ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 627 www.ares.uz holda tabiiy hodisalarni o‘rganish va ular ustida amaliy faoliyat bajarishlariga
imkoniyat yaratish.
4. Ochiqlilik prinsipi. Tabiiy-ilmiy bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv
asosida o‘rgatishda o‘quvchilarga tabiat hodisalari va ular haqidagi bilimlarni mustaqil
bilim olish asosida o‘rganishlariga imkoniyat yaratish.
5. Tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish prinsipi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga tabiiy-ilmiy bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida
o‘rgatishda, amaliy faoliyat jarayonida tabiatni asrash, tabiiy jismlarni ehtiyot qilish,
ularga ziyon yetkazmaslikka intilish ko‘nikmalari ham hosil qilinishi lozim.
Mazkur prinsiplar kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarga tabiiy-
ilmiy bilimlarni o‘rgatish jarayonini loyihalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tabiat
va inson munosabatlarini ijobiy nuqtai nazardan rivojlantirish, o‘quvchilarda ekologik
bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, tabiatga nisbatan ehtiyotkor munosabatda bo‘lish
tajribasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Tabiiy-ilmiy bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘rgatish
jarayonida muayyan kompetensiyalarni shakllantirish samaradorligini ta’minlash
uchun quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
- o‘quvchilarda tabiatga nisbatan aniq nuqtai nazarni shakllantirish;
- tabiat hodisalariga nisbatan ilmiy asoslangan ma’lumotlarni o‘quvchilarga
taqdim etish;
- tabiat hodisalarining inson faoliyati bilan bevosita bog‘liqligini o‘quvchilar
ongiga yetkazish;
- tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida o‘quvchilar
oldiga aniq savollar qo‘ya olish;
- tabiat hodisalari bilan bog‘liq holda muayyan farazlarni ilgari surishga
o‘quvchilarni o‘rgatish;
- tabiat hodisalari ustida kichik-kichik tadqiqotlar o‘tkazishga o‘quvchilar
e’tiborini qaratish hamda ushbu tadqiqotlar jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolarini bartaraf
etishlariga ko‘maklashish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiiy hodisalarni o‘rganish, jonzotlar va
o‘simliklarga nisbatan o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash imkonini berish kabilar.