Odam tanasi-bosh,bo`yin,gavda,qo`l,oyoq asosiy qismlaridir.Odam tanasi teri bilan qoplangan,teri ostida muskullar bor,muskullar suyaklarga birikkan,tana ichida yurak,o`pka,jigar,oshqozon,ichak kabi a`zolar bor.Teri
tanamizni shikastlanish,suv,chang,mikroblardan himoya qiladi,terida mayda qon tomirlari bor,teridagi xaltacha va naychalarda yog` va suv ( ter) bo`ladi,ular odam tana haroratini saqlab turadi.
Sklet qattiq suyaklardan tarkib topgan,tanamizda 200 dan ortiq suyak bor,suyaklar bir-biri bilan birikib,skletni hosil qiladi.Suyak ko`p a`zolar uchun tayanch vazifasini bajaradi va ichki a`zolarni shikastlanishdan himoya qiladi.M: kalla suyagi bosh miyani,ko`krak qafasi yurak va o`pkani himoya qiladi,bolalar suyagi to`liq shakllanmagan bo`ladi,shuning uchun yozayotganda gavdani to`g`ri tutish kerak.
Yurak ko`krak qafasidan chaproqda joylashgan,muskullardan iborat,kattaligi har kimning o`z mushtidek,katta yoshdagilarda 300 gramm,yurak muskullari doimo qisqarib,bo`shashib turadi,bu yurak urishi deyiladi.Katta odam yuragi-70-72 marta,bolalarniki undan ko`proq uradi.Kamharakat odamning yuragi tez charchaydi,shuning uchun yurakni chiniqtirib borish kerak,sport va badantarbiya bilan shug`ullanish kerak.Chekish va spirtli ichimliklar iste`mol qilsih yurak faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Katta yoshdagi odamda 5 litrgacha qon bo`ladi,odamda 2 xil:arteriya va vena qon tomirlari bor.Bu tomirlar tanamiz a`zolariga borib ingichka qon tomirlariga ,kapillarga bo`linib ketgan.Yurak bo`shashib,qisqarib arteriyaga qonni haydaydi,arteriaydagi qon o`zi bilan kislorod va oziq moddalarni organizmga yetkazib ,ularni oziqlantirib turadi.Tana a`zolaridan ajragan ortiqcha modda va karbonat angidrid boshqa kapillar orqali venaga boradi,odam yugurganda yoki jismoniy ish bajarganda,yurak urishi tezlashadi,buning sababi yurak qon orqali harakatdagi muskullarga ko`proq oziq modda va kislorod yetkazib beradi.
Dostları ilə paylaş: |