Himoyachilarning guruh bo`lib harakat qilishi, jamoa o`yinining asosidir. To`siqlarga qarshi harakat qilishda, to`p bilan o`tishga to`p otishga qarshi kurashda, raqiblar son jihatdan ustunlikka ega bo`lganda shunday harakatlarni qo`llash zarurdir.
Himoyachilar asosan uch holatda harakat qilishga tayyor bo`lishlari kerak:
son jihatdan teng bo`lganda (2x2, 3x3 va yana boshqalar), hujumchilar son jihatdan ustunlikka ega bo`lganda (2x1, 3x2 va yana boshqalar).
Son jihatdan teng bo`lish raqiblarning pozitsiyadan hujum qilishida uchraydi; himoyachilar hujumni “straxovka” qilish harakatiga qarshi, qo`shilish, guruhli to`siq, sirg`anib o`tish va darvozabon bilan o`zaro harakatda qo`llaniladi.
“Straxovka” to`p egallagan hujumchilarga qarshi qo`llaniladi, himoyachilar hujumining xavfliroq bo`lgan tomoniga siljishadi va bo`sh bo`lib qolgan zonani yopishadi. Agar himoyachi to`p bilan bo`lgan o`yinchini to`xtatish uchun chiqsa, u holda uning joyini unga yaqin bo`lgan boshqa himoyachi egallaydi.
O`tish-to`siq yordamida harakat qilib yoki aldab o`tib, to`p otish xolatiga chiqmoqchi bo`lgan hujumchilarni doimo nazorat qilishni saqlovchi asosiy usul bo`lib hisoblanadi. U hujumchilarning joy almashinishidan iboratdir. Bunday joy almashtirishlar bir marta bo`lishi mumkin, unda panohgohidan qutulgan o`yinchini himoyachilardan biri oladi yoki o`rin almashinishda ikki o`yinchi qatnashsa, unda ikki o`zaro harakat qiluvchi himoyachilar vasiylik qiluvchi o`yinchilarini almashtiradi.
To`siq yordamida qutulib, zonaga kirmoqchi bo`lgan o`yinchini zich ushlaganda sirg`anib kirish qo`llaniladi. Uning kirishiga yo`l qo`ymaslik uchun, himoyachi uni yaqin masofada kuzatishi kerak. Buning uchun o`yinchi panohgohlik qiluvchi sherigi to`siq sifatida foydalanishi uchun orqaga chekinadi va harakat qiluvchi himoyachini oldinga o`tkazadi.
Guruh bo`lib to`siq qo`yish to`p otuvchi hujumchiga qarshi hujum qilgan holatlarda ishlatiladi va uni bir-biriga yaqin joylashgan ikki-uch himoyachi amalga oshiradi.
Darvozabon bilan o`zaro harakat to`siq qo`yuvchi himoyachilar bilan darvozabonning kelishib qilgan harakatlaridan iboratdir. Bunday holatda o`yinchilar harakati oldindan o`zaro bo`lishilgan vazifa shartini hisobga olib himoyachi oxirgi pozitsiyani egallaydi. Ko`pincha to`siq qo`yuvchi himoyachilarga darvozaning ularga yaqin burchagini berkitish yuklanadi.
Raqiblar son jihatdan ustunlikka ega bo`lib qolgan holatda, himoyachilar avval hujumning rivojlanishini to`xtatishga harakat qilishlari kerak. Ikki himoyachi uch hujumchiga qarshi kurashda quyidagicha ish tutmog`i lozim. Agar to`p burchakdagi hujumchida bo`lsa, unga yaqin himoyachi hujumga o`tadi, boshqasi esa xavfli bo`lgan zonani taxminan darvoza qarshisining markazida egallaydi. Agar to`p o`rtadagi o`yinchida bo`lsa, unga himoyachilardan biri hujum qiladi, ikkinchisi esa qolgan ikki hujumchiga baravar bo`lgan oraliqdagi xolatni egallaydi.
Agar jamoa son jihatdan kamchilikni tashkil qilsa (5x6), u holda himoyachilar to`p bilan hujum qilayotgan tomonga zichlashishi tufayli qarama-qarshi tomonda bo`sh o`yinchini qoldirishga imkon yaratadi. Demak, son jihatdan kamchilikni tashkil qilish himoyachilarni to`p yo`nalishi tomon siljishga majbur etadi. O`yin davomida son jihatdan ustunlik holatidan to`g`ri foydalanish zarurdir. Agar jamoada olti himoyachi besh hujumchiga qarshi o`ynasa, u holda bo`sh qolgan himoyachi, markazda darvoza qarshisiga joylashadi va boshqalarni «straxovka» qiladi yoki raqiblardan to`pni olib qo`yishga intiladi.
O`yinning ayrim hollarida to`p bilan bo`lgan o`yinchini ikki himoyachi bilan hujum qilishini qo`llash mumkin.