Darvozabon jamoada eng qiyin va ma`sul vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki hujumning natijasini ham belgilaydi. Darvozabon uchun muhimi avvalo bo`yi (180-190 sm), tezlik reaksiyasi, mo`ljallay olish, chaqqonlik, kuch, chidamlilik kabi sifatlardir. Darvozabonning dastlabki o`yin texnikasiga: turish, siljish, chalg`itishlar, to`pni qo`l, oyoq, gavda bilan qaytarish va to`pni uzatishlar kiradi.
Darvozabon texnik usullarining muvaffaqiyatli bajarilishi ko`p jihatdan uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Darvozabonning dastlabki holatni to`g`ri tanlay bilishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir.
Turish. Darvozabon harakatdagi to`pning vaziyatiga bog`liq ravishda har-xil holatda turishi mumkin. Darvozada turishning asosan ikki turi mavjud: darvoza o`rtasida va darvoza ustunlari yonida. Darvoza o`rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qulaydir: oyoqlar yelka kengligida, sal bukilgan, gavda og`irligi ikki oyoqqa baravar bo`lingan, gavdaning yuqori qismi ozgina oldinga egilgan, qo`llarning kaftlari oldinga qaratilgan holda sal bukilib, yon tomonga uzatilgan, kaftlar balandligi taxminan yelka balandligiga teng yoki undan ham balandroq bo`lishi mumkin.
Agar hujumchi to`p otishni burchakdan bajarayotgan bo`lsa, unda darvozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig`i 15-20 sm), darvozaga yaqin bo`lgan qo`lini yuqoriga ko`tarib tirsak bo`g`ini salgina bukilgan bo`ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopadi; ikkinchi qo`li yon tomonga uzatilgan, gavda og`irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa o`tkazilgan. Ana shunday holatda darvozabon bevosita to`pni qaytaradi yoki tez-tez oldinga chiqadi.
Siljish. Darvozabon joyini asosan yon tomonga qadam qo`yib o`zgartiradi. Buuning o`z yo`nalishini tez-tez almashtirishiga va to`pni qaytarish uchun tayyor bo`lishiga imkoniyat yaratadi.
Darvozabon to`pni olib qo`yishni, sapchigan to`pni egallab, uni o`yinga kiritishni, raqiblar tomonidan tez yorib o`tishni ta`minlovchi to`pni egallashini, oldinga va orqaga tez harakat qilishni, keskin star tolishni bilishi shart.
Darvozabon hamla qilish harkatlaridan va oyoqlarni bir chiziq bo`ylab yozib o`tirish (shpagat) holatidan tez-tez foydalanishga to`g`ri keladi, Shuninguchunubuharakatlarnixartomongabemalolbajarishnibilishijudazarur. Uning har xil sakrashlarni bajarishi o`yinda alohida ahamiyatga ega. Darvozabonning to`p otayotgan o`yinchiga peshvoz chiqishi va sakrashi darvoza qo`riqlashning murakkab usullari qatoridan o`rin olgan. Darvozaning nishonga olingan burchagini kamaytirish uchun darvozabon yuqoriga yoki uzunlikka sakrab darvozaga yo`naltirilgan to`pning yo`lini to`sishga harakat qiladi. Odatda, darvozabon sakraganda, to`pning yo`nalish yo`lini ko`proq kamaytirish uchun oyoq va qo`llarini yon tomonga yoyadi. Darvozabon raqiblar bilan to`p uchun kurashda ko`pincha aldash harakatlarini ishlatadi. Chalg`itish maqsadida bir tomonga egilib, keyin boshqa tomonni to`sadi, tez-tez yolg`on chiqishlarni qo`llaydi. Bunday holatlarda hujumchi to`pni darvozabon ustidan oshirib tashlaydi, lekin bunday bo`lishini oldindan kutgan darvozabon darhol orqaga qaytib, to`p yo`lini to`sishga ulguradi.
To`pni ilish darvozabon o`yin texnikasining eng muhim elementlaridan biridir. Kuchli otilgan to`pni ilish imkoni yo`q bo`lsa ham, uni qaytargandan so`ng egallab olish muhimroqdir, chunki qarshi hujumga o`tish boshlanishi kerak. Shuning uchun darvozabon to`pni ilib olgani ma`qul. Lekin eng yaxshi yo`li to`pni ikki qo`llab ilib olish.
To`pni ushlash darvozabon harakatlaridagi asosiy o`rinni egallaydi. Muhimi, otilgan to`pni “amortizatsiya” qilib, ushlay bilish kerak. Buning uchun to`p urilganda, qo`l kaft va barmoqlarini ozgina orqaga yuborish maqsadga muvofiqdir. Yaqin masofadan sapchib kelgan to`pni darvozabon ushlab olmog`i lozim.
To`pni qaytarishda, ushlab olishda darvozabon bir yoki ikkala qo`lni ishlatishi, baravariga oyoq va qo`l bilan yoki gavda bilan ham to`pni qaytarishi mumkin.
Yuqoridan kelayotgan to`pni darvozabon bir yoki ikki qo`llab ushlaydi. Agar to`p qaysi tarafdan kelayotgan bo`lsa, unda darvozabon to`p kiritish burchagini kamaytirish uchun shutarafga yoki oldinga bir qadam tashlaydi yohud sakraydi va to`pni ushlashni o`sha tomondagi qo`l barmoqlari yoki kafti bilan bajaradi. Ba`zan bu usul sakrab yiqilgan holda ham bajariladi, lekin bu maqsadga muvofiq emas, chunki bunday usulni bajarishga ko`p vaqt sarflanadi, oqibatda, to`pni qaytargandan so`ng darvozabon o`zining mo`ljalini yo`qotadi. Bunday harakatlarni bajarishda muvozanat yo`qotishga kam vaqt sarflab, asosiy holatda turishni saqlaganma`qul.
Darvozaning pastki qismiga otilgan to`p oyoq bilan qaytariladi. To`p kelayotgan tomon aniqlanib, darvozabon shu tomonga oyoq kaftlarini to`g`irlab, maydonga yaqin keng qadamga hamla qilishga intiladi. Bunda son va boldir orasidagi burchak 90%ni tashkil etadi. Shu tarafga oyoq bilan birga beihtiyor o`sha tomondagi qo`l ham cho`ziladi: boshqa qo`l esa muvozanat saqlash uchun yuqoriga ko`tariladi. Hamla qilish oxirida oyoq to`liq to`g`rilanadi va darvozabon to`g`ri chiziq bo`ylab oyoqlarini yozib, “shpagat” holatini oladi yoki ikkinchi oyoq tizzasiga tushadi, so`ng tez asosiy holatda turishga qaytadi.
Eng chekka holatdan darvozaning uzoq pastki burchagiga yo`naltirilgan to`pni darvozabon shu tarafdagi qo`l va oyog`ini baravariga siltab yoki hamla qilib ushlaydi.
To`pni uzatish. Darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to`p jamoaning hujumga o`tishi uchun muhim sharoit yaratishning garovidir. Shuning uchun darvozabonning baland traektoriya bilan yoki uzoq masofalarga to`pni yuqorida qo`lni bukib uzatishni qo`llashi qoida tusiga kirib qolgan. To`pni egallaganidan so`ng darvozabon, uni uzatish uchun qulay tarafni tanlaydi.
Darvozabonning harakati samarali bo`lishi uchun eng to`g`ri holati darvoza o`rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha masofa bo`ylab harakat qiluvchi darvozabon baland «traektoriya»da keladigan to`pni egallashga doim tayyor bo`lishi lozim. To`p otilishini boshlashini aniqlagach, darvozabon darvoza maydoniga to`p kiritish imkoniyatini kamaytirish uchun oldinga chiqadi. Otilayotgan to`p 30%dan kichik burchak ostida bo`lsa, u holda darvozabon darvoza ustunlari yonidan joy oladi.
O`yinda darvozabon - yarim jamoa deb bejiz aytilmaydi. Chunki darvozabon vazifasida ishtirok etadigan gandbolchilar yuqorida ko`rsatilgan usullardan tashqari, ular uchun darvozada o`ynaganda yo`l qo`yiladigan usullarni ham bajaradilar, ya`ni to`pni gavdaning barcha qismlari bilan qaytarish. Darvozabon darvoza maydonidan tashqariga chiqqanda maydon o`yinchisi xisoblanadi. O`yin texnikasiga doir mashg`ulotlar o`z mazmuniga ko`ra himoyachi va hujumchi mashg`ulotlaridan farq qilmaydi.
Darvozabon bilan mashg`ulot o`tkazishda quyidagi himoya anjomlaridan foydalanish zarur: qalin kostyum, qo`lqoplar, tizzalarga himoya vositalari, erkaklar uchun himoya bandaji, yiqilib bajariladigan mashqlarni o`rganishda gimnastik to`shaklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Oyoqlar tizza qismida sal bukilgan. Dastlabki holatda yo`nalishlarni o`zgartirib harakat qilinadi. Darvozabonni harakat texnikasiga o`rgatish darvoza chizig`i va 6 metrli darvozabon maydoni chizig`i bo`ylab yon tomonga qadam tashlab harakat qilishdan boshlanadi. Avval yon tomonga kichik qadamlar tashlab, so`ng keng qadam tashlab harakat qilishga o`rgatiladi.
Darvozabonni sakrash texnikasiga o`rgatish darvozaning yuqori burchaklariga otiladigan to`pni qaytarish imitatsiyalari bilan boshlanadi.
Darvozabonning to`pni ilib olishi uning asosiy vazifalaridan hisoblanmaydi, lekin shunga qaramay, u to`p ilishni mukammal egallagan bo`lmog`i kerak. Shuning uchun har xil holatda: turib, o`tirib, yotib, sakragan holda, umbaloq oshib bajariladigan mashqlarni birinchi kundan boshlab o`rgatishga kirishiladi.
Darvozabon hech vaqt to`pni nazoratsiz qoldirmasligi va o`z vaqtida hujumchining to`p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi juda muhimdir.
Agar uning jamoasi hujum qilayotgan bo`lsa, unda u 9 metrli chiziq yonida joylashadi, tasodifan jamoasi to`pdan ajrab qolib, raqiblar tez yorib o`tish hujumini amalga oshirsalar o`yinga qo`shilishga tayyor bo`lib turadi. Bunday holda u to`pni egallash uchun maydonga chiqishi mumkin. Urinishi muvaffaqiyatsiz bo`lsa, unda orqaga chekinadi va darvozada turib, tez yorib o`tib to`pni darvozaga otayotgan hujumchining to`pini qaytarishga harakat qiladi. O`yin taktikasi O`yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to`g`ri harakat qilishga bog`liq. Buning uchun o`yinni boshqarishda xilma-xil taktik vositalardan foydalanmoq kerak.
Taktikada ta`lim va takomillashtirish jarayoni mashg`ulotning juda muhim hamda murakkab bo`limidir. Raqib jamoasi ustidan g`alaba qozonishda jismoniy texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda o`z imkoniyatlaridan to`g`ri va ustalik bilan foydalana bilish, ya`ni taktika katta ahamiyatga ega. Biroq taktika ko`p omillarga: texnikani bilish va undan to`g`ri foydalanish, o`z kuchini o`yin paytida to`g`ri taqsimlay bilish, musobaqa shart-sharoitlarini nazarda tutish, qoidani izohlash, sheriklar va raqiblarning harakatlarini to`g`ri baholash va boshqalarga bog`liq. Sport kurashini to`g`ri tashkil qila bilish mantazam o`rganiladigan san`atdir. Ana shuning uchun ham mashg`ulot jarayonida o`yinchilar strategiya va taktikaga oid barcha bilimlarni egallab, juda ko`p mahorat va malakalarni o`zlashtirishlari lozim. Taktik tayyorgarlik jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
o`yin taktikasini muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bo`lgan
qobiliyatni tarbiyalash;
shaxsiy, guruh va jamoa bo`lib harakat qilishni o`rganib olish, o`yinchilarda qo`yilgan vazifalarni hal qilish uchun texnik usullar va taktik harakatlardan alohida-alohida tarzda samarali, foydalana bilishni shakillantirish;
qobiliyatini tarbiyalash va uni takomillashtirish;
jamoada har bir o`yinchining o`ynash joyini hisobga olgan holda taktik tayyorgarlikni takomillashtirish.
Gandbolchilarning taktik ko`nikmalarini takomillashtirishda o`zlashtirilgan va o`rganilgan mashqlani ko`p marta takrorlash taktikadagi ta`lim va mashg`ulotning asosiy uslubi hisoblanadi. Shunday mashg`ulotlarning natijasi gandbolchilarda o`yin taktikasi qolipga tushiriladi.
Taktik tayyorgarlik shaxsiy, guruh va jamoa harakatlarini egallashni ko`zda tutadi. U asosiy taktik harakatlarni egallashdan va ularni takomillashtirish (to`p yo`lini to`sish, himoya va hujum turlarini tanlash, to`pni uzatish hamda darvozaga otish va shu singarilar) dan iborat bo`lib, o`yin va maxsus mashqlarda amalga oshiriladi.
Taktik reja bo`yicha o`yin o`ynashni bilish, Shuningdek o`yin paytida aniq vaziyatga bog`liq ravishda taktik vazifalarni to`g`ri hal qila bilish juda muhimdir. Shularga ko`ra, maxsus o`yin mashqlari bilan birga ikki tomonlama o`yinlar o`tkaziladi. O`zlashtirib olingan “kombinatsiya” va tizimlarni tanish va notanish jamoalarga nisbatan o`yinda qo`llay bilishni o`rgatish va takomillashtirish kerak
Sport o`yinlarida doimo tezkor-kuch sifatlarining yuqori darajada bo`lishi kerakligini va bu gandbol sport turida ham juda muhim ekanligini ta`kidlaganlar. Uning fikricha, jamoaviy o`yinda raqib bilan to`p uchun kurashda sakrovchanlik, kuch, tezlik, mohirona bajarila olsagina raqibdan ustun bo`la olishi mumkin.
Buning uchun esa tezkor-kuch sifatining mukammal darajada bo`lishi muhimdir, deb bildirib o`tganlar.
Jamoaning pozitsiyali hujumida gandbolchilarning to`p otishi va uzatishlari o`quv-mashg`ulot hamda musobaqa faoliyatida bu ko`rsatkichlar muhim ekanligini ta`kidlaganlar.
Gandbol mutaxassislarining fikricha hozirgi zamon sport o`yinlarida eng yaxshi tushunish hujum va himoyada, birga bir xil o`ynay bilishi.
Ba`zi murabbiylarning fikricha, tezkor o`yin namoyish etish o`rgatish uchun ko`p mehnat sarflash kerak va bu uzoq jarayon hisoblanadi.Buning uchun mashq paytida ko`p mehnat sarflashga to`g`ri keladi va mashq jarayonida o`rgangan nozik texnik-taktik usullarini o`yinda qo`llashni o`rgatish kerak bo`ladi.
Gandbolchilarning samarali o`yin ko`rsatishlari uchun musobaqaga tayyorgarlik har bir bosqichida (tayyorlov, umumiy, maxsus) jismoniy sifatlarni, texnik-taktik tayyorgarliklarini to`g`ri taqsimlanishi kerakligini e`tirof etadi.
Taktika deganda, o`yinchilarning raqib ustidan g`alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy yoki jamoa harakatlari tashkil qilinishini, ya`ni jamoa o`yinchilarining muayyan rejaga binoan aynan shu, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan birgalikdagi harakatlarni tushunish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa hujum va himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vosita, usul va shakllarni belgilashdan iboratdir.
Qanday taktikani tanlash, har bir alohida holda jamoa oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o`yinchilarning o`zaro kurashuvchi guruhlariga, maydonning ahvoliga, iqlim sharoiti va hokazolarga bog`liq.
Gandbol o`yinida ko`p martalab hujumdan himoyaga va himoyadan hujumga o`tishdan iborat bo`lgani uchun ham, tabiyki, har qaysi jamoaning hujum va himoya harakatlari uyushgan bo`lishi kerak.
Taktika uchrashuv vaqtida butun o`yin faoliyatining asosiy mazmuni hisoblanadi. Aniq raqibga qarshi to`g`ri tanlangan kurash taktikasi muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi, noto`g`ri tanlangan yoki uchrashuv mobaynida asqotmagan taktika esa odatda mag`lubiyatga olib keladi.
Gandbol o`yinida taktika bilan texnika bir-biriga chambarchas bog`lanib ketgan bo`ladi. To`pni kimga va qanday uzatishni, raqibni dog`da qoldirish usuli to`p bilan himoyani yorib o`tishni ishlatish kerakli yoki to`pni sherigiga uzatish ma`qulmi, darvozaga qaysi paytda to`p otishni hal qilayotgan o`yinchi taktik tafakkuridan foydalaniladi, qilmoqchi bo`lgan harakatini amalga oshirilayotganda esa u texnik mahoratini namoyish qiladi. Demak, texnika o`yinchining taktik rejalarini amalga oshirish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Texnik tayyorgarlik a`lo darajada bo`lsagina xilma-xil taktik harakatlarni bajarish mumkin.
Kuchi teng jamoalar uchrashuvidagi g`alabaga ko`pincha mag`lub bo`lganlarda iroda kamlik qilgani yoki jismoniy va texnik tayyorgarlik bo`sh bo`lgani sabab qilib ko`rsatiladi. Lekin gandbol o`yinidagi g`alaba ko`pincha taktik rejalar kurashi bilan belgilanadi. Taktika ikki jamoaning jismoniy, texnik va irodaviy tayyorgarlikdagi darajalari teng bo`lganda, ulardan birini g`alaba qilishini ta`minlab beradigan muhim omildir. Oldindan mukammal o`zlashtirib ishlatilgan taktika muvaffaqiyat keltira oladi. Ba`zi jamoalar har qanday raqibga qarshi o`ynaganda ham bir xil taktika ishlataveradilar. Taktik jihatdan bunday qashshoqlik, bir xillik mahoratning o`sa borishiga to`sqinlik qiladi. Har bir jamoa, ayniqsa, yuqori malakali jamoa xilma-xil taktik rejada o`ynay bilishi kerak, aks holda u, ayrim yutuqlari bo`lishiga qaramay, musobaqalarda katta g`alabaga erisha olmaydi.
O`quv-mashg`ulot jarayonida taktik tayyorgarlikka jiddiy e`tibor beriladi. Har bir o`yinchi, va umuman jamoa harakatlarning xilma-xil variantlarini mukammal egallagan bo`lishi lozim.
Hujum va himoyada qo`llaniladigan taktik harakatlar qarama-qarshi vazifalarni yechish uchun qo`llaniladi. Shuning uchun taktika ikki katta turkumga hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi.