20
barcha jadidlar munosabat bildirgani ma'lum. Jumladan, Ismoilbek Gaspralining
yozishicha, “Islom ulamosining mo‘tabar usuli o‘zlaridan oldingi ilm va
kashfiyotlarni anglab, haligacha bilinmagan va kashf etilmagan haqiqatlarni tajriba
va tadqiqotlar yordamida bilmak edi. Ovrupaning funun va hunar taraqqiyotiga
katta xizmat etgan ana shu usul bo‘ldi”
15
.
Sharq madaniyati tanazzulining asosiy sabablaridan biri ayni shu mo‘tabar
usulni hayotga tatbiq etmay qo‘ygani edi. Fitrat buni alohida ta'kidlaydi: “Sharq
madaniy yirtqich emas edi... sharq madaniyat o‘chog‘i, insof beshigi, axloq
maktabi, bilim madrasasi edi. Biz, sharqlilar, bashariyatga
qilgan xizmatlarimiz
uchun bugungi qonli Ovrupoga qarshi yaxshigina maqtana olurmiz. Biz, sharqlilar,
madaniyat yo‘linda tutdigimiz xizmatlarda davom etganda, bu kun bashariyat
dunyosini ko‘p yuksak mavqyelarda ko‘rmoq mumkin edi. Negakim, Sharq bilim,
hunar yo‘linda Ovrupo jahongirlaridek o‘rtoq qonin ichmak va orqadosh uyin
talamoq uchun emas, insonlik dunyosini yuksaltirmoq uchun tirishar edi.”. Bu
fikrlar Fitratning siyosiy bilim va tafakkur borasida nechog‘liq yetuk bo‘lganini
ko‘rsatishi jihatidan ham ahamiyatlidir.
Ismoilbek Gaspralining yozishicha, amerikalik olim Draber “Ovrupaning
aqliy taraqqiyoti tarixi” nomli asarida Ovrupa qo‘lidagi bugungi mash'ala
musulmonlar yoqib ketgan shamlarning, chiroqlarning yog‘dusidan maydonga
kelganini aytgan. Shuning uchun Ovrupaga mahliyo bo‘lish, unga ergashish emas,
uning madaniyat niqobidagi harakatlariga xolis
baho berish Sharq uchun
muhimroqdir, degan g‘oya jadidlarni ko‘proq o‘ylantirgan. Ushbu g‘oya Fitrat
dramalarida ham obrazli tasvirlangani kuzatiladi. Dastlab Ovrupaga maftun bo‘lib
yurgan “Chin sevish” dramasi qahramoni Karimbaxshning fikri o‘zgaradi. U:
“Ovrupada bilim bor, lekin insof yo‘q. Ovrupaning bilimi qoplonning tishi, tirnog‘i
kabi bir narsadir. Kuchsizlarni yirtib, yemak to‘g‘risida ko‘p ish ko‘rmishdir...
Ovrupa ishlarini o‘rganmak albatta kerakdir. Ovrupada o‘qimoq, ovrupaliklarni
insofli, adolatli deb maqtamoq uchun emas, ulardan o‘zlarimizni saqlamoq, tishli-
tirnoqli bo‘lish uchun kerakdir”, degan to‘xtamga keladi. Tabiiyki, bu Fitrat
15
Исмоилбек Гаспринский. Ҳаёт ва мамот масаласи. Т.: “Маънавият”, 2006, 73-бет.
21
qarashlarining asosi, buyuk adib va mutafakkirning teran qiyosiy tahlil asosida
chiqargan xulosasi edi.
2.
Sharq madaniyati egalari yolg‘iz o‘zlarining emas, butun bashariyat
dunyosining tinchlik, taraqqiy va saodati uchun kurashdi.
Adib ta'biri bilan
aytganda: “Sharq hozirgi madaniy yirqichlar kabi o‘zidan bo‘lmagan millatlarni
hayvon sanamadi... Ovrupo jahongirlarining Sharq sari yurishlari boshqalarning
qonini to‘kub, o‘z qursoqlarini to‘ldurmoq, o‘zgalarning uyini yondurub, o‘z
qozonlarini qaynatmoq uchun edi”.
Adib bu fikriga asosli dalillar keltiradi. O‘sha kezda Angliyaning
Hindistondagi, Fransiyaning Tunis va Jazoirdagi bosqinchilik siyosati insoniylikka
zid ekani buning isboti ekanini ta'kidlaydi. Jumladan, Hindistonda bir ingliz itiga
tosh otib, olti oy zindonga buyurilgan yerli aholi ko‘p bo‘lgani
holda yuz
hindistonlikni o‘ldirub, qonun oldida mas'ul bo‘lgan bir ingliz topilmaydi. Har yili
Hindiston xalqining yuzdan uchtasi ochlikdan o‘lib ketadi, o‘zlarini insoniylik
timsoli atagan ingliz jahongirlari bunga kulibgina qaramoqdan boshqa ish ko‘ra
olmaydi. Fransiyaning eng yaqin bir qishlog‘ida solingan maktabning izi ham
Tunisning hatto eng katta bir shaharida topilmaydi. Fransiyaning eng ahmoq bir
bolasiga berilgan so‘z erki Jazoyirning eng ulug‘ bir faylasufiga ham ravo
ko‘rilmaydi. Fitratning obrazli ifodasicha, bosqinchilar Tunis va Jazoir xalqining
nomuslari bilan o‘ynab, jonlari bilan tijorat qiladi. Tunisning ekin yerlari
musulmonlardan
butun olinib, fransuz boylariga berilgan, yerli xalqning qo‘lida
ekin yeri sira qolmagan, barisini fransuz boylari aldab-suldab, qo‘rqutub, urib,
tortib olgan.
“Sharq” sarlavhali she'rida Fitrat ona Vatanning ta'sirchan umumlashma
obrazini tasvirlaydi. Shoir ta'rificha, yer yuzida timsoli yo‘q bu yurtning har yoni
jannat bog‘lari misol yashillikka burkangan. Gullari jon suvidan oziqlangan. Yam-
yashil kiyimli daraxtlari go‘yo Tangriga munojot aytadi. Tog‘lari bamisoli Haq
yo‘lida kurashish-chun yasov tortgan askarlar misoli o‘z haqini ko‘kdan ham
undirishni istagandek ko‘krak kerib yuksalgan. Biroq, afsuski, ana shu
jannatmonand o‘lka yo‘lsizcha talanmish. Sababi:
22
Madaniyat otli G‘arbli olbosti,
Boqing, muning ko‘kragidan o‘q bosdi.
Shoir ana shu misralar orqali ham madaniyat G‘arb uchun faqat niqob
ekanini, uning tagida vahshiylik yashiringanini tasvirlaydi. Ushbu she'rni
tahlil
qilar ekan, professor Begali Qosimov mana bunday yozadi: “Go‘yo shiddatli bir
dovul kelganu bundagi go‘zallikni barbod qilgan. Bu dovulning ismi –
“madaniyat”. Nega “madaniyat”? Madaniyat hayotning mazmunli bo‘lishiga
qaratilgan emasmi? Gap nomda emas, mohiyatda”
16
.
Ya'ni “madaniyat” atalgani bilan aslida uning ziddi edi.
Shoir madaniyat niqobini kiygan G‘arbli olbostining qilmishlarini izchil va
keskin fosh eta boradi. O‘t-olov ichra qolgan qishloqlar, xirmon bo‘lib yotgan
jonsiz gavdalar, qon to‘la ariqlar, talangan tinch aholi... Bundan ham dahshatlisi,
“To‘rt-besh yashar bir bolaning boshini keskir qilich bilan kesmishlar. Yig‘lab
turgan onasining bo‘yniga bir ip bilan osmishlar”... Yangi kelin bo‘lgan bir qizning
ko‘kragini eri bo‘lgan yigitning jonsiz tanasi uzra qo‘yib, nayza bilan teshmishlar.
Xotinlarning pardasi, bolalarning yuragi, qarilarning gavdasi yirtilgan, yorilgan,
ezilgan... Mana, “G‘arb madaniyati”ning avra-astari,
nomi bilan mohiyati bir-
biriga nechog‘lik zid ekani...
3.
Sharq taraqqiyotda Ovrupadan ortda qolgani rost. Lekin Ovrupaning
Sharqqa madaniyat berishi yolg‘on.
Fitrat
Dostları ilə paylaş: