74-guruh Ashirmatov Chingiz va 75-guruh Abrahmatov Namozalining



Yüklə 247,3 Kb.
səhifə4/4
tarix03.04.2023
ölçüsü247,3 Kb.
#92721
1   2   3   4
tadqiqot

Ikkinchidan, aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolmoqda. Uzoq yillar foydalanilmayotgan tomorqa yer egalarining yerga nisbatan munosabatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha tizimli ish olib borilmayapti
uchinchidan, fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlari hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish ustidan parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati lozim darajada o‘rnatilmagan; 

to‘rtinchidan, fermer xo‘jaliklarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan cheklanib qolmoqda, ularning qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulotlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatish kabi ko‘p tarmoqli faoliyatini yo‘lga qo‘yishda mavjud imkoniyatlardan foydalanilmayapti; 

beshinchidan, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatishda zarur infratuzilmalar yaratilmagan hamda sohada bozor mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan; 

oltinchidan, aksariyat fermer xo‘jaliklarining bugungi moliyaviy


ahvoli zamonaviy, resurstejovchi qishloq xo‘jaligi texnika vositalarini xarid qilish, ishlab chiqarishda ilg‘or agrotexnologiya, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini bermayapti; 

yettinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari a’zolari va tomorqa yer egalarining qishloq ho‘jalik mahsulotlarini yetishtirish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish tizimi, shuningdek fermer xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini tashkil etish holati bugungi kun talablariga javob bermaydi. 


3.O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun beriladigan takliflar
O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligini ma’naviy eskirgan usullarni yo’qotib zamonaviy yo’llarni izlash zarur va dolzarb masala.Hozirgi kunlarda qishloq xo’jaligini raqamlashtirish muhin ahamiyat kasb etadi. Xorij tajribasini o’rganishimiz kerak. Rivojlangan davlatlardagi fermer xo‘jaliklari IT-texnologiyalar va innovatsiyalarni o‘z sohalariga aktiv targ‘ib qilib kelishmoqda. Bu - turli datchiklar, sun'iy yo‘ldoshlardan olinadigan ma'lumotlar va mobil ilovalardir. Ular yordamida urug‘larni ekish, sug‘orish, chopiq qilish va aniq bir daladagi hosilni yig‘ib olish uchun eng qulay vaqt aniqlanadi. Texnologiyalar yetkazib berishning optimal marshrutini tanlash yoki meva va sabzavotlarning chirib ketishining oldini olish maqsadida omborlardagi haroratni kuzatib borishni ta'minlaydi. Ular yordamida fermerlar xaridorlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yadilar, yangi bozorlarga chiqadilar va oldindan buyurtmalar oladilar.

Aytaylik, fermerlik harakati bilan shug’ullanib kelayotgan dehqon uzoq yillardan beri bodring o‘stirib keladi, mahsulotini eksportchilarga ulgurji narxda sotadi va yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi. Datchiklar va mobil ilova yordamida u keyingi yil qaysi qishloq xo‘jalik mahsulotiga talab ko‘proq bo‘lishini aniqlashi va aynan shu mahsulotni o‘z dalasida o‘stirishi mumkin. Agar dalasi ushbu mahsulot yetishtirishga mos kelsa, internet orqali investor topishi va yangi mahsulotni o‘stira boshlashi mumkin. Bu mahsulotga bo‘lgan talab yuqoriligi tufayli fermerning sotuvdan bo‘lgan daromadi ancha yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari tayyor savdo bozorlari va aniq xaridorlardan kelib tushadigan talablar ham mavjud bo‘ladi. Fermerda eksportchi bilan savdolashish ehtiyoji qolmaydi, faqatgina yaxshi narx beradigan xaridorni tanlashning o‘zi kifoya bo‘ladi. Hozirda agrostartaplarga investitsiyalarni aktiv jalb etayotgan davlatlar — AQSh, Xitoy, Hindiston, Kanada, Isroil hisoblanadilar. Budavlatlardagi investorlar doimo yangi bozorlarni qidirishadi. Respublikamizdagi keng imkoniyatlarni inobatga olib, ushbu sohani rivojlantirish mumkin va shartdir.Hozirda ko‘plab fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlarini arzon narxlarda eksportchilarga sotishadi. Chunki ularda logistika masalalarini o‘rganish, eksport-import shartnomalarni rasmiylashtirish va yangi bozorlarni qidirishga ishtiyoq yo‘q.Xarajatlarni qisqartirish, samaradorlikni oshirish - har qanday darajadagi va yo'nalishdagi zamonaviy qishloq xo'jaligi korxonasini rivojlantirishning asosiy maqsadidir. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bugungi kunda raqamli ishlarni va texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiyot ishida kerakli sifat o'zgarishlariga erishish mumkin. Ushbu yo'lni hali ham oson va tez deb atash mumkin emas. Bir necha yillardan beri AQSh, Gollandiya, Yaponiya va Hindistondagi bir nechta yirik ishlab chiqaruvchilar bir haydovchisiz traktorlar va kombaynlarning modellarini sinab ko'rishmoqda.Avtomatik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan traktor dala bo'ylab bir nechta aylana yasadi, mustaqil ravishda marshrutni tanladi, erdan unumli foydalandi va yo'lda to'siqqa duch kelib to'xtadi.

Bu ajablanarli emas: murakkab texnologiyaning ko'pgina kamchiliklari darhol sezilmaydi va kamchiliklarni bartaraf etish vaqtni talab qiladi.Qishloq xo'jaligidagi ishlab chiqaruvchilar yangi vositalarning tez tarqalishini oldini oladigan asosiy muammo katta investitsiyalarga ehtiyoj sezishidir. Hatto qishloq xo'jaligidagi xoldinglar ham bosqichma-bosqich innovatsiyalarni joriy etishni afzal ko'rishadi, har bir qadamning samaradorligini bosqichma-bosqich baholab, moliyaviy yuklarni taqsimlab, qo'shimcha kreditlardan qochishadi, kichik korxonalar uchun raqamlashtirish sohasidagi yutuqlar hali ham mavjud emas. Qishloq xo'jaligi korxonalarining katta qismi raqamli texnologiyalarni faqat qo'shma moliyalash asosida joriy etishga tayyor, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmog’i lozim.Qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalari o‘z taraqqiyot strategiyalarini dehqonchilik jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilab olishni allaqachon boshlab yuborishgan.Masalan, AQShning Jon Dir kompaniyasi qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri. Kompaniya o‘z traktorlariga IoT (Internet of Things — narsalar interneti) datchiklari va veb-interfeyslar bilan qo‘llab-quvvatlangan majmualarni joriy etishga kirishgan. Agrar texnikalar sohasida «aqlli» qurilmalarni qo‘llash darajasi bo‘yicha Yevropa mamlakatlari hozircha AQShdan ortda qolmoqda. Yevropa Ittifoqida 80 foiz qishloq xo‘jaligi texnikalari navigatsiya tizimlari bilan sotilishiga qaramay, ularning qariyb 30 foizi amalda tarmoqqa ulangan xolos. Bunga sabab, Yevropa Ittifoqida yirik fermer xo‘jaliklari AQShdagiga nisbatan ancha kam. Chunki Yevropada yetarli texnikalarga ega kichik oilaviy fermalar ustuvorlik qiladi va ularni ancha qimmat bo‘lgan «aqlli»lariga almashtirishga shoshilishmaydi.

Tractica konsalting kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilga borib, qishloq xo‘jaligi robotlari yetkazib berish 32 mingtaga oshib, 594 ming birlikni tashkil etadi.Traktor va yuk tashuvchi mashinalarga o‘rnatilgan o‘ziyurar tizimlarning inson omili ta’sirini kamaytirish bilan bir qatorda, yana bir muhim afzalligi bor: ular don va yonilg‘i o‘g‘irligini kamaytirishga imkon beradi.Intellektual fermalarda nafaqat haydovchisiz transport vositalari, balki kamera va yuqori sezuvchi sensorlar bilan ta’minlangan uchuvchisiz uchish apparatlaridan ham foydalanish mumkin. Ular bir necha soat davomida qishloq xo‘jaligi uchastkalarida tadqiqot olib borish, kamera va sensorlar yordamida yiqqan ma’lumotlarni fermerga yetkazish, maydonlar elektron xaritasini 3D formatda yaratish, ekinlarni samarali o‘g‘itlash maqsadida me’yorlashtirilgan vegetatsiya indeksini hisoblash, olib borilayotgan ishlarni xatlash, yerni himoyalash va boshqa imkoniyatlarga ega hosildorlik haqida oldindan ma’lumot beradi. Sensor va datchiklar nafaqat ekin yetishtirishga, balki hosilni to‘liq saqlashga ham yordam beradi. Bularning bari o‘simliklarni parvarishlashga aql bilan yondashuvni ta’minlaydi.Elektron qurilmalar chorvachilik va baliqchilik xo‘jaligini samarali boshqarishga ham yordam beradi — qoramollar joylashgan joy va ob-havo o‘zgarishlarini nazorat qiladi. Bunday qurilmalar orqali fermerlar allaqachon jonivorlar homiladorligi, sog‘ish vaqti va kasallik belgilarini aniqlashni o‘rganib olishgan


.Ma’lumotlarga qaraganda Dunyo bo‘yicha 70 foiz toza suv qishloq xo‘jaligi uchun sarflanib, achinarlisi uning 60 foizi shunchaki isrof bo‘lib ketar ekan. Bu muammoni ham aqlli tizim hal qiladi — tizim suv nasoslarini masofadan turib boshqarish imkonini berib, fermerlarni suv oqishi va yetishmovchiligi haqida ogohlantiradi. Hindistonlik fermerlar bu borada «Nano Ganesh» mobil tizimidan foydalanishadi. Tizim yordamida ular suvni, mablag‘larini va vaqtlarini tejab qolishga erishmoqdalar.Chilida esa mevalar plantasiyasini datchiklar bo‘yicha sug‘orish suv sarfini 70 foizga kamaytirish imkonini bermoqda. Albatta, bunday tadqiqotlar dunyo bo‘ylab olib borilyapti. Masalan, NASA AQSh geologiya xizmati bilan hamkorlikda sun’iy yo‘ldosh yordamida shtatlar hududida tuproq namligi haqida dolzarb ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan.


Qishloq xo‘jaligiga intellektual texnologiyalarni joriy etish iste’molchilari, albatta, fermerlar va fermalar rahbarlaridir. Texnologik provayderlar esa yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Ular iste’molchilar uchun innovatsion dasturlar yoki mobil ilovalar, M2M uskunalari, datchiklar va kuzatuv qurilmalari, aloqa kanallari, ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari va boshqa aqlli yechimlar ishlab chiqish uchun javobgardir. Ammo, har bir ferma (yolki har bir fermer) ham internetga ulangan emas. Hatto tarmoqqa ulanish uchun uncha katta bo‘lmagan fermaga yetarlicha sarmoya lozim.

Aqlli texnologiyalar nafaqat dehqonchilik, bog‘dorchilik yoki chorvachilikda, balki baliqchilik sohasida ham o‘z samarasini bermoqda. Baliqlar migratsiyasini kuzatib borish va baliq ovlash uchun eng yaxshi joyni tanlash, ozuqa namunalarini tahlil qilish, ehtimoliy kasalliklarni aniqlash kabilarni endi zamonaviy texnik qurilmalar, monitorlar yoki GPS datchiklari yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Shuningdek, suvning sifati haqida ham ma’lumot olish mumkin.Texnologiyalar bizga nafaqat oldimizdagi vazifalarni tez va yaxshi bajarishimizga yordam beradi, balki biz avval tasavvur qilib ham ko‘rmagan ko‘plab yangi imkoniyatlarni ham ochadi. Uzoq yo‘lni bosib o‘tgan texnologiyalar hamon rivojlanishda. Bugunga kelib, veb-interfeysli qurilmalar va xizmatlar ancha ko‘p ommalashdi, shuning uchun ham narsalar internetiga bo‘lgan qiziqish rekord darajada yuqori o‘rinni band etib turibdi. Fermerlikning an’anaviy usullari o‘sib borayotgan oziq-ovqat talabiga tenglasha olmaydi, shu bois fermerlar aqlli qishloq xo‘jaligiga tobora ko‘proq murojaat qilishmoqda. Va bu kelajagi porloq yagona soha bo‘lishiga shubha yo‘q.


Yurtimiz zamini serhosil, bahorda tayoq suqsak kuzda meva beradi. Lekin, aholimizning yildan yilga ko‘payib borayotganini, suv, elektr energiyasi va boshqa tabiiy zaxiralarimizning cheklanganini inobatga olsak, «aqlli» qishloq xo‘jaligining naqadar ahamiyati kattaligini anglab yetamiz.

Shunday ekan, agrar sohaga zamonaviy tizimni tatbiq etishlarida mirishkorlarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Xulosa. Bugungi kunda mamlakatimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tarmog’ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yangicha yondashuvlar asosida yuritishni ko’zlab ko’plab islohotlar amalga oshirmoqda.O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasi ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Mazkur strategiyaning asosiy vazifasi qishloq xo’jaligi oziq-ovqat sohasida raqobatbardoshlilikni oshirishda yanada chuqurlashtirganda davlat siyosatini to’g’ri yo’naltirgan bo’lib, ustuvor yo’nalishlarni qamrab oladi.Shuningdek mamlakatimiz Prizedenti tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar agrar sohasining barcha yo’nalishlrini rivojlantirish uchun yo’lga qo’yilmoqda.To’g’ri o’tkan yillar davomida ko’plab xato va kamchiliklarga yo’l qo’yildi yoki ko’z yumildi.Lekin o’zbek dehqonlariga unumdor yer berilkan-ki daromatli ekinlar yetishtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.SH.M.Mirziyoyev PF 5853-son 23.10.2019 Lex.uz
2.SH.M.Mirziyoyev PF 5199-son 9.10.2017 prezident.uz
3.O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi “Yil yakunlari”
4.O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi “Urbanizatsiya darajasi” 04.08.2020
5.Allayorov I.X. Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasihttps://kompy.info/ozbekistonda-qishloq-xojaligini-raqamlashtirishda-xorij-tajrib.html 26.05.2021

6. 2021- yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha YaIM tarkibi stat.uz

7. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojoati reviev.uz

8. Aqlli” qishloq xoʻjaligi Xalq so’zi gazetasi


9 O‘zbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati kun.uz
10. Qishloq xo‘jaligi texnikalari haqida https://data.egov.uz/data/610802982a2e256d868e879f



Yüklə 247,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin