Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat


-rasm. Harakatlanish texnikasining tasniflanishi



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə55/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

48-rasm. Harakatlanish texnikasining tasniflanishi
Fubolchilarda chastota sal ortiqroq: sekundiga 5,1-5,5 qadam bo`ladi. Bu esa havoda uchish fazasi qisqaroq bo`lgani sababli tez to`xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi.
Tisarilib yugurishdan asosan to`pni olib qo`yishda va to`pni olishda qatnashayotgan himoyadagi o`yinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham siklik (qo`shaloq qadamli) bo`ladi. Qisqa-qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo`qligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog`i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklanganligidadir.
O`yin sharoiti ko`pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga orttirilib, bu ko`proq oyoqning orqaga faol harakat qilishiga bog`liq.
Tisarilib yugurayotganda, o`yinchi ba`zan muvozanatni yo`qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning og`irlik markazi o`qi tayanch yuzasining tepasida turishi o`yinchi holatining turg`un bo`lishi shartlaridan biridir.
Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo`nalishini o`zgartirish uchun, turgan joydan o`ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spetsifik vositasi bo`lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo`shib qo`llaniladi.
Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish qadamlari bilan ifodalanadi. Qadam tashlash siklining birida (qo`shaloq qadam) siltanuvchi oyoq tayanch oyoqning oldiga chalishtirib o`tkaziladi. Yugurish paytida havoda uchish fazasi juda qisqa.
Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan zarur holatga o`tishda (masalan, o`yinchi oldini to`sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida qo`llaniladi. Keyinroq o`yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli usullari sifatida ijro etiladi.
Juftlama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi. Birinchi qadamni harakat yo`nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi.
Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo`r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo`naltiriladi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin