Hujum taktikasi deganda jamoaning taktik harakati, guruhli taktik harakat va individual taktik harakatlar tushuniladi. Hujumdagi keng qamrovli taktik faoliyat ma’lum bir taktik kombinatsiya asosida boshlanadi va kombinatsiya so‘nggida individual harakat usuli bilan yakunlanadi. Hujum taktikasining mantiqiy ketmaketligini va mazmunini quyidagi tartibda ko‘rib chiqamiz.
Hujumdagi jamoaviy taktik harakatlar quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: ikkinchi to‘p uzatishdan so‘ng oldingi qator (hujum zonasi) dagi o‘yinchilar tomonidan; ikkinchi to‘p uzatishdan so‘ng ikkinchi qator (himoya zonasi) dagi o‘yinchilar tomonidan; birinchi to‘p uzatishdan so‘ng.
Bog‘lovchi o‘yinchi oldingi zonada joylashganda hujumni uyushtirish variantlari 38-rasmda berilgan. Bunday hujumni uyushtirishning sezilarli kamchiliklaridan biri – bu hujumda oldingi qator o‘yinchilaridan ikki kishining ishtirok etishi mumkinligidir. Lekin zamonaviy voleybolda himoya zonasidan tashkil qilinadigan hujum zarbalari ushbu kamchilikni deyarli bartaraf etgan desa bo‘ladi.
38-rasm.
Hujumni uyushtirishda bog‘lovchi o‘yinchi orqa qatordan to‘r oldiga chiqib ikkinchi to‘pni uzatganda, hujum qilish va uning samarasini oshirish imkoniyati kengayadi. Bog‘lovchi o‘yinchi orqada joylashgan 1,5,6-zonalardan to‘r oldiga chiqib, turli hujum kombinatsiyalarini tashkil qilish chizmasi 39-rasmda keltirilmoqda.
a b v 39-rasm.
Birinchi to‘pni uzatishdan so‘ng hujum qilish yoki aldab to‘p tashlash (otkidka) hujum harakatlarini (39-rasm) samarali hal qilishga imkon bersa-da, ammo bu usullarni bajarish uchun zarur sharoit (uzatilgan to‘pning juda qulay bo‘lishi) va hujumchidan katta malaka talab etiladi. Aldab to‘p tashlaganda, hujumchi yoki bog‘lovchi o‘yinchi (oldingi zonada joylashgan vaqtdagina) sakrab hujum zarbasini bajarayotganday (imitatsiya) bo‘lib, aldamchi harakatni amalga oshiradi.
Guruhli taktik harakat deganda ikki yoki undan ortiq o‘yinchilarning hujum vazifasini hal qilishi tushuniladi. Guruhli taktik harakatlar quyidagicha amalga oshiriladi:
Bog‘lovchi o‘yinchi oldingi qatorda bo‘lganda, uning ishtirokida hujumuyushtirish;
To‘pni qabul qilish va hujumchi tomonidan ikkinchi to‘pning zarbaberuvchi hujumchiga yetkazib berilishi;
Hujumchining hujum zarbasiga taqlid qilish bilan aldamchi to‘p tashlashniamalga oshirishi.
Har bir guruhli harakat oldindan kelishilgan va o‘rgatilgan taktik kombinatsiyalar orqali bajariladi. Hujumchilar hujum harakatlarini amalga oshirishda quyidagi tartibda harakatlanadilar: harakat yo‘nalishini o‘zgartirmasdan (har kim o‘z zonasida); harakat yo‘nalishini o‘zgartirib; chalkash harakat yo‘nalishida. Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil qilinadigan taktik kombinatsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
To‘pni qabul qiluvchi uni 3-zonada joylashgan bog‘lovchiga yetkazibberadi, o‘z navbatida, bog‘lovchi to‘pni 4 yoki 2-zonaga (bosh orqasidan) uzatadi. Agarda bog‘lovchi 2-zonada joylashgan bo‘lsa, u to‘pni 4 yoki 3-zonalarning biriga uzatadi. Ushbu kombinatsiyani bog‘lovchi orqa zonadan oldingi zonaga chiqib to‘p uzatishda ham qo‘llashi mumkin. Bu kombinatsiyada asosiy vazifani 3-zonadagi o‘yinchi bajaradi. U raqibda past, qisqa yoki tezlashib uchib boruvchi to‘pni hujum qilinishi mumkin degan tasavvurni hosil qilishi kerak.
To‘pni qabul qiluvchi uni 3-zonadagi bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazibberadi. Bog‘lovchi o‘yinchi esa to‘pni quyidagicha uzatib berishi mumkin: 4–3zonalar oralig‘iga qisqa zarba uchun; past trayektoriya bo‘yicha o‘z zonasiga; past trayektoriya bo‘yicha bosh orqasiga; 3–2-zonalar oralig‘iga qisqartirilgan masofa bo‘yicha. Hujumchilar zarba berish uchun ma’lum burchak asosida harakatlanadilar. Hujumchilarning shu tartibdagi bir qator harakatlari ma’lum ma’nodagi kombinatsiyalarning nomlanishiga sabab bo‘ladi. Bularga «eshelon» va «to‘lqin» kombinatsiyalarini misol keltirish mumkin.
«To‘lqin» kombinatsiyasida uchta o‘yinchi – bog‘lovchi va 3–4-zonalardagi hujumchi ishtirok etadi (40-rasm). 3-zonadagi o‘yinchi past to‘p uzatish (qisqa, uchishda) bilan bo‘ladigan hujumni boshlab berish uchun yugurib keladi. To‘p 4zonadagi o‘yinchiga, 4 va 3-zonalar oralig‘iga uzatib beriladi. 3-zonadagi o‘yinchi hujum zarbasiga taqlid qilib, raqibning to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarini chalg‘itadi. Bu esa 4-zona o‘yinchisining hujumni samarali yakunlashiga (to‘siqsiz yoki to‘siq qo‘yish kechikkanligi bilan bog‘liq) imkon yaratadi. Kelishuvga asosan to‘p uzatish uzunligi o‘zgartirib boriladi. Agarda to‘pni qabul qilish 4-zonaga yaqin joyda sodir bo‘lgan bo‘lsa, «eshelon» (41-rasm) kombinatsiyasini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bu holda 3-zonadagi o‘yinchining harakati yuqoridagi kabi bo‘ladi, 4-zonadagi o‘yinchi yugurish yo‘nalishini o‘zgartirib, 3-zonadagi o‘yinchining orqasiga o‘tmoqchi bo‘ladi, ammo bu harakatni bir temp keyinroq bajaradi. Ushbu kombinatsiyani to‘p 2-zona yaqiniga uzatilgan bo‘lsa, 3 va 2-zonalarda ham bajarish mumkin.
40-rasm. 41-rasm.
Chalkashma kesim harakatlanishlar bilan amalga oshiriladigan taktikkombinatsiyalarni bajarish yuqori tayyorgarlik va malaka talab etadi. Bularga «Krest» (asosiy), «Oldinga krest», «Orqaga krest» kombinatsiyalari kiradi. «Krest» hujumida 3 va 4-zonalardagi hujumchilar ishtirok etadi. 4-zonadagi hujumchi tezkor harakat bilan bog‘lovchi o‘yinchi yoniga past (qisqa, uchib) uzatilgan to‘pga hujum zarbasini berish yoki taqlid qilish uchun boradi (42-rasm). 3-zonadagi o‘yinchi bir oz keyinroq 4-zona o‘yinchisining orqasiga o‘tadi va hujumni yakunlaydi. To‘p uzatish trayektoriyasi oldindan kelishib olinadi, ammo to‘p uzatish o‘rtachadan baland bo‘lmasligi zarur, aks holda kombinatsiya o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
«Oldinga krest» kombinatsiyasini 3-zona o‘yinchisi boshlaydi (43 a-rasm), 2zonadagi sherigi uning orqasiga o‘tib, bir oz kechikib sakraydi va hujumni yakunlaydi.
42-rasm.
a b 43-rasm.
«Orqaga krest» kombinatsiyasida esa harakatlanishni birinchi bo‘lib 2-zona o‘yinchisi boshlab beradi, 3-zona o‘yinchisi esa uning orqasidan 2-zonada hujum qilish uchun harakatlanadi. Bu variantdagi kombinatsiya birmuncha murakkabroq hisoblanadi.
Guruhli hujum harakatlari birinchi to‘p uzatishdan keyin ham amalga oshirilishi yuqorida bayon etilgan edi. Bunday hujum harakatlarini faqatgina birinchi to‘p sifatli qabul qilinganda (raqib jamoasi o‘z harakatlarini hujum bilan yakunlay olmasa, o‘yinga kiritilgan to‘p qiyinchilik tug‘dirmasa) amalga oshirish mumkin. Bunda hujum ikki xil variantda yakunlanishi mumkin. Birinchi variantda hujum zarbasi beriladi (44 a-rasm), ikkinchi variantda aldamchi to‘p tashlash (44 b-rasm) amalga oshiriladi.
a b 44-rasm.
Afsuski, yosh voleybolchilar bilan ishlaganda, taktik kombinatsiyalarni o‘rgatish va ularni o‘yin jarayonida qo‘llanilishiga kam e’tibor beriladi. Taktik kombinatsiyalarni qo‘llashda quyidagi ikki holatdan kelib chiqish zarur:
Taktik kombinatsiyalarni qo‘llash aniq o‘yin sharoitidan kelib chiqishi kerak;
Kombinatsiyalar jamoaning texnik-taktik tayyorgarlik imkoniyatlariga asoslanishi kerak.
Yakka taktik harakatlar jamoa va guruhli o‘yin harakatlarining asosiy tarkibi bo‘lib hisoblanadi. Ular to‘psiz va to‘p bilan bo‘ladigan harakatlarga bo‘linadi. To‘psiz harakatlarga to‘pni o‘yinga kiritish, to‘p uzatish, hujum qilish uchun joy tanlash va jamoa, guruhli harakatlarga ko‘ra mos harakatlanishlar kiradi.
Hujum zarbasi uchun to‘p uzatishda o‘yinchining harakatlariga quyidagilar kiradi:
bog‘lovchi o‘yinchi oldida turgan hujumchiga to‘p uzatish;
bog‘lovchi o‘yinchi orqasida turgan hujumchiga to‘p uzatish;
raqib jamoasining kuchsiz to‘siq qo‘yuvchisiga nisbatan to‘p uzatish;
to‘pni qabul qilish va o‘yinning taktik rejasidan kelib chiqib to‘p uzatishtrayektoriyasini belgilash;
6)to‘pni aldamchi harakatlar bilan taqlid tarzida uzatishlar: oldinga to‘p uzatayotganday bo‘lib, uni raqib maydonchasiga tashlash; oldinga to‘p uzatgandek ko‘rsatib, bosh orqasiga to‘p uzatish; bosh orqasiga to‘p uzatishni ko‘rsatib oldinga to‘p uzatish.
To‘pni o‘yinga kiritishda quyidagilar asosiy taktik harakatlar hisoblanadi:
to‘pni kuch jihatiga ko‘ra navbatlashtirish;
to‘pni raqib jamoasining samarasiz qabul qiluvchi o‘yinchisi tomonyo‘naltirish;
to‘pni raqibning asosiy hujumchisiga yo‘llash;
to‘pni yangi tushgan o‘yinchiga yo‘llash;
to‘pni orqa zonadan chiqayotgan bog‘lovchi o‘yinchiga yo‘llash;
to‘pni o‘yinchilar orasiga yo‘llash;
to‘pni maydonning bo‘sh va qiyin qabul qilinadigan joylariga yo‘llash.
Hujumdagi va hujum zarbalarini berishdagi asosiy taktik harakatlarga quyidagilar kiradi:
hujum qilish usulini tanlash;
hujum zarbasini va aldamchi harakatlarni imitatsiya qilish;
o‘yin vaziyatidan kelib chiqib, hujum zarbalarini berish usullarininavbatlashtirish;
to‘siq ustidan zarba berish, to‘siq uchun ko‘tarilgan qo‘llar orasidan, to‘pnito‘siqdan maydon chekkasiga chiqarib yuborishni mo‘ljallab zarba berish;
hujum zarbasini imitatsiya qilib, sakrab to‘p uzatish;
sakrab to‘p uzatishni imitatsiya qilib aldamchi harakat bilan to‘pni raqibmaydoniga tashlash.