Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə51/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Individual harakatlar


Individual (shaxsiy) harakat joy tanlash uchun to`p bilan va to`psiz hujumchiga qarshi kurashda mo`ljallangan.
Joy tanlash – himoyada muvaffaqiyatli harakat qilishning muhim holatidir. Hujumning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib, to`p egallagan hujumchiga yaqin bo`lish niyatida himoyachi muntazam joy almashtiradi va ayni vaqtda vasiylik qilgan o`yinchisini nazorat qilishda davom etadi. Buning uchun himoyachi maqsadga muvofiq usulda harakat qilishni tanlagani ma`qul.
To`pni olib qo`yish – qarshi hujum muvaffaqiyatining asosidir. Shuning uchun himoyachi hamisha to`pni egallashga harakat qilishi kerak. Buning uchun u darvozani himoya qiluvchi o`yinchilar orasida va shu bilan to`p uzatish imkoniyati bo`lgan chiziq yaqinida joylashishi kerak. Ba`zi hollarda oldinga chiqishi va to`p uzatish yo`nalishini to`la berkita olgani maqsadga muvofiqdir.
To`p egallashga chiqmoqchi bo`lgan o`yinchining yo`nalishini gavda bilan to`sib, unga halaqit qilish mumkin. To`p egallagan o`yinchini mo`ljalga olish imkoniyatidan va to`p uzatishga qulay usuldan foydalanishdan mahrum etish, to`pni otishi yoki yerga urib olib yura olmasligi uchun unga hujum qilish zarurdir.
To`p bilan bo`lgan o`yinchini yon chiziq tomon yoki uning kuchsiz qo`li tarafiga siqib chiqarish maqsadga muvofiq bo`ladi. To`p bilan to`xtatgan o`yinchiga darhol uning kuchli qo`li tomonidagi yelkasiga qo`l qo`yib, hujum qilish zarurdir. Bombardir o`yinchilarni darvozaga yaqinlashtirmasdan, uzoqroq masofaga chiqib kutib olish ijobiy natija beradi (to`qqiz metrlik chiziq oldida).
To`p otuvchi o`yinchiga qarshi himoyachi to`siq qo`yishni ishlatishi shart. Shu bilan birga, qo`shimcha to`siq qo`yishni tashkil etish uchun, unga yaqin turgan sherigi yordamga kelishi kerak.
Himoyachi darvoza bilan to`p otayotgan o`yinchining zarba beruvchi qo`li orasiga joylashib, u to`p otayotgan tomondagi darvozaning burchagini to`sadi. Bu darvozaning yaqin va uzoq burchaklari bo`lishi mumkin. To`p, to`siq qo`yuvchining qo`li va darvoza markazi xayolan chiziqlar bilan biriktirilib, o`tmas burchak hosil qilinadi. Burchakning yo`nalishi, darvozaning qaysi tarafini himoya qilish kerakligini ko`rsatadi.
Ayniqsa, chalg`itishlardan foydalanadigan o`yinchiga qarshi ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Muayyan sharoitda hujumchiga qaysi harakat qulay bo`lishini oldindan belgilab olishi va aldamchi harakatga ahamiyat bermasdan, diqqat-e`tiborni asosiy xavf keladigan joyga qaratish kerak. Faqat hujumchining to`p otmoqchi bo`lgan qo`li tarafga siljish maqsadga muvofiqdir.
Agar himoyachi aldamchi harakat qilib hujumchini shoshilinch chora ko`rishga majbur etsa, u holda hujumning yakuni himoyachilar foydasiga hal bo`ladi. Himoyachining vazifasi – hujumchilarni kam foyda keltiradigan harakat qilishga majbur etishdir.
Gandbolchilarning taktik harakatlarini nazorat qilish va rivojlantirish: Yuqori malakali sportchilarni tayyorlash ilmiy nazariyasi keyingi yillarda ikki yo`nalishda ish olib borilmoqda. Birinchisi ommaviy hisoblanadi, ikkichisi o`quv mashg`ulotlarini hajmini va sonini ko`paytirish hisobidan bajariladigan har bir texnik-taktik usuli, xar bir mashqning sifatiga e`tibor berishdir.
Har bir o`yinda musobaqalar jadvali tig`iz bo`lgan taqdirda, sportchilarni kayfiyati, texnik-taktik jixatdan puxta tayyorgarligi, qobiliyatlarini to`g`ri baholay bilish, kerakli vaqtda o`yinga tushirish yoki almashtirish.
Jamoa muvoffaqiyatinining garovi hisoblanadigan yana bir muhim omil, ShTX va GTX (gurux taktik harakatlari) hisoblanadi. Jamoa gurux bilan kombinatsion o`yinlarga alohida e`tibor qaratish lozim.
Ayniqsa, jamoada o`yinchilar 2-3 tadan bo`lib, o`zaro bir birini yaxshi tushunib o`yin namoyish etsa, o`yin qiziqarli bo`ladi va natija ko`ngildagidek bo`ladi. Yetakchi mutaxassislar musobaqalarda yuqori natijalarni qo`lga kiritish uchun sport o`yinlari, shu jumladan gandbol jamoasining gurux taktik harakatlari, umum jamoa texnik-taktik o`yinlari katta axamiyatga ega.
Musobaqalar - sportchilar uchun, rag`batlantiruvchi omil hisoblanadi va shu paytning o`zida sportchidan yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash, sport kurashiga o`rganish va mashq jarayonini nazorat qilishga o`rgatadi.
Sportchining musobaqalarda ko`p qatnashishi Shunchalik tajribaga ega bo`lishligini amaliyot ko`rsatib turibdi.
Sportchini musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik tizimida quyidagilarni hisobga olish zarur:

  • sportchi uchun musobaqalar hafsala bilan tanlanishi va asta-sekinqiyinlashib boradigan bo`lishi lozim;

  • musobaqada kuch jihatdan teng bo`lgan sportchilar qatnashish;

  • yuqori darajadagi yutuqlarga erishish uchun zarur bo`lgan miqdordagimusobaqalarda qatnashish zarur;

  • vaqtni u yerdan bu yerga ko`chish va h.k.va kuchni ko`p talab qiladiganmusobaqalarning ko`payib ketishi mashq ishlarini cheklab, sportchi tayyorgarligiga salbiy ta`sir etishi mumkin;

  • musobaqalar taqvimi (kun, taqsimot, musobaqalar qiyinligi darajasi) Shunday sharoit yaratishi kerakki, bunda sportchiga katta imkon yaratilsin. O`tkazilayotgan barcha musobaqalar shu maqsadga qaratilmog`i zarur.

Shunday qilib, sport musobaqalari erishilgan yutuqlarni namoyish qilish, ayrim sportchi va jamoaning yutuqlarini baholash va solishtirish usuli ekan.
Sportchilarni musobaqa vaqtidagi faoliyati musobaqa faoliyati deb yuritiladi. Musobaqa faoliyati eng yuqori sport natijalarga erishishga qaratilgan ayrim harakat, usul, kombinatsiyalardan iborat, tayyorgarlikning texnik, jismoniy, taktik, ruhiy integral darajasi bilan ta`minlanadi. Sport musobaqalarida qatnashish musobaqa faoliyati ko`rinishining shakli hisoblanadi .
Sport taktikasini qisqa qilib sportda bahslashish sanati deb tariflash ham mumkin. Kengaytiribroq aytganda, sport taktikasi, birinchidan, sportchilarning imkoniyatlarini, raqibning xususiyatlarini hamda musobaqalarning aniq shartsharoitlarini hisobga olgan holda musobaqalarda qatnashishni maqsadga muvofiq keladigan rejani ishlab chiqishdan: ikkinchidan, sportning imkoniyatlarini mumkin qadar to`larok namoyon etadigan baxs yuritish vosita va usullaridan foydalanish yo`li bilan bu rejani amalga oshirishdan iborat. Umumiy qilib aytganda, taktika strategiyaga bo`ysunadi.
Sportchilarning taktik tayyorgarligi jarayonida quyidagilar nazarda tutiladi:
Sport taktikasining nazariy asoslarini o`zlashtirish (taktik usullar, haqida, ularni qanday va qay xildagi sharoitlarda qo`llash kerakligi va hakozolar, haqidagi bilimlarni egallash):
Sportdagi raqiblar imkoniyatini hamda bo`lajak musobaqalarning shartsharoitlarini o`rgatish:
Taktik usullarni, ularning majmuasi va variantlarini to mukammal taktik mahorat va malakalarini egallab olgunga qadar o`zlashtirish.
Taktik mahoratga erishish uchun zarur bo`lgan taktik tafakkur va boshqa qobiliyatlarni tarbiyalash.
Tayyorgarlik strategiyasi alohida yirik musobaqalarda va musobaqa strategiyasida quyidagilarni hisobga olish kerak.

  • alohida sport turidagi kutilayotgan raqobatning rivojlanish darajasi;

  • oliy toifadagi sportchilar tayyorgarlik an`analarining sport yutuqlarigaerishish darajasi;

  • material bazasining holati (zamonaviy sport anjomlari, inventar vauskunalar, apparatlar soni);

  • malakali mutaxassislar mavjudligi (murabbiylar, tashkilotchilar, ilmiy vatibbiyot ishchilari, xizmat qiluvchi personallar);

  • terma komandaning nomzodlar tarkibi, ularning malakasini darajasi,musobaqa tajribasi va yetakchining mavjudligi;

  • tayyorgarlik jarayonining mazmuni va tizim haqida zamonaviy bilimlar,tayyorgarlikning asosiy tomonlarini natijali amalga oshirishdagi vositalar va usullar, mashg`ulot va musobaqa yuklamasining optimal dinamikasi;

  • tayyorgarlik darajasining ilmiy - metodik va tibbiyot bilan ta`minlanishi;

Musobaqa faoliyatining taktikasi deganda, taktik xodisalarda texnik usullarni qo`llash, bellashuv vazifalarini yechish uchun musobaqa qoidalaridagi tayyorgarlikning ijobiy va salbiy xarakterlarini va muhit holatini hisobga olgan holda maqsadga yo`naltirish uslubi, deb tushuniladi.
Har bir sport turidagi taktik vazifalarni yechish usuli o`ziga xos va musobaqa qoidalariga, sport texnikasini xususiyatlariga, sport turining an`anaviyligiga, sportchining tajribasiga bog`liq. Taktikaning xususiyati aniqlangan sport turiga va musobaqalashuvning o`ziga xosligiga ko`ra individual, guruxlashgan yoki komandali bo`lishi mumkin.
Sportchi faqat raqib jamoa bilan munosabatda bo`lmay, balkijamoadagi sheriklari bilan ham hamjihat bo`lishi kerak.
Gandbolchilar tezkorligi ko`p jihatdan uning asab tizimlari harakatchanligiga, sharoitlarga, raqib harakatlaridagi ko`rimsiz o`zgarishlarni sezishga bo`lgan sezgirlik ularga qay darajada rivojlanganligiga bellashuvda xar safar yuzaga kelgan vaziyatni bir zumda qabul qilish va to`g`ri baxolay olish malakasiga, taktik harakatlarni o`z vaqtida va aniq bajarishga bog`liq.
Raqib tomonning malakasi hamda individual tomonlardan tashqari, taktik algoritmli vaevristikali bo`lishi mumkin.
Algoritmli taktika - avvaldan rejalashtirilib va amalga oshirishi kerak bo`lgan hodisa. O`yin davomida sportchilar doimo raqib jamoaga nisbatan harakatchan bo`lishi kerak. Bunday holatlarda sportchilar harakatini oldinroq rejalashtirib, textik-taktikani aniqlab, tez harakat qiladi.
Evristikali taktika - sportchining yakka kurashda paydo bo`lgan holatga bog`liq ta`sirida ko`riladi. Ba`zan musobaqalarda murukkab hodisalar kutilmaganda sodir bo`ladiki,sportchi bunga tayyor bo`lmay qoladi.
Bunday holatlarda sportchi darrov holatni tushunib, unga harakat qilishi kerak. Bu esa harakatning eng murakkab varianti hisoblanadi.
Sportdagi hamma harakatlar tayyorgarlikka, hujum qilishga, himoya qilishga qaratiladi. Harakatlarning taktik yo`nalishi xaqiqiy yoki qalbaki bo`lishi mumkin. Sport musobaqalari jarayonida raqiblar bilan bo`lgan bellashuvda doim axborot almashib turiladi. Har bitta sport qatnashchisi raqiblarga nisbatan haqiqatni yashiradi yoki yolg`on ma`lumot beradi. Niqoblanishning haqiqiy niyati, yolg`ondan tayyorlanish, yolg`ondan hujum qilish yordamida raqib tomon tasavvurini o`zgartirish. Bu esa musobaqa faoliyatining himoyalanishi taktikasi hisoblanadi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin