Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə41/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

To`pni ilish. Sheriklardan to`pni ilishga kirishdan oldin to`pning vazniga, shakliga, qattiq yoki yumshoqligiga ko`nikma hosil qiluvchi quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin.

  1. Oldinga to`pni tashlab, uni yerga tushirmasdan ilib olish.

  2. To`pni oldinga tashlab, uni yerdan sapchigandan so`ng ilib olish.

  3. To`pni o`ng qo`lda tashlab, chap qo`l bilan ilib olish.

  4. To`pni boshdan, yelkadan, oyoq orasidan tashlab, uni ilib olish.

  5. Baravariga ikki to`pni tashlash va ularni ilib olish.

Shug`ullanuvchi yordamchi mashqlarni bajarishda to`pni o`ziga qulay usullar bilan ilishi mumkin. Uning oldiga qo`yiladigan vazifa - to`pni ilib olgandan so`ng, boshqa o`yin harakatlarini bajarishga tayyor turishidir. Shundan so`ng to`pni ilish usulini o`rgatishga kirishiladi. Sheriklardan biri to`pni uzatadi, ikkinchisi esa uni aniq bir usulda (yuqoridan, yondan, pastdan) ilishga intiladi. Buning uchun to`p har xil traektoriyada uzatilishi lozim. Avval joydan turib, so`ng yurish holatida va yugurish holatida ikki qo`llab va oxiri bir qo`llab ilish o`rgatiladi.
To`pni ilish uzatish bilan birga o`rgatilsa samarali bo`ladi. Mashqlarni tanlashda ilish sharoitini muntazam qiyinlashtirib borish lozim.
To`pni uzatish. To`pni uzatishni o`rgatishdan avval uni to`g`ri ushlashga o`rgatish kerak. Buning uchun to`p vazni va hajmi shug`ullanuvchilar yoshi va jinsi bilan o`zaro mos bo`lmog`i kerak.
To`pni ushlashda kaftlar bo`sh holatda, barmoqlar erkin «optimal» harakatda bo`lishi lozim. Bunday malakani hosil qilish uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi:

  1. Qo`llarni oldinda tutib, bir qo`ldan ikkinchi qo`lga barmoqlar yordamida to`p uzatish.

  2. Joyda turib yurgan va yugurgan holda bir qo`ldan ikkinchi qo`lga gavdaatrofidan to`p uzatish.

  3. To`pni bir va ikki qo`lda tutib, har xil tomonlarga: oldinga, yonga hamlaqilish.

  4. Joyda turib, yurgan va yugurgan holatda to`pni uzatish va otishni“imitatsiya” qilish.

O`rgatishni yuqoridan qo`lni siltab to`p uzatishdan boshlash kerak. Devorda belgilangan nishondan 3-4 m masofada qo`llar yuqoriga ko`tarilib, har xil oyoqlar oldinga qo`yilib va 3 qadamdan so`ng to`p uzatiladi. Keyinchalik sheriklar birbiriga qarama-qarshi turib, to`p uzatishlarni bajaradi.
Bir qadamdan so`ng, maydondan sapchitib, kamalaksimon «traektoriya»da to`p uzatishlar.
U yoki bu usuldagi to`p uzatishlarni o`rgatishda shug`ullanuvchilarga tushuntirilgandan so`ng, ular mashqlarni mustaqil bajarishga kirishadi. O`qituvchi shug`ullanuvchilarning dastlabki holatini, qo`l va oyoq, gavda holatining to`g`riligini nazorat qiladi va xatolarini to`g`irlaydi.
To`p uzatishni uzoq vaqt bir joyda turib takomillashtirish mumkin emas. Asosiy holat o`zlashtirilgandan so`ng, darhol harakatda to`p uzatishga o`tmoq lozim. Avval bir o`yinchi to`p uzatishni joyida mashq qilsa, ikkinchisi harakatda bajaradi. Shundan so`ng har ikkala o`yinchi harakatda to`p uzatishni o`zlashtiradi.
Asosan, o`rgatish jarayonida mashq va usullarni soddalashtirib, ularni keyinchalik murakkablashtirishga amal qilmoq kerak.
Mashqlarni tashkil etishda har xil saflardan: qarama-qarshi qatorlardan, sherengalardan, aylanmalardan, uch burchaklardan, kvadratlardan va hokazolardan foydalaniladi. Saflar tuzilishi shug`ullanuvchilar soni va beriladigan mashqlar xususiyatiga bog`liq bo`ladi. Shug`ullanuvchilar mashqlarni avval bir joyda turib, so`ng har xil yo`nalishda harakatda bajaradi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin