74-guruh Ashirmatov Chingiz va 75-guruh Abrahmatov Namozalining


Tadqiqot ishining predmeti



Yüklə 247,3 Kb.
səhifə2/4
tarix03.04.2023
ölçüsü247,3 Kb.
#92721
1   2   3   4
tadqiqot

Tadqiqot ishining predmeti bo’lib qishloq xo’jaligini rivojlantirishga yo’l qo’ymayotgan no’to’g’ri islohotlar va siyosatning iqtisodiyotga aralashuvi.
Tadqiqot ishining obyekti bo’lib O’zbekiston Respublikasi viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq xo’jaligi tanlab olindi.
Tadqiqot ishining maqsadi.O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’ja-ligidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun xulosa va takliflar berish.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib Tadqiqot ishi-ning vazifalari quyidagilardan iborat:
►Qishloq xo’jaligidagi moammolarning kelib chiqish sabablari
►Qishloq xo’jaligining O’zbekiston iqtisodiyoti va aholisiga ta’siri va ahamiyati

►Qishloq xo’jaligini yananda rivojlantirish yo’llarini tadqiq etish.


1.O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligining hozirgi kungacha amalga oshirgan iqtisodiy va siyosiy harakatlari.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi davlat tomonidan eng ko‘p boshqariladigan iqtisodiyot tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Katta yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari — dehqonlarning mulk huquqi juda zaif himoyalangan. Ularning faoliyatini tartibga solish usullari aslida sovet o‘tmishidan olingan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘p turlari, ishlab chiqarish resurslari va sektor uchun xizmatlar ishlab chiqilmagan. Qishloq xo‘jaligi sektori islohotga muhtoj bo‘lib qolmoqda. Qishloq xo‘jaligi — O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri.2022-yil yanvar-sentabr oylarida qishloq xo‘jaligining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 24.8 % foizni tashkil qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davrda 26,4 foizni tashkil etgan edi va bu o’tgan yilga qaraganda 1,6% ga kamaydi.

2021-yili yanvar-iyun oylari YaIMning tarmoqlar bo’yicha tarkibi


(jamiga nisbatan % da)


2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.
YaIMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida uncha katta bo‘lmagan o’zgarishlar ro’y berdi YaIM (YaQQ) tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 23,0 % dan





23,1 % ga, sanoatning ulushi 28,3 % dan 28,5 % ga oshdi. Shu bilan birga, qurilish tarmog‘ining ulushi 7,4 % dan 7,1 % ga kamaydi. Xizmatlar sohasining ulushi o‘tgan yilning mos davri darajasida saqlanib qoldi va 41,3 % ni tashkil etdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021- yilda 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 106,1 foizni (dehqonchilikda 107,5%) tashkil etdi. Jumladan, 11,6 mln. tn (111,4%) sabzavotlar, 3,3 mln tn (115,8%) kartoshka, 2,3 mln tn (108,6%) poliz, 3 mln tn (106,3%) meva, 1,8 mln. tn (111,5%) uzum, shuningdek, 7,9 mln tn (104,8%) don va dukkakli don ekinlari, qariyb 3,4 mln tn (110%) paxta xomashyosi yetishtirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 248,6 trln. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 241,8 trln. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 5,4 trln. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 1,4 trln. so‘mni tashkil qildi.




Yüklə 247,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin