Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə45/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Sakrab to`p otish. Sakrab to`p otishning barcha harakatlarini o`rgatishni joyida turib boshlash kerak.
Dastlabki holat - to`p ikki qo`llab oldinda ushlanadi. To`p ushlagan qo`l yuqori ko`tarilib orqaga uzatiladi. Tana imla qilingan tomonga sal egiladi, to`p ushlagan qo`l tarafdagi oyoq tizza qismida ozgina bukiladi, tayanch oyoq oldinda barmoq qismlariga qo`yiladi. Eng muhimi, barcha harakatlarning “sinxron”ligiga erishishdir. Shundan so`ng bir oyoqda depsinish va depsingan oyoq bilan yana yerga tushish o`rgatiladi. Buning uchun maydonga qo`yilgan belgi va sakrab o`tish uchun qo`yilgan to`siqlardan foydalanish mumkin. Ushbu mashqlar to`p bilan «imitatsiya» tariqasida bajariladi.
O`rganilgan harakat malakalarini mustahkamlash uchun gimnastik skameykalarda bajariladigan quyidagi tayyorlov mashqlaridan foydalanish mumkin:

  1. Yugurib kelib skameyka ustidan depsinib to`p otishni bajarish.Jarohatlardan saqlanish uchun tushish joyiga gimnastik to`shaklar solinadi.

  2. Yugurib kelib yerdan depsinib to`p otiladi va skameyka ustiga tushiladi. Bugandbolchiga sakrashning eng baland nuqtasida tez to`p otish imkonini yaratadi.

  3. Har xil balandlikdagi to`siqlar ustidan to`p otish otish texnikasini yaxshio`zlashtirishga imkoniyat beradi.

To`p otish texnikasi o`zlashtirilgandan so`ng, darvozaga to`p otishni o`zlashtirishga yordam beradigan har xil variantdagi quyidagi mashqlarni bajarishga kirishiladi:

  1. to`g`ri yugurib kelib, har xil burchakdan to`p otish;

  2. har xil masofada;

  3. baravar ikki oyoqda va har xil oyoqlarda alohida depsinib;

  4. sust, undan so`ng faol himoya qarshiligida;

  5. o`yin mashqlarida;6) o`yinda.

Yiqilib to`p otish. Yiqilib to`p otishni o`rgatish uchun yumshoq to`shak yoki qum bilan to`ldirilgan chuqur-chalardan foydalanish zarur. O`rgatishni to`p otishning yakuniy bosqichi- yerga tushishdan boshlagan ma`qul. Avval dastlabki holatdagi ikki qo`lga, qo`l bilan oyoqqa va yonboshga tushish o`zlashtiriladi. So`ng mashqlar to`p bilan bajariladi:

  1. To`shak ustida tizzalarda turgan dastlabki holatda qo`llarga yiqilib to`potish.

  2. Chap tizzada turib, o`ng oyoqni yon tomonga cho`zgan holatda to`p otilibso`ng qo`llarga tushiladi.

  3. Sakrab to`pni otib, darvozabon maydoniga tushiladi va yelkadan o`mbaloqoshib turiladi.

Malakani egallashda harakatlar dastlab qarshiliksiz bajarilishi lozim. Takomillashtirishda esa, albatta, muntazam himoyachilar qarshiligida bajarilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin