Toshket Moliya instituti Moliya fakulteti 74-guruh Ashirmatov Chingiz va 75-guruh Abrahmatov Namozalining Tadqiqot Metatologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
MAVZU:O’zbekistonda qishloq xo’jaligi sohasidagi muammolar
Reja:
KIRISH
1.O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligining hozirgi kungacha amalga oshirgan iqtisodiy va siyosiy harakatlari
2. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi sohasida fermer dehqonlar huquqlari va qishloq xo’jaligi tizimidagi kamchiliklar tahlili
3.O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun beriladigan takliflar
Xulosa
Foydanalingan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirish yo’lida juda ko’p islohotlar amalga oshirilmoqda shular jumlasidan 2019-yil 24- oktabrdagi O’z-bekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirish to’g’risidagi 2020-2030-yillardaga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida “ PF-5853-sonli farmoni asos bo’la oladi. So’ngi yillarda mamlakatimiz qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ayniqsa davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish ,bozor munosabatlarini keng joriy qilish qishloq xo’jaligi mahsulotlarni yetishtiruvchi ,qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni ng huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish resurslarni tejovchi texnalogiyalarni tadbiq etish shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash barosida ma’lum bir ishlar amalga oshirilmoqda. Strategiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi natijasida yangidan-yangi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishga tushirildi. Xo'jalik yuritishning zamonaviy uslublari va ilg'or shakllari, jumladan, turli ixtisoslashuvdagi klasterlar, qishloq xo'jaligi birlashmalari (kooperatsiya) tashkil etildi. SHuningdek, hududlarda jami 51,9 ming gektar yer qayta foydalanishga kiritildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hech bir davlatda osonlikcha amalga oshirilmagan.islohotlar o’z navbatida eskicha yashash , eskicha ishlashga o’rganib qolgan ayrim mansabdorlarga yoqmaydi.Buniyam ochiq aytishimiz kerak.Chunki o’zgarish ularning tinchini orommini va o’z rejalarini buzib yuboradi.Lekin hayot davom etar ekan,hayot talabi bo’lgan islohotlar ham izchil davom etishi muqarrar.Bu haqiqatni barcha darajadagi mansbdor shaxslatr chuqur anglab olishi zarur .
Dostları ilə paylaş: |