2.2. Ibroyim Yusupov va Xurshid Davron lirikasini solishtirish Shoirning “Xorazmga” she’rida yurtga muhabbat oʻzgacha ohangda kuylanadi. Tomirimizda qarindoshlik bor qotishgan,
Ota-bobo bir non topsa, birga boʻlib totishgan,
Xalqimiz bor bir daryoning ikki boʻyida turib
Assalomu alaykum deb nosvoy soʻrab otishgan…
Qoraqalpoq va Xorazm elining qondosh - qarindoshligi kuylangan she’rda. Bir dayrodan suv ichib, ahil bulib yashab kelganiga ishora qiladi. Bir dayroning boʻyida assalomu alaykum deb nosvoy soʻrab otishgan ikki doʻst el ta’riflanadi.She’rda doʻstlik ahillik, qon qarindoshlik tuygʻulari sodda va samimiy tilda kuylangan.
O‘zbekiston respublikasida 1989-yil 21-oktabrda " O‘zbek tili- davlat tili to‘gʻrisida" gi qonun qabul qilingach, O‘zbekiston respublikasi tarkibiga kiruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham 1989-yil
1-dekabrda" Qoraqalpoq tili-davlat tili to‘gʻrisida " gi qonun qabul qilindi.Shu sababli Qoraqalpogʻiston respublikasi hudududa yashovchi ta'lim qoraqalpoq tilida olib borilmaydigan maktablarda qoraqalpoq tili ( davlat tili) sifatida o‘rganila boshladi. Natijada, ta'lim olayotgan o‘quvchilar o‘z ona tili va adabiyotini o‘rganish bilan cheklanib qolmasdan qardosh qoraqalpoq tili va adabiyotini ham o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Dars jarayonida qoraqalpoq tilini o‘rganish orqali shu tilde sermahsul ijod qilib kelayotgan mumtoz adabiyot vakillari, zamonaviy ijodkorlar asarlarini qiziqish bilan o‘rganib kelmoqdalar. Jumladan , qoraqalpoq adabiyotining serqirra ijodkorlaridan biri sanalgan Ibroyim Yusupov she'riyati o‘quvchilarda katta qiziqish uygʻotmoqda.Chunku, shoir she'rlari qoraqalpoq adabiyotining gultoji desak mubolagʻa bo‘lmaydi.Har bir sinfda uning qalamiga mansub bo‘lgan she'rlari o‘qitilib, chuqur tahlil qilib boriladi.Shu sababli ,shoir she'rlarini teranroq tahlil qilib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning dastlabki o‘n yilligida qoraqalpoq adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan ,qoraqalpoq milliy adabiyotining faxri bo‘lgan sevimli shoirimizning O‘zbekiston Qahramoni ,Ozbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibrayim Yusupovning har bir she'rini yurakdan sevmagan qoraqalpogʻistonlikni topish qiyin.
Chunki, shoir adabiyot maydoniga kirib kelgan dastlabki kunlardan boshlab, qoraqalpoq adabiyotining sofligi, tabiiyligi va badiiyligini oshirish uchun tinmay mehnat qildi. O‘z asarlarining serqirra ,badiiy jihatdan mukammal bo‘lib yaratilishi uchun tinmay izlandi, o‘z ustida ish olib bordi. Mumtoz adabiyot vakillari ijodini mukammal o‘rgandi. Jumladan,o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotining yirik vakillari bo‘lgan Alisher Navoiy, Kunxo‘ja, Ajiniyoz va Berdah asarlarini mutolaa qildi.Ularni o‘ziga gʻoyibona ustoz deb bildi.Tinmay izlanishlar, o‘z ustida olib borilgan mashaqqatli mehnatlar besamar ketmadi. XX asr qoraqalpoq adabiyotining eng ko‘zga ko‘ringan so‘z zargarlaridan biri bo‘ldi.Qoraqalpoq she'riyatini misli ko‘rilmagan darajada buyuk cho‘qqiga olib chiqqan haqiqiy xalq shoiri bo‘lib yetishdi. Uning ijodi kundan kunga rivojlanib shoirni "So‘nmas she'riyat yulduzi "ga aylantira oldi.Ibroyim Yusupovni she'riyat yulduzi qila olgan she'rlari tahlili bilan tanishib,uning ijodiga bir nazar tashlash mumkin.
Shoirning " Ona" she'rida onaning o‘z farzandi uchun jonkuyarligi, onaning sabr-toqat timsoli ekanligi, onani mevali daraxtga qiyoslaydi,o‘zining olgan har bir nafasi uchun onasidan minnatdorligini badiiy ifodalab bergan.
"Ona tilimga" she'rida esa o‘z ona tili bo‘lgan qoraqalpoq tili, uning kelib chiqishi,takrorlanmas jozibasi haqida tasvirlab, o‘z tiliga bo‘lgan mehr- muhabbatini ifodalab, o‘z she'rida qoraqalpoq tilida yaratilgan maqollarning qanchalik serma'noligini, bebaholigini o‘z ona tilining nondek aziz ekanligini , har bir insonning tilga bo‘lgan muhabbati ona suti bilan qoniga singishini ajoyib misralar orqali ona tilining ahamiyatini tushuntira olgan.
"Yaxshi odamlar " she'rida hayotdagi yaxshi odamlar inson qalbiga qanchalik halovat baxsh etishini, ular bilan uchrashgan kuning ko‘nglingning togʻdek ko‘tarilishi, orom olishi ,ishlarning osonlik bilan amalga oshishi, insonga gʻam-qaygʻu keltirayotgan qiyinchiliklarning tez unutilishini mohirlik bilan badiiy ifodalab bera olgan.
"Tugʻishganlik" she'rida o‘zbek, qoraqalpoq , qozoq va turkman xalqi bir-biri bilan o‘zaro qarindosh ekanligi,ularning hamjihatlikda bo‘lshi,chunki tili, dini, urf-odatlarining
bir-biriga yaqin, ularning bogʻliqlik jihatlari ko‘p ekanligini badiiy bo‘yoqlarda tasvirlay olgan.
Shoirning "Bir odamni bir odam " she'rida insonlar orasidagi totuvlik, hamjihatlik,o‘zaro mehr- oqibat tuygʻularini ,insoniy fazilatlarni quyidagicha tasvirlagan:
Nafsin tiyib non berar,
Tomiridan qon berar,
Keragida jon berar,
Bir odamga bir odam.
Darhaqiqat, shoir ushbu she'ri orqali insonlarni hayotda doimo mehr-oqibatli,do‘st va ahil bo‘lishga chorlaydi. Shoir qalamiga mansub bo‘lgan serma'no, takrorlanmas she'rlaridan bo‘lgan "Gʻazal mulkining sultoni " bo‘lmish Alisher Navoiyga bagʻishlab yozgan "Navoiyga" she'ridir.* She'rda Alisher Navoiyning serqirra ijodkorligi,necha asrlardan buyon ijodining o‘rganilishi va o‘rganilgan sari u qoldirgan boy merosining yanada sayqallanishi teran ifodalangan. Go‘yoki Navoiy siymosi qorongʻulikni yorituvchi shamchiroqqa qiyoslanadi.Navoiyni o‘ziga ustoz deb bilib , quyidagi misralari orqali uning ijodiga yanada yuqori baho beradi:
Sahro gullarini sochay ustinnga,
Navoiyni sevgan qoraqalpoq bo‘lib,
Ibroyim der, Buyuk ruhing oldida,
Bosh egay shogirding Berdah bo‘lib.
She'rida Navoiy ijodining boy xazina ekanligini, uning ijodi faqat o‘z davridagina emas, balki so‘nggi besh asr davomida ham turkiy xalqlar uchun qimmatli manba bo‘lganligiga alohida ahamiyat bergan.O‘zbek va qoraqalpoq xalqining ardoqli shoiri IbroyimYusupovning o‘z xalqi uchun ishlagan fidokorona xizmati, yurtining faxri va quvonchi bo‘lgan she'riyati , pok insoniylik timsoli xalqi qalbida mangu saqlanadi. Uning asarlari barcha davrda ham insoniylik fazilatlarning ko‘rinishi, fidoiy mehnatining quvvati bo‘lib yashayveradi.Chunki,uning she'rlari o‘quvchilarga ta'lim -tarbiya berishda ahamiyatli manba bo‘la oladi.
Ikki xalqning yuragidan joy olgan, o‘zbek-u qoraqalpoqni bir yongʻoqning ikki magʻzidek yaxlit bilgan shoir Ibroyim Yusupov chin ma’noda yurt muhabbati bilan ijod qilgan shoirdir. Uning “Cho‘l to‘rgʻayi” to‘plamini varaqlar ekanman, Bunga yana bir bora amin bo‘laman. Shoir “Vatan “she’rida uning bolaligidagi Vatan haqidagi tasavvurlaridan tortib vatanning neligini anglatgan barcha suvratlarni, hayot lavhalarini bir - bir eslaydi: Sen avval chayqalgansan tollar shohida, Men o‘rmalab chiqib uning bolin so‘rganman. Tol po‘stidan sunray yasab chalgan chogʻimda Sodda sasda yuragimni ochib bergansan. Ya’ni shoir vatan suvratini avval tollar shohida ko‘rdim, bu tollardan bolini so‘rganman, deydi, so‘ngra tol po‘stida surnay yasab chaldim, undan chiqqan sado shunday edi :Sening bitta butogʻingman, yasholmam sensiz” sekin shoir xayollariga ergashib qurquloq degan qushni va uning iniga hayrat bilan boqqan onasini eslaydi. Va anglaydiki, u onasining nigohida Vatanni ko‘rgan ekan. Lirik qahramon, o‘z vatani haqida o‘ylaganida, yogʻichqazorlardagi mitti sariq gullarni, qo‘zichoqday o‘ynab yurgan adirlarni eslaydi. Gohida uning xayolida vatani qadrdon maktabi bo‘lib ko‘rinadi.ehhe shoir vatanni ko‘p narsalarda ko‘radi, bodroq bodroq paxtalarda, qo‘shni qizning kudirguchida, podachi chol nigohida ko‘radi. Shoirning o‘zi ham “ men qanday suvratda ko‘rmadi seni ?” deya hayratlanadi: Men qanday suvratlarda ko‘rmadim seni? Turnlarday kuzda uchdik ko‘kda tizilib Goh qirgʻovul bo‘lib qancha chaqirding meni Goh chaqirding yaylovlarda yilqichi bo‘lib. Va u vatanni qanday qiyofada ko‘rsa-da, uning ulugʻligini unutmaydi, uni boricha hamma -hamma xotiralari bilan sevadi.bu she’r vatanning turli qirralarini ko‘rish va uni boricha butunicha sevish haqidadir. Ibroyim Yusuf she’rlarida oddiy detaldan ham ulkan falsafa kash etilganini ko‘rasiz. Uning “Cho‘girma” she’ri ana shunday mahorat natijasi. Yangicha turmushni kechirayotgan inson sifatida milliy libos, qadimiy bosh kiyim cho‘girma haqida she’r bitar ekan, I .Yusupov, bu cho‘girmaning qancha dovonlardan oshganini, ushbu milliy kiyimning tarixini eslab o‘tadi.quarsh qalpoq kabi nomlar bilan atalganini ta’kidlaydi:Avval paydo bo‘lding kimning boshida, Orol bo‘yio yo dnepr qoshida? O‘n asrli rus solnomasida Quvondim nomingni o‘qib cho‘girma. Ko‘rinadiki, avval orol bo‘yi yoki Dnepr yaqinida yashagan xalqlar kiyganligini, hatto rus solnomasida uning nomini o‘qigach xursand bo‘lganini aytadi.Shoir cho‘girmaga qarata bobolarim boshida olamni ko‘rgansan, u bilan olam kezgansan deydi. Janglarda Ernazar kabi bobolar jangda halok bo‘lganda sen qonga botgan eding, deydi. Cho‘girmaga ta’rif berish bahonasida shoir qoraqalpoq xalqini ne ne suronli zamonlarni ko‘rganini boshiga ko‘p ga’vgʻolar tushganini eslaydi. Uni boshdagi ko‘rinishini tomga qo‘nib turgan kurka tovuqqa o‘xshatadi. She’rning so‘nggi bandalarida shoir sal zamonasozlik qilgan o‘rinlari ham bor.Lekin ushbu she’r bir bosh kiyimi emas butun bir xalq hayoti va uning madaniyati haqidadir.
Hayot daraxtini, yoshi ulugʻinsonlarni qadrlash ardoqlash asrash haqida gap ketadi. Shoirning “Xorazmga” she’rida yurtga muhabbat o‘zgacha ohangda kuylanadi. Tomirimizda qarindoshlik bor qotishgan, Ota-bobo bir non topsa, birga bo‘lib totishgan, Xalqimiz bor bir daryoning ikki bo‘yida turib Assalomu alaykum deb nosvoy so‘rab otishgan… Qoraqalpoq va Xorazm elining qondosh - qarindoshligi kuylangan she’rda. Bir dayrodan suv ichib, ahil bulib yashab kelganiga ishora qiladi. Bir dayroning bo‘yida assalomu alaykum deb nosvoy so‘rab otishgan ikki do‘st el ta’riflanadi.She’rda do‘stlik ahillik, qon qarindoshlik tuygʻulari sodda va samimiy tilda kuylangan.