Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat


To`pni yyerga urib yurish



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə43/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

To`pni yyerga urib yurish. To`pni yyerga urib yurish texnikasini to`g`ri tasavvur qilishga oid tushuntirish va ko`rsatishdan so`ng shug`ullanuvchilar bir joyda turganlaricha to`pni yuqoriga sapchitib, yyerga urib o`ynaydilar. Bunda panjaning to`p ustida to`g`ri joylashishiga, qo`lning harakatiga, to`pning maydonga tegadigan joyiga katta e`tibor beriladi. Shundan so`ng qo`llarning harakatlari oyoqlarning harakatlari bilan uyg`unlashtiriladi. Bu usullar yurish va to`g`ri chiziq bo`ylab har xil tezlikda yugurish paytida bajariladi. Bunda gandbolchining o`z turish holatini qanday saqlay olishiga va harakat tezligiga qarab to`pning yerdan sapchish burchagini o`zgartira olishiga katta e`tibor beriladi. Yoysimon doira chiziqlar bo`ylab va yo`nalishni o`zgartirib, to`pni yerga urib yurish mashqlarini qo`llash yaxshi natija beradi. Bu mashqlar shug`ullanuvchilarda to`pni boshqarish qobiliyatini o`stiradi.
Dastlabki kunlardanoq to`pga qaramasdan uni yerga urib yurishga ahamiyat berish kerak. Buning uchun ko`pchilik mashqlarning bajarilishida shug`ullanuvchini o`qituvchi-ning, o`z sherigining, raqibining signalini yoki maydondagi vaziyatning o`zgarishini kuzatishga majbur qiladigan sharoitlar yaratiladi.
To`pni past sapchitib yerga urib yurish, to`pni yerga urib yurishga o`tilganda uni raqibdan pana qilish, bir qo`ldan ikkinchisiga orqadan o`tkazish, yuqori tezlikda sur`atni va yerdan sapchish balandligini o`zgartirish, burilishlar hamda orqa bilan harakat qilib to`pni yerga urib yurishlar keyinroq o`rganiladi.
To`pni panja bilan boshqarishga, oyoqlarning erkin ishlashiga va usullarning o`yin vaziyatiga mos bo`lishiga katta e`tibor beriladi.
Namunaviy mashqlar:

  1. Oldinga, yon tomonga, orqa bilan oldinga to`pni yerga urib harakat qilish.

  2. Shularning xammasini yugurgan holatda, bajarish.

  3. Ilonizisimon yo`nalishda har xil to`siqlarni aylanib to`pni yerga urib yurish.

  4. Har xil to`siqlardan xatlab to`pni yerga urib olib yurish.

  5. Har xil tezlikda yugurib, to`xtab va yana tezlanib to`pni yerga urib olibyurish.

  6. Yo`nalishlarni o`zgartirib (90, 180, 360) to`pni yerga urib olib yurish.

  7. 6-9 metrli chiziqlarga to`g`ri tekkizib chiziq bo`ylab to`pni yerga urib olibyurish.

  8. O`ng va chap qo`llarda galma-gal to`pni yerga urib olib yurish.

  9. Bir vaqtda ikki to`pni yerga urib olib yurish.

  10. To`pni yerga urib olib yurib har xil esta-fetalarni bajarish.

  11. Bir o`yinchi to`pni yerga urib olib yuradi, ikkinchi o`yinchi to`pni olibqo`yishga harakat qiladi.

  12. Ikki o`yinchi bittadan to`pni yerga urib olib yuradi, uchinchi to`pnioyoqlari bilan bir-biriga uzatadi.


Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin