«Taktika» haqida tushuncha. O‘yin taktikasi tasnifi.
Hujum va himoya taktikasi. Taktikaning vositalari. Taktik kombinatsiyalar.
Hujumda ijro etiladigan individual taktik harakatlar.
Himoyada ijro etiladigan individual taktik harakatlar.
Hujum va himoyada ijro etiladigan guruhli taktik harakatlar.
Hujum va himoyada qo‘llaniladigan jamoali taktik harakatlar. Taktik reja haqida tushuncha.
O‘yin taktikasini jismoniy sifatlar bilan bog‘liqligi.
Orqa zonalarda chiqib to‘p uzatish haqida tushuncha bering. Adabiyotlar Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –T.: “Fan va texnologiya”, 2012.
Goncharova O.V., Qipchoqov B.B., Boltayev Z.B. Voleybol. – T.: “lider Press”, 2008.
Железняк Ю.Д., Петров П.К. Основы научно-методической деятельности в физической культуре и спорте. // Учеб. пособие для студ. ВУЗов. –М.: “Академия”, 2002.
11-Mavzu. Gandbol o`yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi.
Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo`lib, u o`quvchi yoshlarni jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o`smir-yoshlar uchun ham birdek ma`qul bo`lgan chinakam xalqchil o`yin hisoblanadi. Musobaqada o`n ikki o`yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O`yin maydoni 40x20 m kattalikdagi to`rtburchakdan iborat. O`yinda qatnashuvchi jamoa o`yinchilarining maqsadi - to`pni egallab olib, dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To`p bilan barcha harakatlar faqat qo`lda bajariladi. To`p uchun kurashda, qarshilik ko`rsatishda qo`pollik va sportchiga xos bo`lmagan harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O`yin ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog`liq bo`lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha davom etadi. O`yin vaqtida har bir o`yinchi o`zining shaxsiy fazilatlarini ko`rsatish imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o`yin har bir gandbolchidan o`z shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo`ysindirishini talab qiladi.
Gandbol o`yinining asosini yugurish, sakrash, to`pni uzatish, uloqtirish kabi shug`ullanuvchilarning har jihatdan uyg`un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funktsional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg`ulotlar tasirida, Shuningdek, musobaqalarda shug`ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o`yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo`lib xizmat qila oladi. Yo`nalishni o`zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yo`llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli gandbol har qanday ixtisosdagi talaba uchun zarur bo`lgan sport o`yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o`yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlarida keng qo`llanilmoqda. Gandbol musobaqalari mehnatkashlarni muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg`ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me`yoriy talablarini bajarishning asosiy omillardan hisoblanadi.