To`pni otishga o`rgatish: Har xil usullar bilan to`pni darvozaga otishga o`rgatish jarayonida shug`ullanuvchilarni dastlab to`pning yo`nalish traektoriyasi va darvozani mo`ljalga olish usullari bilan tanishtirish lozim. Darvozaga to`p otishning ayrim usullari o`rganilayotganda, birinchi navbatda, uning tuzilishi, so`ng harakatning mazmuni o`zlashtiriladi va to`p otish masofasi asta-sekin uzaytiriladi.
To`pni otishga o`rgatish uchun otishga yondosh mashqlardan foydalanmoq kerak: tennis to`pi, rezinadan ishlangan yosh bolalar to`pi, xokkey to`pi, har xil uzunlikdagi tayoqchalar, Shuningdek, gantellar bilan to`p otishni “imitatsiya” qilish. qo`l mushaklarini mustahkamlash uchun har xil vazn va shakldagi to`plarni bir va ikki qo`llab uzatish. Gavda mushaklarini mustahkamlash uchun gimnastika o`rindiqlarida o`tirib har xil holatlarda to`p uzatishlarni qo`llash mumkin.
Tayanib to`p otish.Tayanib to`p otish harakatini o`rgatishni uning asosiy bosqichi - to`pning tezlanishidan boshlamoq kerak. To`pni yuqoridan tezlatish uchun siltash usuli o`rgatiladi. Dastlabki holat - o`ng oyoqda turib, chap oyoq oldinga qo`yiladi, o`ng qo`l to`p bilan yuqorida, gavda sal burilgan. Chap oyoqni oldinga qo`yib, devorga to`p otiladi. Dastlab diqqat harakatning ketma-ketligiga qaratilishi lozim.
Chap oyoq yerga qo`yilganda, to`pning dastlabki holatda qolishi muhimdir.
To`p otish avval vazifasiz amalga oshiriladi, so`ng aniq belgilangan mo`ljalga to`p tekkizish vazifasi qo`yiladi.
Yugurib kelib to`p otishni o`rgatish uchun avval yugurib kelish usulida qadamlar ritmini o`zlashtirmoq kerak. Bunday harakat o`rgatuvchi bajarganini qaytarish usuli bilan o`rganiladi.
Qadamlar ritmi o`zlashtirilgandan so`ng, tezlanishda qadamlar orasidagi uzunlikni aniqlab olish zarur. Buning uchun eng qulay yo`l qadamlar tushadigan joyni belgilab qo`yishdir.
To`p otish texnikasi o`zlashtirilgandan so`ng, otishning tayyorlov bosqichi variantlariga kirishiladi:
To`pni yerga urib kelgandan so`ng tezlanib to`p otish;
to`pni ilib olgandan so`ng otish;3) to`pni ilib 1,2,3 qadamdan so`ng otish;
4) har xil tezlanishlardan so`ng to`p otish.
Shundan so`ng to`p otish sharoitlari murakkablashtirilib bajariladi.
Gandbolchilarga u yoki bu usullarni tanlab to`p otish mashqlari beriladi:
Darvozabon ximoya qilgan darvozaga to`p otish.
Sust va faol to`siq qo`yuvchi ximoyachilarga qarshi to`p otish.
Ikki o`yinchi to`p uzatib kelgandan so`ng to`p otish.
Belgilangan mo`ljalga, darvozabonni aldab to`p otish.