Ассалому алайкум



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix16.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#181104
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
фитрат нозима bmisi (2)

Sharq madaniyatining so‘ngan shuhratini tiklash yo‘lidagi amaliy 
harakatlar.
1909-1913-yillarda Istanbulda o‘qigan Fitrat 1909-yil sentyabrida 
“Jamiyati ta'mimi maorifi Buxoro” (“Buxoro umumiy maorif jamiyati”) nomli 
xayriya jamiyatini tuzadi. Buxoro jadidlari ta'sis etgan “Tarbiyati atfol”ning 
xayriya sho‘basi sifatida faoliyat yuritgan bu jamiyat Turkiyada ta'lim olayotgan 
Turkiston yoshlarining moddiy sharoitlarini yaxshilash, ilm olishlariga 
ko‘maklashish maqsadlariga xizmat qilgan. Mutaxassislar ushbu jamiyat 
keyinchalik “Yosh buxorolilar” siyosiy partiyasining tashkil topishiga zamin 
tayyorlaganini aytadilar
18
. Ushbu tashkilot Buxoro amirligi faoliyatida muayyan 
islohotlar amalga oshirilishida muhim o‘rin tutgani ma'lum. Fitrat sarkotib bo‘lgan 
bu partiyaning maqsadi aniq edi: o‘lka hayotida jiddiy islohotlar o‘tkazish, Vatan 
ravnaqi, millatning dunyodagi mutaraqqiy xalqlar darajasiga yuksalmog‘i.
Fitrat 1917-yil 27-noyabrda e'lon qilingan Turkiston muxtoriyatini katta 
umid va ishonch bilan qarshiladi. Muxtoriyat e'lon qilingan 27-noyabr tunini 
“milliy laylatulqadrimiz”, deya olqishladi. Professor Begali Qosimovning 
yozishicha, yosh buxorolilar amirlikning hatto boshqaruv tizimini isloh etish, uni 
mashrutiyatga – konstitutsion ma'rifatli monarxiyaga aylantirish masalasini 
18
Болтабоев Ҳ. Фитрат ва жадидчилик. Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007, 6-бет.


25 
ko‘tarib chiqdilar. Bundan tashqari, “..vaqf yerlarini boshqarmoq uchun alohida 
vaqf nazorati tashkil etish, ularning ishini maorif va ilm-fanning ravnaqini 
ta'minlaydigan shaklda qayta tuzish” masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Fitrat 
rahbarligida tuzilgan islohotlar loyihasida qishloq va xalq xo‘jaligi masalalaridan 
maktab-maorifgacha, iqtisodiy muammolardan harbiy sohagacha, undan adliya 
ishlarigacha qamrab olingan edi. Oxir-oqibatda loyiha millatning, milliy 
madaniyatning yuksalishiga xizmat etishi zarur edi. Afsuski, Muxtoriyat qonga 
botirilgan 20-fevraldan keyin bu niyat amalga oshmay qoldi. 
Fitrat sharqona madaniyatni yuksaltirish muddaosidan chekinmadi. 1918-
1919-yillarda “Chig‘atoy gurungi” faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Tashkilot, professor 
Begali Qosimov ta'biri bilan aytganda, “Yo‘nalishiga ko‘ra islohotchilikni ko‘zda 
tutar edi. Fitrat madaniyatimiz taraqqiyotining bir ovozdan tan olingan eng yuksak 
cho‘qqisi Navoiy davrini ko‘p jihatan ibrat qilib oldi. “Jamiyat”ini ham hozirgi 
o‘zbek xalqining XV asrdagi nomi bilan atadi”. Tashkilot til va imlodan adabiyot 
masalalarigacha, tarixni o‘rganish va anglashdan maktab-maorif sohalarini isloh 
etishgacha bo‘lgan millat hayotida favqulodda muhim ahamiyatga ega muammolar 
bilan shug‘ullandi.
Fitratning bevosita tashabbusi va rahbarligida 1920-yil 9-aprelda “Tong” 
jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi. Nashr: “Yashasin, ilmiy, adabiy, ijtimoiy 
o‘zgarish! Miya o‘zgarmaguncha, boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas! Yashasin 
Sharq qutulishi!” so‘zlarini shior qilib oldi.
Jadidshunos Begali Qomisovning yozishicha, 1920-yili Buxoro xalq maorifi 
noziri sifatida ish boshlagan Fitrat Buxoro inqilobi tarixini yozish haqida nozirlik 
qarorini qabul qiladi. 1922-yili Jumhuriyat Markaziy ijroiya qo‘mitasi Buxoroda 
dorulfunun ochish haqidagi tarixiy qarorini e'lon qildi. Buxoro ilmiy jamiyati 
tuzilib, fan va madaniyat tarixiga oid nodir qo‘lyozmalar to‘plana boshladi. Qisqa 
muddatda “Buxoro arki tarixi” qo‘lyozmasi tayyorlandi. Fitrat va Fayzulla Xo‘jaev 
aqli va g‘ayrati tufayli Turkiya, Eron, Afg‘oniston bilan do‘stlik, hamkorlik 
munosabatlari yo‘lga qo‘yildi. Biroq bolsheviklar hukumatining tazyiqi bilan bu 
ishlar to‘xtatib qo‘yildi.


26 
1923-1924-yillarda Fitrat Moskvadagi Sharq tillari institutida ishladi, ilmiy 
faoliyat bilan shug‘ullandi. Sankt-Peterburg universiteti Sharq fakultetida sharq 
xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma'ruzalar o‘qidi, professor ilmiy unvoniga 
ega bo‘ldi. 
Fitrat “Eng eski turk adabiyoti namunalari”, “O‘zbek adabiyoti 
namunalari”ni chop ettirdi. “Sharq shaxmati”, “O‘zbek klassik musiqasi va uning 
tarixi” tadqiqotlarini yaratdi. Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Bedil, 
Turdi, Mashrab va boshqa ko‘plab ijodkorlar merosi haqidagi ilmiy ishlarini e'lon 
qildi. Mazkur tadqiqotlarning barchasi aniq bir maqsadga – adabiyotimiz, 
madaniyatimiz tarixini chuqur o‘rganishga, bu orqali millat yoshlarining qalbu 
shuurida buyuk Sharq madaniyatiga daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalashga 
yo‘naltirildi.
Ulug‘ yunon faylasufi Aflotun asarlari uslubida, ya'ni suhbat bahs tarzida 
yozilgan “Munozara”da, nafayqat ahli Buxoro, balki butun Turkiston yoki jumlai 
sharq o‘lkalaridagi ta'lim masalalalari borasida fikr yuritiladi. Qissa negizida asos 
qilib olingan ziddiyatlarning ildizi, faqatgina ta'lim tizimining arxaik usuli 
doirasida qolib ketmaydi, balki Buxoro ziyolilarining shunday jaholat botqog‘iga 
botib qolishiga va xalqining nochor va qashshoq turmush kechirishiga sabab 
bo‘lgan illatlar Farangi va Mudarris bahsi vositasida ochib berilgan. Muallif 
illatlarining zaminini oshkor etish orqali kalavaning uchini bevosita Buxorodagi 
amirlik tuzumi va Buxoro yurtini mustamlaka tuprog‘iga aylanishiga sababchi 
bo‘lgan Amir Olimxon va uning ayonlari hamda mamlakatda o‘z hukmini 
o‘znatgan rus ma'murlarining zulmi kabi masalalarga bog‘laydi. Shuning uchun 
ham asar uch tomonlama ham Buxoroning johil mullalari, ham amir va uning 
amaldorlari, ham Turkistondagi rus hokimlari va borinki, bevosita Peterburgdagi 
hukmron doiralarningaralashuvi vositasida qattiq qarshilikka uchragan. Asarda 
fosh qilinishicha, doimiy aholisining nufuzi o‘n million bo‘lgan Buxoro muzofoti 
Rossiya hujumlari tufayli atigi ikki million kishigagina esa bo‘lgan kichik bir 
hudud bo‘lib qolgan. Uning atigi yetmish ming nafari poytaxt hisoblangan Buxoro 
shahrida yashaydi. Fitrat o‘n turfa sinfga bo‘lingan, bu yetmish ming aholining 


27 
o‘ndan to‘qqiz qismi zaruriy xat savodga ega bo‘lmagan kishilar ekanini achinish 
hissi bilan bayon qilgan. Endigi muhim masala, o‘sha xat savodga ega bo‘lmagan 
aholini o‘qitish emas, balki ziyolilarningham bilim va saviyasi haminqadar ekanini 
ko‘rsatish orqali qadimdan “islom dinining quvvati”ga aylangan Buxoro va uning 
allomalari qadrini orttirish hamdir. Miqdor jihatdan olib qaraganda, atigi uch yarim 
ming kishini tashkil etadigan ziyolilar, asosan, madrasa mudarrislari va 
mullabachchalar qatlami ham shia va sunniy, jadid va qadim singari muxolifatlar 
asosida o‘zaro nifoqda bo‘lishgan. Fitratning talqinicha, ziddiyatning o‘zagi ta'lim 
tizimidagina emas, balki o‘sha ta'lim tizimini manfaat va iqtisod quroliga aylantirib 
olgan ziyolilarning sajiyasida. Musulmon o‘lkalarida, tabiiylik, ta'lim tizimining 
asosi Qur'on va uning tafsiri, Hadislar va mo‘minlarning Payg‘ambarimiz ahloqlar 
bilan ziynatlanishi kabi masalalarga qurilgan. Fitrat bu jihatni bir musulmon 
ziyolisi sifatida aslo inkor etmaydi, holbuki, ayrim sho‘ro va rus olimlari 
tomonidan asar shu ruhda ham talqin qilingan. Biroq o‘sha musulmon ta'limotining 
asosi sanalgan Qur'on va Hadis ilmining o‘qitilishi talab darajasida emasligi, atigi 
uch to‘rt yillik tahsili davomida o‘rganilishi zarur bo‘lgan bilimlar ortiqcha 
“musahrofot”lar evaziga, yigirma yilga qadar cho‘zilib ketdi, kishi umrining asosiy 
qismini band qilib qo‘yishi va bu kabi nodonlik bilan bog‘langan ayrim ziyolilar 
ahli Buxoroning ahvolidan mutlaq bexabarligi masalasidir.
Ma'lumki, barcha jamiyatlarda aholining asosiy fikr qatlamini ziyolilar 
tashkil etib kelgan. Asr boshlariga kelib o‘zaro nizo va bilimsizlik, musulmon 
ahloqiga to‘g‘ri kelmaydigan badxulqlilar bilan shug‘illanish natijasida 
umumjahon taraqqiyotidan ancha ortda qolib ketgan ziyolilarning holati asarda real 
ko‘rsatib berilganki, bundan murod jamiyat o‘zining ahvolini xuddi oynadagi kabi 
ko‘rsin, o‘zining kamchil va ustun jihatlarini anglasin hamda Buxoro muzofotida 
ham ziyolilar yetakchiligini o‘z qo‘llariga olsin, degan mantiq singdirilgan. 
Masalaning muhim jihati muallifga tinchlik bermaganini qissaning har bir 
voqyeasidan, syujet chizig‘iyu kompozitsion qurilishidan aniq ilg‘ash mumkin. 
Asarning “Munozara” deb olinishi va ko‘hna suhbat usulini tayin qilinishi ham 
bevosita muallif niyatlarining amalga oshishi uchun bajarilgan vazifaday tuyuladi. 


28 
Qolaversa, bunday usul nafaqat qadimiy, balki ikki asr bo‘sag‘asidagi murakkab 
ijodiy voqyealar silsilasini anglatish uchun zamonaviy uslub darajasiga ko‘tarilgan 
ediki, buning tasdig‘ini g‘arb adabiyotida ham, musulmon sharq allomalarining 
asarlarida ham uchratamiz. 
“Munozara” faqatgina jadidchilik qarashlari ifodachisigina bo‘lib qolmay, 
balki, bir tomondan, muallifning “Rahbari najot” (1913), “Mavludu sharif yoki 
xayrul bashar” (1914), “Muhtasari tarixi islom” (1915), “Oyila” (1916) kabi 
asarlaridagi diniy falsafiy fikrlarning ibtidosi bilan bog‘lansa, ikkinchi tomondan, 
ijodkorning ayni o‘sha davrda yaratilgan “Hind sayyohi bayonoti” asarida bayon 
qilingan o‘z yurtini mustaqil, ozod va obod ko‘rmoq istagi bilan yo‘g‘riladiki, bu 
murakkab asarni tushunishda, tabiiylik, Fitratning boshqa publitsistik va badiiy 
asarlarini ham nazardan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Istambulda yozilgan 
“Buxoro vaziri Parvonachi Nasrullohbek hazratina ochiq maktub”da keyinroq chop 
etilgan “Johilona taassubg‘a misol” kabi maqolalarida bu kabi kayfiyatlar juda aniq 
ochib berilgan. Shuningdek, Fitratning mazkur qissa doirasida zuhur bo‘lgan 
qarashlarini anglashda uning “Sharq siyosati”, “Yig‘la, Islom” singari publitsistik 
risolalari ham ko‘mak berishi shubhasiz. Xullas, kim qanday talqin qilishidan 
qat'iy nazar, asarning umumiy ruhi, unda aks etgan masalalar qamrovi va mushkul 
muammolarni tushunishda, sho‘ro davrida urf bo‘lgan turli “izm”lar o‘rtasidagi 
sarson ta'limotlarga emas, balki Fitratning o‘z asarlariga tayanilgandagina kutilgan 
maqsadga erishish mumkin.
Abdurauf Fitratning “Munozara” asari va Ismoilbek Gasprinskiyning 
“Rusiya musulmonligi” (1881) asarlarida ma'lum bir o‘xshashliklar bor. “Rusiya 
musulmonligi” asarini mustamlakachilik zulmi ostida ezilayotgan xalqning ingroq 
tovushi va bu holdan qutulish uchun Rossiya hukumatiga qo‘yilgan aybnoma ham 
talabnoma sifatida qabul qilish mumkin. Buyuk ma'rifatchining safdoshlaridan biri 
O.Akchukrakli “Rusiya musulmonligi” risolasini “Chor hukumati yostig‘i ostiga 
qo‘yilgan bomba bo‘ldi va uzoq vaqtga qadar uning uxlashiga yo‘l qo‘ymadi”, deb 
yozgan edi. Professor Hamidulla Boltaboevning ma'lumoticha: “Bu asarning 
mohiyati va taqdiri ma'lum ma'noda Fitratning “Munozara”si qismatini esga soladi. 


29 
Darvoqye, “Munozara” haqida Sadriddin Ayniy “Bu kichik risola elektr tezligida 
tarqaldi va Rus hukumatini qo‘rqitib yubordi, amir va rus oxrankasi nafaqat 
“Munozara”ni, balki uni o‘qigan kishilarni ham ta'qib qila boshladi”, deb yozgan 
edi
19

Har ikki asar ham g‘ayri tilda, rus va fors tillarida bitildi. Mualliflar bunday 
yo‘l tutishlarining sabablari bor: turk ziyolisining ovozi rus tilidagina Chor 
hukumatiga yetib borishini nazarda tutib, Gasprinsiy shu yo‘lni tanlagan bo‘lsa, 
Fitrat yashagan Buxoro amirligida davlat ishlari asosan fors tilida yuritilgan va 
amir Olimxonning farmoni oliylari ham ana shu tilda tarqatilganligi sababli edi. 
Har ikki muallifning bunday ixtiyoriy tarzdagi g‘ayri tiliga munosabati asarning 
nafaqat turk tilli kitobxonlarga, balki o‘sha asar qaratilgan mas'ul shaxslarga yetib 
borishi mo‘ljallanganligidandir. Ushbu risola Chor hukumatiga aynan rus tilida 
“Rusiya musulmonlarining ahvolini yaxshilang!” degan talbni qo‘ydi va bu talab 
bajarilmasligini tushungan alloma keyinroq Rossiya hududidagi turk va islomiy 
xalqlarning “Til, dil va ish birligi” uchun kurashga chaqirgan. 
“Munozara”ning xotimasida Fitrat Buxoro amiriga murojaat qilib, uni 
jaholat yo‘lidan qaytarmoqchi bo‘ldi va buning amalga oshishi ilojsizligini bilib, 
o‘sha asarning o‘zidayoq “najib millatdoshlariga murojaat qilib, najot yo‘li ma'rifat 
mash'ali ostida yo‘l tutishlik”ni uqtirdi. Bular, albatta, har ikki asarning zohiriy 
o‘xshashliklari. Botiniy jihatdan ham o‘zaro maslakdosh bo‘lgan bu asarlar 
jadidchilikning ma'rifiy dasturi sifatida elga yetib bordi va yangi ta'lim tizimining 
joriylanishiga nazariy asos bo‘ldi. “Rusiya musulmonligi”dagi turkiy va millat 
oldiga “Hunar, san'at, fan va texnikaning barcha turlarini egallashga kirishaylik!” 
deb qo‘yilgan talab “Munozara”da “Bas, bu qadar tanballik, bexabarlik va 
johillikda o‘tirganimiz. Bu dini mubinimizning nobud bo‘lishi muqaddas 
Vatanimizning poymol etilishini barkamoli sharafliq bilan qabul qilganimizni na 
shariat, na urf
-
odat qabul qila olmaydi. Balki olam oqillari, jahon hamiyatmandlari 
bizni la'nat qilib, insoniyat yo‘lidan chetda hisoblamoqdalar... Agar dinga, vatanga, 
molga, jonga, avlodga muhabbatingiz bo‘lsa, aziz dinning xalos bo‘lishi, 
19
Болтабоев Ҳ. Фитрат ва жадидчилик. - Т.: “Ўзбекистон Миллий кутубхонаси”, 2007, 115-бет.


30 
shariatning rivoji, vatan obodligi, avlodning tinchligi, yaxshi nom qoldirishning 
chorasini xohlasangiz, sizning ilojingiz avvalo kasbi maorifdir...”, deya aks sado 
berdi. “So‘nggi yillarda – deb yozgan edi Ismoilbek Gasprinskiy “Rusiya 
musulmonligi” asarida – Rusiyaning Sharqdagi buyuk madaniylashtiruvchilik 
xizmati haqida tez-tez o‘qishga va eshitishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu xizmat nimada 
namoyon bo‘lmoqda? Nahotki, uning ma'nosi qozini uezd boshlig‘iga, beklikni 
oblast va gubernyaga, ushrni tan solig‘iyu yana boshqa “ber-ber”larga, ipak to‘nu 
beshmetni dvoryanlik zar yoqasiga almashtirib qo‘yishdan iborat bo‘lsa, bundan 
boshqa qilinadigan ish qolmadimi?” 
Fitratning “Munozara”sida esa bunga uyg‘un quyidagi so‘zlarni o‘qiymiz: 
“Bu razillar yaqin zamonlarda bizdan dinimizni tark qilishmizni talab qilarlar: 
imomimizni po‘pga, azonimizni qo‘ng‘iroqqa, masjidimizni cherkovga 
almashtirmoqdan o‘zga chora qolmas...”. Yuqoridagi ko‘chirmalardan seziladiki, 
Ismoilbek Gasprinskiy tashqi shakl o‘zgarishi bilan madaniyatga erishib 
bo‘lmasligini uqdirayotgan bo‘lsa, Fitrat asarida ruslashtirilish xavfi Buxoro uchun 
ham ko‘ndalang bo‘lib turgan bir paytda, millatni hushyorlikka chaqirib, 
madaniyat degan “olbosti”ning turli shakl-shamoyillariga aldanmaslikni o‘z 
yurtdoshlaridan talab qilmoqda. 
Buyuk ma'rifatparvar Abdurauf Fitratning ijodiy-ilmiy ishlari ham, amaliy 
faoliyati ham mustahkam taraqqiyot ildizlariga ega bo‘lsa-da, sharoit taqozosi 
bilan tanazzulga yuz tutgan, natijada G‘arbdan ortda qolishga mahkum etilgan 
qadim Sharq madaniyatini yangi zamon sharoitida yanada yuksak darajaga 
ko‘tarish, bu orqali Vatan va millat taraqqiysini ta'minlash maqsadlariga xizmat 
qildi. Ulug‘ mutafakkirning bu boradagi qizg‘in faoliyatini yanada kengroq 
miqyoslarda o‘rganish, zarur saboqlar olish bugungi davr uchun ham beqiyos 
ahamiyatga ega.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin