ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 628 www.ares.uz
faollashtirish bilan bir qatorda, atorof-muhitga nisbatan ongli munosabat hamda estetik
dunyoqarashni shakllantiradi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida atrof-muhit,
tabiat hodisalarini o‘rganish mayllarini uyg‘otishga hizmat qiladi.
Buning uchun
tabiiy-ilmiy bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘rgatish jarayoni oldiga
quyidagi maqsadlar qo‘yiladi:
- tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘rgatishga yo‘naltirilgan “Atrofimizdagi olam”,
“Tabiatshunoslik” darslarida o‘quvchilarga taqdim etiladigan o‘quv
materiallari,
savol-topshiriqlar, o‘yinlar, multimedia vositalarini tanlashda ularning tabiat va atrof
olamga bo‘lgan qiziqishlari, o‘rganish
mayllari, istak va ehtiyojlarini aniq hisobga
olish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zi va sinfdoshlari tomonidan o‘rganilgan
bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini
nazorat qilish, o‘zi va
o‘rtoqlarining faoliyat natijalarini baholash, atrof-muhitga
nisbatan ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lish tajribasini shakllantirish;
- tabiat hodisalari bilan bog‘liq holda vujudga keladigan noxush holatlardan
himoyalanish, o‘z sog‘ligini muhofaza qilish ko‘nikmalarini
hosil qilish, gigienik
talablarga rioya etish ko‘nikmasini hosil qilish;
- tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘rganish bilan bog‘liq bilish faoliyatini kengaytirishga
xizmat qiladigan o‘quv materiallarini tanlash va o‘quvchilarga taqdim etish;
- tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llash bilan bog‘liq bilish usullaridan
foydalana olishga o‘quvchilarni o‘rgatish;
- tabiat bilan ongli muloqotni amalga oshirish usullarini qo‘llay
olishga
o‘quvchilarni odatlantirish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy-ilmiy bilimlarni mustaqil o‘rganish va
o‘z amaliy faoliyatlarida qo‘llash tajribasini hosil qilish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: