To`pni yyerga urib yurish. To`pni yyerga urib yurish texnikasini to`g`ri tasavvur qilishga oid tushuntirish va ko`rsatishdan so`ng shug`ullanuvchilar bir joyda turganlaricha to`pni yuqoriga sapchitib, yyerga urib o`ynaydilar. Bunda panjaning to`p ustida to`g`ri joylashishiga, qo`lning harakatiga, to`pning maydonga tegadigan joyiga katta e`tibor beriladi. Shundan so`ng qo`llarning harakatlari oyoqlarning harakatlari bilan uyg`unlashtiriladi. Bu usullar yurish va to`g`ri chiziq bo`ylab har xil tezlikda yugurish paytida bajariladi. Bunda gandbolchining o`z turish holatini qanday saqlay olishiga va harakat tezligiga qarab to`pning yerdan sapchish burchagini o`zgartira olishiga katta e`tibor beriladi. Yoysimon doira chiziqlar bo`ylab va yo`nalishni o`zgartirib, to`pni yerga urib yurish mashqlarini qo`llash yaxshi natija beradi. Bu mashqlar shug`ullanuvchilarda to`pni boshqarish qobiliyatini o`stiradi.
Dastlabki kunlardanoq to`pga qaramasdan uni yerga urib yurishga ahamiyat berish kerak. Buning uchun ko`pchilik mashqlarning bajarilishida shug`ullanuvchini o`qituvchi-ning, o`z sherigining, raqibining signalini yoki maydondagi vaziyatning o`zgarishini kuzatishga majbur qiladigan sharoitlar yaratiladi.
To`pni past sapchitib yerga urib yurish, to`pni yerga urib yurishga o`tilganda uni raqibdan pana qilish, bir qo`ldan ikkinchisiga orqadan o`tkazish, yuqori tezlikda sur`atni va yerdan sapchish balandligini o`zgartirish, burilishlar hamda orqa bilan harakat qilib to`pni yerga urib yurishlar keyinroq o`rganiladi.
To`pni panja bilan boshqarishga, oyoqlarning erkin ishlashiga va usullarning o`yin vaziyatiga mos bo`lishiga katta e`tibor beriladi.
Namunaviy mashqlar: Oldinga, yon tomonga, orqa bilan oldinga to`pni yerga urib harakat qilish.