Gandbol o`yini qachon, qayerda va kim tomonidan kashf etilgan?
Gandbol bo`yicha erkaklar o`rtasida birinchi bor jahon chempionati qachondan boshlab o`tkazilmoqda?
Gandbol bo`yicha ayollar o`rtasida birinchi bor jahon chempionati qachondan boshlab o`tkazilmoqda?
Gandbol sport turi qachon olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan (erkaklar)?
Gandbol sport turi qachon olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan (ayollar)?
Xalqaro gandbol federatsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
O`rta Osiyo gandbol federatsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
O`zbekiston ayollar terma jamoasi ilk bor qachon jahon chempionatiga qatnashgan?
O`zbekiston qizlar terma jamoasi qachon va qayerda ilk bor jahon chempionatiga qatnashishga yo`llanmani qo`lga kiritgan?
2014-yil qizlar o`rtasida jahon chempionati qayerda bo`lib o`tdi?
O`zbekistonda gandbol bo`yicha qanday xalqaro musobaqalar o`tkazilgan?
2015-yil avgust oyida Qozog`istonning Olmata shahrida bo`lib o`tgan Osiyo chempionatida O`zbekiston qizlar terma jamoasining ishtiroki to`g`risida nimalarni bilasiz?
Gandbol bo`yicha O`zbekistonning Olimpiya chempionlarini sanab bering.
O`zbekistonda gandbol bo`yicha xizmat ko`rsatgan murabbiylardan kimlarni bilasiz?
Adabiyotlar
1.Pavlov Sh., Abduraxmanov F., Akromov J. “Gandbol” darslik. T, O‘zDJTI 2005 y.
2.Pavlov Sh.K., Azizova R.I. Gandbol. (BO‘SM va BO‘OSMlari uchun namunaviy dastur). T.: “Lider-PRESS” 2009 y 106 b.
12-Mavzu. Gandbol o`yin texnikasi va taktikasining tasnifi. Gandbol o`yinida to`p bilan va to`psiz usullar bajariladi. Qo`yilgan maqsadga erishmoq uchun o`yinda qo`llaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig`indisi gandbol texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar – bu gandbol o`yinini vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalarga erishish ko`p jihatdan gandbolchilarning ana shu xilmaxil vositalarni qanchalik to`liq bilishiga, raqib jamoa o`yinchilari qarshilik ko`rsatayotgan, ko`pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o`yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo`llashiga bog`liq. Gandbol texnikasini yaxshi bilish gandbolchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir.
O`yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida gandbol texnikasida muayyan o`zgarishlar ro`y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: avval keng tarqalgan 11x11 o`yin o`rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat qiluvchi o`yinchilar vujudga keldi.
O`yin texnikasida hujum va himoya bir-biridan farq qiladi. To`pni ilish, uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To`p yo`lini to`sish, uni tutib olish, urib qaytarish va darvozabon o`yin texnikasi himoyasida qo`llaniladi.
Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda aldamchi harakatlar usuli o`yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat - turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turish har xil, qaysi holatda turishni vaziyat belgilaydi. Zamonaviy gandbolda ko`pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina bukilib), oralig`i yelka kengligida, gavda sal oldinga egilib, qo`llar bukilgan holatda tutiladi.
Qaysi o`yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o`sha o`yinchi ko`proq foyda keltiradi. Shuning uchun har bir o`yinchi tez start olishni, yugurayotib yo`nalishni o`zgartirishni, to`xtash va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni bilishi shart.
Gandbol o`yinining tasnifi – texnik usullarni umumiy maxsus belgilarga qarab guruhlarga bo`lishdan iborat. O`yin faoliyati tavsifiga qarab, gandbol texnikasida ikkita yirik bo`lim ajratiladi:
Maydon o`yinchisi texnikasi.
Darvozabon texnikasi.
Har qaysi bo`lim harakatlanish texnikasi va to`pni boshqarish texnikasi bo`limchalariga ajratiladi. Kichik bo`limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan – harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o`yinchilari va darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo`lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
O`rganilayotgan materialni surunkalashtirish usul turlarini tuzukroq tushunishga, ularni to`g`ri tahlil qilishga, ta`lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi. Gandbolchining sport tayyorgarligi jarayoni o`yin texnikasining muntazam yaxshilanib borishi bilan uzviy bog`liqdir. Mashg`ulotning bosh vazifalaridan biri gandbol texnikasini har tomonlama egallashdan iboratdir. Mazkur vazifani hal qiilish uchun:
o`yinning barcha hozirgi zamon texnik usullarini bir xil darajada egallagan bo`lishni va ularni turli shart-sharoitda yanada takomillashgan usullar bilan bajarishni bilishni;
bir usulni ikkinchisi bilan turli izchillikda qo`shib olib bora bilishni;
jamoa bo`lib bajariladigan harakatlarga bog`liq ravishda, o`yin paytida, ko`proq foydalaniladigan hujum va himoya usullarini egallashni;
erkin va ixtiyoriy harakatlarda ishlatiladigan usullarning umumiy muvofiqligini tobora oshirib, ijro sifatini muntazam yaxshilab borishni talab qiladi.
Gandbolchilarning texnik mahoratini takomillashtirish umumnazariy quriladi va taktikani takomillashtirish, harakat va ma`naviy iroda sifatlarini rivojlantirish bilan birga qo`shib bajariladi. Mashg`ulot jarayonida usulni bajarish texnikasini nimalar hisobiga yaxshilash mumkinligini aniqlash kerak. Buning uchun quyidagi harakat sifatlarini, ya`ni tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, epchillik va hokazolar darajasini yuqori ko`tarish samarali yordam beradi.
Jamoaning mahorati o`yinchilardagi tehnik tayyorgarlikning darajasiga bog`liq. O`yin uchun zarur bo`lgan barcha uslublar va ularni bajarish usullari texnik tayyorgarlik jarayonida oshib boraveradi, shu bilan birga sportchining shaxsiy qobiliyati va jamoa uchun zarur bo`lgan umumharakatlar takomillashadi.
Texnikani takomillashtirish uchun ma`lum bo`lgan barcha usullardan foydalaniladi. Shular jumlasidan, takrorlash usuli ko`proq tarqalgan. Shuningdek musobaqa usullarining barcha turlaridan ham foydalaniladi.
Texnika - o`yinning asosi. Faqat uni mukammal egallash va har xil o`yin sharoitida qo`llashni bilish yuqori sport malakasiga erishishning garovidir.
Yuqori malakali sportchilarni tayyorlash ilmiy nazariyasi keyingi yillarda ikki yo`nalishda ish olib borilmoqda. Birinchisi ommaviy hisoblanadi, ikkichisi o`quv mashg`ulotlarini hajmini va sonini ko`paytirish hisobidan bajariladigan har bir texnik-taktik usuli, har bir mashqning sifatiga e`tibor berishdir.
Hammamizga ma`lumki, o`yin vaqtida sportchi bir lahzada o`yin sur`atini pasaytirmasdan, o`zining aniq bir taktik mahoratini qo`llashi kerak bo`ladi.
O`yinni ana shu nozik muammolarini yechimini izlayotgan bir qator mutaxassislarning fikricha musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish uchun nafaqat sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, balki jamoani o`yinga texnik-taktik jihatdan tayyorlash katta ahamiyat kasb etadi.
Bu borada gandbol mutaxassislari quyidagicha fikr bildiradilar, harakat yoki harakatlar majmuasining texnikasini o`zlashtirish shug`ullanuvchida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni yetarli darajada rivojlantirishni taqozo etadi. Bu sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarilish tartibi va yo`nalishi o`rgatiladigan (o`zlashtiriladigan) o`yin malakasining texnikasiga mos bo`lishi maqsadga muvofiq.
Texnik tayyorgarlik nazariy-intelektual tayyorgarlik va psixologik tayyorgarlik jarayonlari bilan o`zaro chambarchas bog`liqdir.
Nazariy mashg`ulotlarda shug`ullanuvchilarning va jamoaning nafaqat xususiy (shaxsiy) texnik imkoniyatlari shakillantiriladi. Texnik tayyorgarlik jarayonini samarali rivojlantirish uchun dastavval uslubiy mashg`ulotlarda jamoa o`yinchilari va raqib jamoa o`yinchilarining texnik usullarini videofilmlar yordamida tahlil qilinishi zarur.
Mutaxassislarning aksariyati sportchilarni jismoniy tayyorgarligi va mahoratini nazorat qilishning eng oson yo`li ularni musobaqalardan jamoaga keltiradigan foydasi va g`alabaga qo`shgan hissasini nazorat qilishdan iborat deb hisoblaydilar.
Musobaqalarda g`alaba qozonishning asosiy omili o`yinchilarning yuqori darajada o`zlarining shaxsiy texnik harakatini (shtx) namoyish etishiga bog`liq. Shtx deganda, har bir o`yinda, himoyachilarning texnik harakatlariga qarab o`yinchilarning umumiy harakatlarini tushunamiz.
Ba`zi murabbiylar fikricha, o`yinda har bir sportchi o`zining texnik-taktik harakatlariga ega bo`lishi kerak va bu harakatlar raqib uchun sir bo`lishi kerak. Musobaqalarga tayyorgarlik davrida ana shu harakatlar ustida mashq qilish kerak. Hususan, hujumchilar ana shunga katta e`tibor berishi zarur.
Jamoa muvaffaqiyatining eng asosiy sharti jamoada, texnik-taktik harakatlari (JTX), kombinatsion o`yinlar o`yinchilarning himoya va hujumda o`zaro bir-birini tushunib harakat qilishi g`alaba uchun zarur va shart.
Gandbolchilarning texnik-taktik tayyorgarlik darajasi doimo yuqori bo`lishi, gandbol o`yinidagi vaziyatlarda jismoniy texnik-taktik sifatlarining bog`liqligi natijasi orqaligina chiqib ketishni ta`kidlab o`tganlar va gandbolchilarning musobaqa faoliyatini tahlil natijalariga ko`ra, maydonda hujumchining o`yin funksiyasini eng murakkab bo`lishini aytib o`tganlar.
Texnik jarayonni takomillashtirish, sportchi tomonidan axborotni qabul qilish va uni ishlab chiqish, harakatni samarali bajarish sifatini korrektsiya va nazorat qilishga bog`liq.
Har bir sport turidagi sport natijalarga ko`p sonli usullar va harakatlarning bir tizimiga birlashishidan amalga oshadi.
Sportchi texnikasi kinematik, dinamik, ritmik xarakteristikali turlariga bo`linadi.
Texnikaning kinematik xarakteristikasi fazo vaqtda hosil bo`ladi. Ularga fazoviy, vaqtli xarakteristikalar kiradi. Sportchining gavdasi va uning bo`limlarini fazodagi joylanishi vaholati, traektoriyasi fazoviy texnikaning xarakteridir.
Texnikaning dinamikali xarakteristikasi sportchi gavdasi a`zolarining bir-biri bilan, atrof-muhit va sport asboblari bilan o`zaro harakatida namoyon bo`ladi.
Texnikaning ritmik xarakteristikasi sport mashqlarida vaqt va fazodagi hodisani harakat kuchayishini tarqatish ritm-rotsional aksentida hosil bo`ladi. Sportchining ritm harakati integral parametrlar sifatida ko`riladi va sportchining sport-texnika mahorati darajasini xarakterlaydi.
Sportning texnik turi, harakat va hodisaning maxsus tizimidagi dialektik xususiyatlarni harakterlovchi butunlikni differensatsialash, bir xillik hamda alohidalik, mo``tadillik va variantlilik.
Musobaqa texnik faoliyatini ajralib turadigan xususiyatlari shundaki, yakkakurashchilar va sportchilar (qilichbozlar, boksyorlar, gandbolchilar, futbolistlar, xokkeychilar) o`zlarining raqiblari bilan vosita yordamida aloqa qiladilar.
Shug`ullanuvchilarning texnik tayyorgarligi - maxsus harakat malakalarini rivojlantirishga qaratilgan kata hajmdagi ishni samarali bajarish uchun zarur bo`lgan maxsus yo`nalishga ega, hamda quyidagi vazifalarni hal etadi.
1.Asosan gandbol uchun ko`proqhos bo`lgan sifatlarni rivojlantirish.
2.Gandbolchi harakatlarida katta darajada ishtirok etuvchi fiziologik tizimlarini guruxinitanlab rivojlantirish.
Yordamchi jismoniy tayyorgarlikning ilg`or vositalari sifatida shunday mashqlar qo`llanadiki, ular o`zining kinematik va dinamik tarkibi, hamda asab mushak kuchlanishi hususiyatiga ko`ra gandbolchining musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy harakatlarga mosdir. Shunday mashqlar sirasiga bular ham kiradi:
texnikaning turli usullarini ishora orqali bajarish.
maxsus trenajor moslamalarida bajariladigan mashqlar.
gandbolchilar monikeni bilan mashqlar.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik: harakatlanish sifatlarini gandbolchilarning musobaqa faoliyati hususiyatlari tomonidan qo`yiladigan talablariga qat`iy muvofiq holda rivojlantirishga qaratilgan.
Ma`lumki sportning har bir turi sportchining jismoniy sifatlariga mahsus talablar qo`yadi, xilma xil jismoniy sifatlar o`ziga xos uyg`unlashgan holdabo`lishi va namoyon etilishini talab qiladi. Masalan: gandbolchi avvalo tezkor kuchlilik sifatlarining maxsus nisbatda bo`lishi, shuningdekmushak qisqarishining energetik resurslari anaerob (kislorod yetishmagan holat) foydalanishga asoslangan tezlikka chidam talab qiladi. Turli jismoniy sifatlarni o`ziga hos tarzda namoyon etish, uyg`unlashtirishga asoslangan ana shunday spesifik qobilayatlarni tarbiyalash sportchi mahsus jismoniy tayyorgarlikka ko`rish orqali erishiladi.
Yosh sportchilarni tayyorlashda maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik mahoratni shakllantirishda va musobaqa davomida yuksak natijaga erishish nihoyatda muhim omillardan biridir. Buning asosiy sabablaridan biri mashg`ulotlarda qo`llaniladigan u yoki bu jismoniy mashqlarining hajmi va shiddati hamda ushbu ko`rsatgichlarni shug`ullanuvchilar organizmiga ta`sir etish darajasi obyektiv tarzda baholanmasligidadir.
Shuning uchun o`quv trenirovka jarayonida qo`llanilayotgan jismoniy yuklamalarning shug`ullanuvchilar organizmlarning funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e`tiborga olinishi shu yuklamalarning maqsadga muvofiq rejalashtirish imkonini beradi.
Gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini samarali rivojlantirishda asosiy vositalardan biri maydonda o`yin jarayonidagi tehnik malakalaridir.
Sport turlarining jaxon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari o`z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu sport o`yin turlari ishtirokchi sportchilarning maxsus chidamliligi yuqori darajada shakllanganligiga e`tibor qaratadi.
Demak bundan ko`rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda mahsus chidamkorlik sifatialohida o`rin egallaydi. Ma`lumki umumiy jismoniy tayyorgarlik rivojlangan holda samarali shakllanishi isbot qilingan.