4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Sharq va G‘arb madaniyatining bir-biriga
munosabati masalasi keyingi davrlarda, ayniqsa, dolzarb muammolardan bo‘lib
kelmoqda. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari bu masalaga alohida diqqat
qaratganlar. Bu masala jadidchilik harakatining yetakchilaridan bo‘lgan Ismoilbek
Gasprinskiy ijodida aohida o‘rin tutadi. U o‘zining “Madaniyati islomiya”,
“Ovrupa madaniyatiga bir nazari muvozana” singari asarlarida Ovrupa, ya'ni G‘arb
madaniyati mohiyatan targ‘ib-tashviqdan boshqa narsa emasligini, uning
mustahkam asosga ega bo‘la olmaganini hayotiy misollar tahlili orqali isbotlab
bergan edi. Bunday qarashlar Turkiston va Buxoro jadidlari asarlarida ham muhim
o‘rin tutadi. Fitrat asarlari buning yorqin dalilidir.
Abdurauf Fitrat “Sharq siyosati”, “Munozara” kabi o‘sha davr voqeyligi
haqqoniy yoritilgan, boshdan-oxir jadidchilik g‘oyalari asosida ijod etilgan
publitsistik asarlarida Sharq va G‘arb madaniyati o‘rtasidagi munosabatlar tahliliga
alohida e'tibor beradi. Biroq ushbu asarlar ayni shu mavzu yuzasidan o‘rganilgan
emas. Adib “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari” singari dramatik asarlarida ham bu
masalaning mohiyatini o‘ziga xos tarzda badiiy talqin etadi. Bu borada Fitrat
masalaning asl ildizlariga e'tibor qaratganini alohida ta'kidlash kerak. Bugungi
globallashuv va sivilizatsiyalar integratsiyasi kuchaygan bir davrda jadid
mutafakkirlari, jumladan Abdurauf Fitratning Sharq va G‘arb madaniyati talqiniga
bag‘ishlangan asarlarini o‘rganish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlar
nuqtai nazaridan baho berish, bu asarlardagi hayotbaxsh g‘oyalarni o‘sib
kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko‘ra, Fitrat “Sharq siyosati”, “Munozara” kabi publitsistik va “Chin
sevish”, “Hind ixtilolchilari” singari dramatik asarlarida Sharq va G‘arb
madaniyati talqini masalasi alohida o‘rganilgani ushbu bitiruv malakaviy ishi
mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: