Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari. Mashgʻulot turi: ma’ruza



Yüklə 267,06 Kb.
səhifə1/17
tarix28.11.2023
ölçüsü267,06 Kb.
#167522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Harakat malaka konuniat metodlar


Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari.
Mashgʻulot turi: ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Jismoniy tarbiya metodlarini tuzilish asoslari.
2. Ko’rgazmalilikni ta’minlash metodi.
3. Musobaqa metodi.
4. Qat’iy tarkiblashtirilgan mashq metodi.
5. Mashq metodida jismoniy yuklama va dam olishni almashtirish xususiyatlari.
6. Uzluksiz va yuklama rejimida standart takrorlash metodlari.
7. O’zgaruvchan mashq metodi.
8. Kombinatsiyalashtirilgan mashq metodi.


1. Jismoniy tarbiya metodlarining tuzilish asoslari

Jismoniy tarbiya jarayonida, maxsus mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni har bir harakat faoliyatiga o‘rgatish uchun o‘qituvchi turli o‘rgatish usullarini, yo‘llarini bilishi kerak, o‘quvchilar esa harakatlarga o‘rganish usullariga ega bo‘lishlari lozim. Qanday qilib o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil qilish mumkin, ya’ni turli harakatlarga o‘rgatish kerak? Bu o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. O‘rgatish usullari turli-tuman bo‘lib, ulardan keraklisini tanlab olish va unumli qo‘llash, o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. O‘quvchilarga tushuntirish, ularga bilim berish, munosabatda bo‘lish, o‘quvchilarning mustaqil o‘zlari bajarishlariga va ishlariga ta’sir etish "metod" deyiladi. Bu usullarni ayrim o‘rgatish vazifalari asosida amaliyotda qo‘llanilishi va amalga oshirilishi metodika deyiladi.


METOD - yunoncha atama bo‘lib, aynan «nimagadir yo‘l» degan ma’noni anglatadi, ya’ni maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Demak, har bir metodda har xil usullar mavjud. Bu usullar faqatgina bayon etib qolmasdan, balki o‘quvchilarga, bolalarga o‘rgatish sifatida ham qo‘llaniladi. O‘rgatish jarayonida o‘qituvchi berayotgan bilim o‘quvchilar tomonidan har xil qabul qilinadi. Biri tez o‘rganadi, ikkinchisiga ko‘proq vaqt talab etiladi. O‘rgatish samaradorligi o‘qituvchining to‘g‘ri usullarni tanlash va ishlata bilishiga bog‘liq. Bu metodlarni tanlashda vazifalar, tarbiyalashni ta’minlovchi o‘rgatish xarakteri, o‘quv materiallari, ularning imkoniyatlari, mashg‘ulot sharoitlari hisobga olinadi. Shuning uchun quyidagi jismoniy tarbiya metodlarini ko‘rib chiqish, ularning mazmunini to‘g‘ri tushuna olish lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida turli metodlar qo‘llaniladi. Ular bevosita, hissiy qabul etish, so‘z orqali yoki amaliy harakat faoliyatidan foydalanishga asoslangan. Jismoniy tarbiya metodlariga asosan amaliy harakat faoliyati kiradi, lekin birorta ta’lim-tarbiyani so‘z va ko‘rgazmali metodlarga asoslanmasdan turib, olib borib bo‘lmaydi. Bu esa jismoniy tarbiyada o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun jismoniy tarbiya metodlari bilan bir qatorda shu jarayonga kiruvchi boshqa hamma metodlarni aks ettiradi. Jismoniy tarbiya hamma metodlarining muhim asoslaridan biri jismoniy yuklamani boshqarish va uni dam olish bilan almashtirish tarkibi tashkil etadi.
Jismoniy yuklama deb jismoniy mashqlarni organizmga ta’sir etuvchi hamda sodir bo‘ladigan obektiv va subektiv qiyinchiliklarni yengish darajasiga aytiladi. Jismoniy yuklama organizmning ish potensiali sarflanishi va charchash bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, charchash jismoniy yuklama bilan ifodalangan tiklanish jarayoni ro‘y beradigan dam olish bilan bog‘liq. Shunday qilib, yuklama charchash orqali ish qobiliyatini tiklash va oshirishga olib keladi. Jismoniy yuklamaning samaradorligi uning hajmiga va shiddatiga to‘gri keladi.
Yuklamaning hajmi deb ayrim mashqlarning ko‘p vaqtli ta’sirchanligi, shuningdek, ma’lum bir vaqt bajarilgan jismoniy ishlarning miqdoriy yig‘indisiga aytiladi. Jismoniy yuklamaning shiddati uning har bir vaqtdagi ta’sir kuchi, funksiya kuchlanganligi, ta’sirning bir vaqtdagi qiymati bilan xarakterlanadi. Shiddat ko‘rsatkichlari: harakatning tezligi, ishlarning quvvati, qarshiliklar og‘irligi, shuningdek, mashqlarni bajarilish tezligi va h.k.
Jismoniy yuklama - jismoniy tarbiyaning turli metodlarida standart va takrorlash mashq metodi har bir vaqtida o‘zining tashqi parametrlari bilan amaliy bir xil vaqtida o‘zining tashqi parametrlari bilan bir xil va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ikkala tipdagi jismoniy yuklamalardan foyda, charchash hosil qilgan bir faoliyatdan boshqa ikkinchi faoliyatga o‘tish mumkin.
Jismoniy yuklama qismlari oralig‘ining uzoqligi tiklanish jarayonining sodir bo‘lishi qonuniyatlari va yo‘naltirish ta’sirlari asosida o‘rnatiladi. Intervalning 4 tipi mavjud:
1) To‘liq interval;
2) Qattiq yoki subinterval;
3) Ekstremal yoki superinterval;
4) Mini-maksi oralig‘dagi.
1. To‘Iiq yoki ordinal interval keyingi yuklama qismigacha amaliy to‘liq ish qobiliyatining tiklanishi. Bunda ishni qo‘shimcha funksiya kuchlanishsiz amalga oshirish imkonini beradi.
2. Qattiq intervalda keyingi yuklama qismi yetarlicha tiklanmagan vaqtga to‘g‘ri keladi - ma’lum vaqtgacha ishni davom ettirish mumkin, lekin tashqi son ko‘rsatishida o‘zgarishsiz bo‘lishi va fiziologik hamda psixologik ko‘rsatkichlari ortib boradi.
3. Ekstremal yoki superinterval intervali - bunda keyingi yuklama qismi yuqori ishchanlik qobiliyati fazasiga to‘g‘ri keladi. Tiklanish jarayonining qonuniyatlari natijasida paydo bo‘ladi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya metodlari asoslarida jismoniy yuklama va dam olishda to‘g‘ri foydalanish zarur.

Yüklə 267,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin