5-Bo’lim. Astrofizik tadqiqot metodlari (2 soat) O’quv axborot mazmuni:Osmonni elektromagnit nurlanishlarda kuzatish-keng talqinli astronomiyaning asosidir. Optik va radioleskoplar, ularning xarakteristik kattaliklari. Yer atmosferasining turli nurlanishlar uchun “tiniqlik” darajasi. Yer atmosferasidan tashqi astronomiya. Osmon jismlarining fizik tabiatlari va harakat tezliklarini ularning spektrlariga ko’ra aniqlash metodlari.
Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar xamda foydalaniladigan jihozlar 1. Elektromagnit nurlanishlarning to’lqin shkalasi.
2. Optik va radioteleskoplar(maktab optik teleskoplari, yirik teleskoplar - fotorasmlarda)
3. Тeleskoplarda nurning yo’li (sxema)
4. Spektroskop va spektrograflarning ishlash prino’ipini o’zida aks qilgan sxemalar.
5. Ulug’bek rasadxonasi qoldiqlari (fotografiya)
6. O’zbekiston Respublikasi FA Astronomiya instituti va filiallarining teleskoplari va spektral qurilmalari (fotografiyalar)
7. Kodoskop.
Тavsiya etiladigan adabiyotlar. 1. M.M.Mamadazimov Astronomiya,Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari uchun darslik, Т.: «O’qituvchi » 2003 yil 91-97 betlar.
2. Mursalimova G., Raximov A. Umumiy astronomiya kursi. Т.: O’qituvchi, 1976 78-85betlar.
3. Nuritdinov S. N. Somon yuli .Т.: Fan 1989 100-108 betlar.
O’quvchilar erishishi kerak bo’lgan bilim va malakalar O’quvchilar quyidagilarni bilishi zarur:
teleskoplarning vazifasi va ishlash prinsipi;
keng to’lqinli zamonaviy astronomiya (zamonaviy metodlar) haqida;
yerdan tashqi astronomiyaning imkoniyatlari;
osmon jismlarini o’rganishda spektral analiz.
O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan malakalar: – teleskopni parallaktik qurilma bo’yicha(o’zaro prependikulyar o’qlaridan birini Olam o’qi bo’ylab yo’lantirilgan holda) o’rnatish;
– teleskopni o’rganuvchi obhektga yo’naltirish;
– maktab teleskopi va dala durbinining kattalashtirishini hisoblash.