostida qolgan
Turkistonga taalluqli haqiqatni aytish uchun bir majoz vazifasini o‘tagan edi. Lekin
bunda dramaturgning aynan shu materialga munosabati, unga mehr muhabbat
bilan, hamdardlik hissi bilan qaraganligi ham aks etganki, buni nazardan soqit
qilmaslik kerak. Agar buni inkor etadigan bo‘lsak, “Xo‘sh, nega majoz sifatida
boshqa yurt emas, aynan Hindiston tanlab olindi?” degan savolga aniq javob
aytishimiz qiyin bo‘ladi.
Mustamlakachilik zulmi ostida ezilgan xalqning mutafakkiri sifatida Fitrat
o‘z xalqi bilan qismatdosh xalqlar tarixiga nazar tashlaydi. Bu orqali
mustamlakachilikning mohiyatini, uni keltirib chiqaruvchi shart sharoitlarni va
undan qutilish chora tadbirlarini o‘rganmoqchi bo‘ladi. Siyosat turkistonni
Turkiston deb aytishga to‘la imkon bergan taqdirda ham Fitrat shu materialga
murojaat etish mumkin edi. Chunki inson kabi xalqlar ham o‘ziga qarab o‘zgani,
o‘zgaga qarab o‘zini chuqurroq anglaydi. Inson inson uchun, xalq xalq uchun
o‘ziga xos ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Fitratning Hindiston mavzuiga murojaat
etishining mana shunday tabiiy sabablari ham bor ediki, buni olimning falsafiy,
46
ilmiy va publisistik asarlarida ham Hindiston mavzusi egallashi yana bir karra
tasdiqlaydi.
“Chin sevish” dramasi Fitrat dramaturgiyasining umuminsoniy yoki azaliy
va abadiy mavzulari xaritasida ham alohida o‘rin tutadi. To‘g‘ri, dunyo adabiyoti
va san'atida ishq muhabbat mavzusini chetlab o‘tgan ijodkorni topish qiyinroq.
Hazrat Navoiy yozganlaridek:
Ajab qissadir bu ishq tuganmadi hech,
Agarchi bo‘lgani olam binosi, aytiladur.
San'atkorlar bu tuyg‘uni bir umr tarannum etadilar, biroq ularning qaysidir
bir asarlarida bu mavzu o‘zining eng yorqin, eng otashin ifodasini topadi. “Chin
sevish” dramaturgning aynan ana shunday asaridir.
Asar xronotopining yozuvchi asarini yozib tugallagan zamon makonga
munosabati nuqtai nazaridan “Chin sevish” ham, “Hind ixtilolchilari” ham boshqa
dramalarda shunday yorqin tarzda uchramaydigan muhim bir xususiyatga ega.
To‘g‘ri, ularda yozuvchi Hindiston orqali Hindistonni ham, jabrdiyda Turkistonni
ham aks ettiradi, hind ixtilolchilarining g‘oyalari, zobitlikka qarshi nafrat
g‘azablari, kurashlari Turkistonga ham begona emas edi (shu o‘rinda Qo‘qon
muxtoriyatini eslaylik). Lekin bu asarlar orqali faqat zamonanigina aks ettirmaydi.
Yozuvchi zamona orqali kelajakni, kelajakka bo‘lgan ishonchni ham, million
million farzandlari bo‘lgan ulug‘ xalqlarning kolonial zulm ostida abadiy qolib
ketmasligini, ularga ham bir kun istiqlol quyosh kulib boqajagini shubhaga o‘rin
qoldirmaydigan bir shiddat va qudrat bilan aks ettiradi. Dalil tariqasida
Nuriddinning zindondagi monologlaridan bir parcha keltirib o‘tish kifoya:
“Hindiston bolalari qiyomatga dovur bo‘yla qolmaslar. Bularning daxi ko‘zi bor
ochilur, qoni bor qaynar. To‘rt yuz million inson bolasining bo‘yla ezilib qolishiga
tangri ko‘nmas, tabiat rozi bo‘lmas..”
Dramada yozuvchi makon zamon dialektikasini aks ettirish aks ettirish
nuqtai nazaridan jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan. Butun dramada ro‘y beradigan
barcha voqyealar ilk pardadayoq anglashiladi va ularning bosqichma bosqich rivoji
beshala pardada ham ko‘rsatiladi. Masalan, Nuriddinning muhabbat dardida kuyib
47
yurganligini birinchi pardada boshqa qahramonlar o‘z kuzatishlari asosida eslatib
o‘tadilar, ikkinchi pardada bu muhabbat real faktga aylanib, Rahmatulloxon uni
oradan tamom chiqarish chora tadbirlarini ko‘ra boshlaydi, uchinchi pardada u
muhabbatni va uning qanday muhabbat ekanligini Nuriddinning o‘z og‘zidan
eshitamiz, to‘rtinchi pardada biz “Zulayxo ... malagim...chechagim...” deb
telbalarcha alahlayotgan majnun Nuriddinni ko‘ramiz va nihoyat beshinchi
pardada bu muhabbat fojiali intiho topadi. Xuddi shuningdek, Rahmatulloxonning
nopoklik aralashgan ilinji ham birinchi pardadayoq ayon bo‘ladi. Ikkinchi pardada
o‘sha rejalarning dastlabkilari amalga oshadi. To‘rtinchi pardada yana ham
jirkanchroq, yana ham mudhishroq tus oladi va nihoyat, Nuriddinning ham,
o‘zining ham o‘limi bilan yakunlanadi. Dramaturg ixtilolchilik harakatini ham
xuddi shu tarzda bosqichma bosqich rivojlantirib boradi. Eng muhimi, asarda shu
uch motni bir biridan ayri holda alohida alohida rivojlantirilmagan. Ular et bilan
tirnoqdek bir biriga uzviy ravishda bog‘lanib ketgan.
Umuman, Fitrat dramatik asarlari orqali ham G‘arbning madaniyat tarqatish
niqobida mustamlakachilik va haqsizlik siyosatini olib borganini, avvalda
taraqqiyot beshigi bo‘lgan Sharqning esa inqiroz yoqasiga kelib qolganini chuqur
iztirob bilan tasvirlaydi.
48
XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishi natijalaridan quyidagi xulosalarni chiqarish
mumkin:
1. Abdurauf Fitrat o‘zbek she'riyatiga birinchilardan bo‘lib mansura janrini
olib kirdi. Uning “Yurt qayg‘usi” mavzuidagi turkum she'rlari ana shu shaklda
bitilgan. Bu she'rlarida Fitrat istibdod changalida qolgan ona yurt taqdiri uchun
kuyinadi, uning tanazzulidan iztirob chekadi. Muqaddas Turonni ayanchli
ahvoldagi ayol – ona timsolida tasvirlaydi. Bu orqali Vatanni ona timsolida ko‘rish
bilan bog‘liq milli y ruhiyatni ifodalaydi. Uni qutqarish uchun kurashga tayyori
ekanini bildiradi. Fitratning bu turkum she'rlari shoirning ko‘hna Sharqqa bo‘lgan
buyuk muhabbatining o‘ziga xos badiiy talqini, deyish mumkin.
2. Fitrat she'riyatida, jumladan mansuralarida Sohibqiron Amir Temur
siymosi alohida o‘rin tutadi. Qadim Turonning sha'nini yuksaltirgan, uni
taraqqiyotning cho‘qqisiga olib chiqqan, ona zaminni mo‘g‘ul istilosidan ozod
etgan Sohibqiron ozodlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Amir Temur obrazini
tasvirlash orqali shoir yosh avlod qalbida yurt ozodligi ruhini tarbiyalashni maqsad
qiladi. Qadim Sharqning buyuk tarixi va nurli kelajagi g‘oyasini millat qalbiga
joylamoqni istaydi.
3. “Sharq” dostoni Fitrat she'riyatida alohida o‘rin tutadi. Bu asari orqali
Fitrat “Madaniyat otli G‘arbli olbosti” degan mashhur iborani taqdim etadi. Bu
ibora zamirida madaniyat tarqatish niqobi ostida yurtni talab, millat hayotini izdan
chiqargan G‘arbning bosqinchildik siyosatini qoralaydi. Uning niqobini ochib
tashlaydi.
4. “Munozara” asarida Fitrat buxorolik mudarris va farangi o‘rtasidagi bahs
orqali Sharqning taraqqiyotdan orqada qolishi sabablarini ko‘rsatib beradi. O‘qitish
tizimi eskirgani, millat farzandlarining dunyoqarashi zamon shiddatidan ortda
qolgani masalalarini yoritadi. Mustamlaka siyosatining mohiyatini ochib tashlaydi.
Shuning uchun ham bu asar keng miqyosda aks sado berdi. “Munozara”ni olimlar
Chor Rossiyasi yostig‘i ostiga qo‘yilgan bombaga qiyoslaganlari sababi shunda.
49
5. “Sharq siyosati” Fitratning dunyoqarashi naqadar keng, fikri nechog‘lik
ochiq bo‘lganini ko‘rsatadigan asar. Asarda Sharqning chin ma'noda madaniyat
beshigi, taraqqiyotning boshlovchisi bo‘lgani, G‘arbdagi taraqqiyot aynan ana shu
negizda o‘sib chiqqani aniq misollar orqali ko‘rsatib beriladi. G‘arbning xalqlarga
ozodlik, madaniyat olib kirish niqobi ostida amalga oshirayotgan mustamlakachilik
siyosatining mohiyatini fosh etadi. Rossiyaning Turkistonda, Angliyaning
Hindistonda, Fransiyaning Jazoir va Tunisda amalga oshirayotgan bosqinchiligi
insoniylikka zid ekanligini tahliliy asosda yoritadi. Bu orqali millatning
dunyoqarashini o‘stirish, uni ozod ko‘rish bilan bog‘liq orzularini ifodalaydi.
6. Fitrat dramalarida ham G‘arbning istibdod siyosati mohiyatini ko‘rsatib
berdi. “Hind ixtilolchilari” va “Chin sevish” dramalari buning yorqin isbotidir.
Fitrat dramalarida zamon va makonni ko‘chirib tasvirlash usulini qo‘lladi.
Angliyaning Hindistondagi bosqinchilik siyosati va hind yoshlarining unga qarshi
kurashini tasvirlash orqali ona Turkistonning istibdoddan tug‘ilgan jarohatlari
xususida so‘z yuritdi. Vatan ozodligi g‘oyasini tasvirladi.
|