5
Begali Qosimovning “Maslakdoshlar”, “Milliy uyg‘onish: ma'rifat, jasorat,
fidoyilik”
1
kabi tadqiqotlarida va olim rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan
yaratilgan “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” darsligi
2
da
Fitratning ilmiy
biografiyasi, ijodiy-ilmiy merosi, asarlarining jadid adabiyotida tutgan o‘rni kabi
muhim masalalar tadqiq qilingan. Fitrat biografiyasi va ijodiy faoliyatiga oid juda
ko‘p yangi ma'lumotlar aniqlanib, tahlil etilgan.
Hamidulla Boltaboevning “Fitrat va jadidchilik”
monografiyasi
3
da buyuk
adibning jadidchilik harakatidagi faol ishtiroki, madaniy-ma'rifiy
va matbuot
sohasida olib borgan ishlari o‘rganilgan. Uzoq Jo‘raqulovning “Fitratning
tadqiqotchilik mahorati”, “Hududsiz jilva”, “Nazariy poetika masalalari”
4
singari
kitoblarida Fitratning adabiy-tanqidiy asarlari tahlilga tortilgan, uning ushbu
yo‘nalishdagi asarlari sohaning keyingi rivoji uchun ham asos vazifasini bajargani
isbot etilgan.
Professorlar Naim Karimov
5
, Ilhom G‘aniev
6
ilmiy asarlarida ham
Fitratning o‘zbek jadid adabiyoti rivojida tutgan o‘rni, adib dramalari poetikasi va
adabiy merosining boshqa qirralarini o‘rganishga alohida e'tibor berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
Jadid adabiyotining yirik
namoyandasi Abdurauf Fitrat asarlarida Sharq va G‘arb
madaniyatiga oid
qarashlarning yoritilishi masalasini qiyosiy aspektda o‘rganish bitiruv malakaviy
ishining asosiy maqsadidir.
Ishning vazifalari
quyidagilardan iborat:
-
ijodkor adabiy-publitsistik merosi misolida Sharq madaniyatining
ildizlariga doir qarashlarni o‘rganish;
-
Fitrat asarlaridagi Sharq va yevropa madaniyatiga
doir fikrlarni qiyosiy
tahlil etish;
1
Қосимов Б. Маслакдошлар. - Т.: “Шарқ”, 1994; Ўша муаллиф. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат,
фидойилик. – Т.: “Маънавият”, 2002.
2
Қосимов Б., Юсупов Ш., Долимов У. ва б. Миллий уйғониш даври ўзбек адабиёти. . – Т.: “Маънавият”,
2004.
3
Болтабоев Ҳ. Фитрат ва жадидчилик. Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007.
4
Жўрақулов У. Фитратнинг тадқиқотчилик маҳорати. -Т.: “Университет”, 2000; Ўша муаллиф. Ҳудудсиз
жилва. - Т.: “Фан”, 2006; Ўша муаллиф. Назарий поэтика масалалари. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ,
2015.
5
Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. - Т.: “Ўзбекистон”, 2008; ўша муаллиф. Т.: “Мумтоз сўз”, 2013.
6
Ғаниев И. Фитрат драмалари поэтикаси. - Т.: “Фан”, 2005
6
-
“Munozara” asaridagi ikki madaniyat, taraqqiyot va inqirozga oid adib
fikrlarini qiyosiy o‘rganish;
-
“Sharq siyosati” asarini mavzu yuzasidan o‘rganib,
adib qarashlarining
ahamiyatini yoritish;
-
shoir qarashlarining yosh avlodni milliy ma'rifat ruhida tarbiyalashda
tutgan o‘rnini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: