7
I BOB. FITRAT SHE'RIYATIDA VA PUBLISISTIK ASARLARIDA
SHARQ VA G‘ARB MADANIYATIGA DOIR QARASHLARI
IFODASI
1.1.
She'riyatda ikki madaniyat talqini
Fitrat she'riyatida ona Vatanining istibdod iskanjasida qolganidan kuyinish,
uning ertangi kuni uchun qayg‘urish, iztirob ohanglari yetakchilik qiladi. Bu
jihatdan Fitrat an'anaviy she'riyatni yangi mazmun bilan boyitganini ta'kidlash
kerak. Fitratshunos professor Hamidulla Boltaboevning yozishicha: “Fitrat
she'riyati, ayniqsa, uning lirikasi (shoirning o‘z tilida aytganda, “rubobiy she'rlari”)
nafis va buyuk Sharq she'riyatining bor go‘zalliklaridan to‘yingan, uni o‘ziga xos
suratda ichdan yangilashga kamarbasta she'rardan
tarkib topganini sezmaslik
mumkin emas”
7
.
Shoirning «Yurt qayg‘usi» sarlavhali turkum she'rlari to‘rt parcha bo‘lib,
uchtasi, muallif aytmoqchi, mansuralar, bittasi qofiya va vazni joyida bo‘lgan
rasmana she'r. Professor Begali Qosimovning yozishicha: “Bunday
tajriba
adabiyotimizda ilk bor Hamza tomonidan amalga oshirilgani ma'lum. Masalan, u
“Sadoyi Turkiston”gazetasining 1914-yil 18-iyul sonida bosilgan bir she'riga
“She'ri mansur” (nasriy she'r) ot qo‘ygan edi. Ikkitasi Fevral, ikkitasi Oktyabrdan
keyingi davrga to‘g‘ri keladi”
8
.
She'rlar ruknining sarlavhasidan ko‘rinib turganidek, yurt –
Vatan
qayg‘usiga bag‘ishlangan. Juda og‘ir va murakkab bir davr, inqiloblar zamoni edi.
Chor hukumati quladi. Ayrim millatlar darhol istiqlol rejalarini ko‘ra boshladilar.
Turkistonning taqdiri qanday bo‘ladi? Ayniqsa, so‘nggi asrlarda zalolatga botgan,
dunyodan uzilib, fisqu fujurga ko‘milgan, o‘z qiyofasini yo‘qota boshlab, o‘zga
millat mustamlakasiga aylangan Turkistonning ahvoli og‘ir edi.
Adibni qiynayotgan, iztirobga solgan dard shu – «Ulug‘ Turon»ning zabun
holi edi.
Ey, ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi!
7
Болтабоев Ҳ. Фитрат ва жадидчилик. - Т.: “Ўзбекистон Миллий кутубхонаси”, 2007, 72-бет
8
Бу ҳақда қаранг: Бегали Қосимов. Излай-излай топганим. Т.: Адабиёт
ва санъат, 1983, 166-169-бетлар.
8
Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding! –
deb boshlanar edi uning she'rlaridan biri.
Shoir Vatanining “yuksak o‘rinlar”dan “qullik chuqurlari”ga tushish
sabablarini so‘raydi. “Dunyoni «urho»lari bilan titratgan yo‘lbars yurakli
bolalari»ni, “yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturg‘on tog‘ gavdali o‘g‘lonlari”ni
qo‘msaydi. Uning bu holi bilan kelisha olmaydi.
Tomirlarida Temur qoni
oqayotgan millatdoshlarini nomus va sha'n himoyasiga chorlaydi.
Vatan va ona timsollari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ma'lum.
Ona Vatan deyilishi bejiz emas. O‘zbek xalqi Vatan deganda onani, ona deganda
Vatanni anglaydi. Bu tushunchalarning har birini muqaddas deb biladi. Fitratning
“Bir o‘zbek yigitining tilidan” mansurasida Vatan bosh-oyog‘i yalang, tanasida
adadsiz
qamchi izlari, ko‘ksidagi yaralaridan qon tomayotgan holsiz, darmonsiz
ayol sifatida ifodalangani sababi ham shunda. Bu timsol, bu xayol “o‘zbek yigiti”ni
tushida ham, o‘ngida ham ta'qib qiladi. O‘zbek yigiti “g‘amli ona” – “muqaddas
Turon” xayoli bilan muloqotga kirishadi. Undan ayrilmoqni o‘zi uchun o‘lim,
uning uchun o‘lmoqni esa haqiqiy tiriklik hisoblaydi. Uni qutqarmoqqa ont ichadi.
She'r shunday so‘zlar bilan yakunladi:
Dostları ilə paylaş: