Hujum o`yinni hal qiluvchi omildir, ya`ni muvaffaqiyat ko`pincha uning oxirgi natijasiga bog`liq bo`ladi. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi –bu raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va darvozaga to`p otishda shaxsiy qarshilikni yengish. Hozirgi kunda gandbol o`yini hujumning tez-tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy gandbol o`yinida himoyadan hujumga o`tish tezligi, taktik “kombinatsiya”larni bajarish tezkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik usullarning bajarilish vaqti qisqardi.
Jamoa harakatlari: Hujumda jamoalar asosan ikki taktik tizimni qo`llaydilar. Tez yorib o`tish va pozitsiya hujumi. Bu tizimlarning har qaysisi bir-birini to`ldiradi va shuning uchun hamma jamoalar qurollangan bo`lishi kerak.Taktik harakatlarga o`rgatish o`yinning umumiy tushunchasidan boshlanadi. Shug`ullanuvchilarda o`yin vaziyatini tahlil qila bilish, shu asosda o`yin sharoitlariga mos keladigan usul va uslubiyatlarni tanlab, ularni qo`llay olish ko`nikmasini hosil qilish, qobiliyatini shakllantirish lozim. Avvalo hujum taktikasi harakatlarini egallash amalga oshiriladi.
Har bir taktik harakatni o`rgatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
o`rgatilmoqchi bo`lgan taktik harakatni tushuntirish va sxema yokimaketda ko`rsatish;
harakat yo`llarini bevosita maydonda chizib, raqiblar sust qarshilikko`rsatgan holatda o`rgatish (raqiblar o`rni ustunchalar bilan belgilanadi);
belgili vazifa olgan faol raqiblarga qarshi harakatlarni o`rgatish;
Individual taktik harakatlarga o`rgatish, texnik usullarni o`rgatish bilan barobar boshlanadi. O`rgatuvchi o`rgatayotgan usuli bilan birga uning o`yinda qo`llanishi ahamiyatini ham tushuntirishi lozim. Oddiy holatlarda harakatlar etarli o`zlashtirilgandan so`ng, bu harakatlar har xil to`siqlar yordamida murakkablashtirib o`rganiladi.
Individual taktik harakatlarni o`rgatish uchun yakkakurash elementli mashqlarni bajarish zarur.
To`p otish taktikasi quyidagi tartibda o`rgatiladi: birinchi taktik vazifa – darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishda ustun kelish. Bu vazifani yechish uchun shug`ullanuvchilar darvozabon o`yini to`g`risida dastlab nazariy, darvozabon va hujumchi harakatlari bog`liqligi to`g`risidagi bilimlarga ega bo`lmog`i kerak. O`rganishda darvozaga har xil traektoriyada to`p otishni bilish juda muhimdir.
To`pni har xil yo`nalishda yuborish qiyinchiliklari;
Darvozabonning to`p qaytarishi qiyin bo`lgan joylar (bosh ustidan, darvozaburchaklari, bel atrofidan);
Belgili o`yin holatidan darvozabonning to`p qaytarishi qiyin bo`lgan joygato`p otish. To`p otishni takomillashtirishda mashqlar yuqorida ko`rsatilganlar asosida tanlanishi lozim.
Ikkinchi taktik vazifa himoyachi bilan yakkama-yakka chiqishda g`olib bo`lish. Bunday holatlarda ham o`rgatuvchi shug`ullanuvchilarga qaysi holat va usullarni (bosh yonidan, bel atrofidan, qo`llarni yuqori ko`tarib qo`yilgan to`siqlar yonidan) qo`llash maqsadga muvofiqligini tushuntirishi lozim.
Uchinchi taktik vazifa bir vaqtda himoyachi va darvozabon ustidan g`olib bo`lish. Bunday yo`nalishdagi mashqlarni bajarishda shug`ullanuvchilar bir vaqtda ikki vazifani yechadi.