Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə42/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Namunaviy mashqlar: 1. O`yinchilar 6-10 m oraliq masofada bir-biriga qarama-qarshi ikki qator bo`lib joylashadi. Birinchi yoki ikkinchi qatorda joylashgan o`yinchilarning har biriga to`p beriladi va o`rgatuvchi ishorasi yoki hushtagidan so`ng ular bir-biriga to`p uzatishni amalga oshiradi.

  1. Ikki o`yinchi to`plar bilan bir-biriga qarama-qarshi 5-10 m oraliq masofadajoylashadi. Uchinchi o`yinchi ularning o`rtasida turib, oldindan kelishilgan usulda o`yinchilar bilan galma-gal joy almashib, to`p uzatishni bajaradi.

  2. Ikki o`yinchi to`plar bilan bir-biriga qarama-qarshi 10-20 m oraliqmasofada joylashadi. Ularning orasida yana ikki o`yinchi bir-biriga orqa o`girib turadi. O`rgatuvchi ishorasi bilan chet tarafda turgan o`yinchilar o`ziga qarab turgan o`yinchilarga to`p uzatadi, o`rtadagi o`yinchilar to`pni qaytarib bir-biri bilan joy almashadi.

  3. O`yinchilar diametri 10-20 m li doirani hosil qilib turadi. Ular to`pnima`lum bir tartibsiz sheriklariga uzatadilar va kimga to`p uzatgan bo`lsalar, uning joyini o`zlari egallaydi.

  4. Belgilangan uch burchakda qator tashkil etiladi. O`yinchilar qo`shniqatorga to`p uzatadi va to`p uzatilgan tomon harakat qilib, qator orqasiga joylashadi.

  5. Orqadan 6-8 m oraliqda yugurib kelayotgan sherigiga sakrab orqagao`girilib to`p uzatish.

  6. O`yinchilar bir-biriga qarama-qarshi ikki guruhga bo`linib, qatorlardajoylashadi. O`rgatuvchi ishorasi bilan o`yinchi o`zi tomon yugurib kelayotgan sherigiga to`p uzatadi, o`zi qo`shni qator orqasidan joy oladi.

  7. O`yinchilar ikki aylanaga joylashib bir-biriga qarama-qarshi harakat qilib,o`zaro to`p uzatishadilar.

  8. Ikki o`yinchi 3-4 m oraliqda paralel harakat qilib to`p uzatishadi. Harakattezligi asta-sekin oshiriladi (ushbu mashqni 3-4 ta bo`lib bajarish mumkin).

  9. Ikki o`yinchi joylarini almashtirib to`p uzatishadi.

  10. “To`p uchun kurash” o`yini. O`yinda shug`ullanuvchilar soni maydonningkatta-kichikligiga bog`liq bo`lib, ikki jamoaga bo`linadi. Bir jamoa o`yinchilari bir-biriga to`p uzatadi, ikkinchi jamoa esa ulardan to`pni olib qo`yish uchun harakat qiladi. O`yin qoidasini o`qituvchi qo`yilgan maqsad va shug`ullanuvchilar tayyorgarligini hisobga olib belgilaydi.


Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin