U.X.Raximov, D.A. Yusupov
ATOM YADROSI VA
ELEMENTAR ZARRALAR
FIZIKASI FANIDAN
LABORATORIYA ISHLARI UCHUN
(USLUBIY KO’RSATMA)
Taqrizchilar:
F.Usmonov f-m.f.d. prof. NamMPI Fizika
kafedrasi mudiri.
X.Qo’chqorov,
f-m.f.n
NamDU
Fizika
kafedrasi katta o’qituvchisi
Ushbu uslubiy ko’rsatma Fizika kafedrasining 24 dekabr 2016
yilda 4-sonli, Fizika matematika fakul’tetinig 21 yanvar 2017 yildagi
6-sonli hamda Namangan davlat universiteti O’quv
uslubiy
kengashining 19 aprel 2017 yil 9 sonli majlisida muhokama etilgan
va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
Namangan davlat universiteti - 2017 yil
17
(6)
Ishning bajarish tartibi
1.
Radiometr tuzilishi bilan tanishing va uni ishga tayyorlang.
2.
Sanagichga yuqori kuchlanish beriladi. Sanagichning
kuchlanishin
qiymati qilib, uning sanash xarakteristkasi bo’yicha plato
o’rtasining ishchi nuqtasi olinadi.
3.
KCl tuzidan yasalgan qalin preparatni sanagichga qo’yiladi
va uning beta-aktivligini 2 - ishdagi uslubiyat bo’yicha aniqlanadi.
Tuzatma kiritiladi va preparatning absolyut aktivligi aniqlanadi.
4.
Solishtirma aktivlik A / m aniqlanadi.
5.
Yuqoridagi, ya’ni (6)
ifoda yordamida
40
19
K izotopining
yarim yemirilish davri aniqlanadi. Olingan
natijani adabiyotlardagi
ma’lumotlar bilan solishtiring. O’lchash va hisoblash natijalarini hisobot
jadvaliga kiriting.
Sinov savollari
1.
Nima uchun Mendeleev davriy sistemasidagi ba’zi
elementlar
tabiiy radioaktiv izotoplariga (masalan, kaliy, rubidiy, uran) ega bo’lib,
boshqalari esa ega emas, garchi barcha
tabiiy izotoplarni hamma
elementlardan olish mumkin bo’lsa ham?
2.
Nima uchun ushbu ishda foydalanilgan uslubni qisqa yashovchi
radioaktiv izotoplar yarim yemirilish davrini aniqlashga qo’llab
bo’lmaydi?
3.
Uzoq yashovchi izotoplar.
4.
Radioizotoplar aktivligi va ularning SI - birliklar sistemasidagi
o’lchov birligi.
5.
Preparatning absolyut aktivligi.
6.
Beta - aktivlikni tushuntiring.
7.
Gamma — aktivlikni tushuntiring.
8.
Aktivlikni o’lchash geometriyasi va detektorning effektivligi
nima?