5. Mashq metodida jismoniy yuklama va dam olishni almashtirish xususiyatlari
Agar ta’sir etuvchi omil sifatida ayrim metodda turli harakatlar kompleks emas, balki konkret harakat vazifasidan aniq bir harakat turi bo‘yicha foydalanilsa, mashg‘ulot jarayonida jismoniy yuklamani normalashtirish va boshqarish ancha soddalashtiriladi. Standartlarga bo‘linish belgisi bo‘yicha bu metodlar ikkita kata guruhlarga:
1) Standart - takrorlash mashq metodlari;
2) O‘zgaruvchan mashq metodlariga bo‘linadi.
Har bir guruhda yuklamani uziluvchanligi, ya’ni uzluksiz mashqlar metodi va uzlukli yuklama metodlari, ya’ni interval mashqlar metodlarini ajrata bilish lozim.
6. Uzluksiz va yuklama rejimida standart takrorlash metodlari
Standarlashgan mashqlar jarayonida harakat tarkibi va yuklama tashqi parametrlari hech qanday o‘zgarishsiz takrorlanadi. Bunday standartlashtirish harakat malakalarini shakllantirish va mustahkamlashning zarur sharoitlaridan, shu bilan birga, organizmning ma’lum faoliyatga bo‘lgan morfofunksional moslashuvini hamda erishilgan ish qobiliyatini saqlashning hal qiluvchi shartlaridan biridir. Standart mashq metodlari bir xil me’yorda bo‘lmasa ham, hamma jismoniy sifatlarni tarbiyalashda foydalaniladi. Bu metod ko‘pincha tabiiy siklik tuzilishga ega bo‘lgan harakatlar asosida umumiy chidamlilikni tarbiyalash maqsadida qo‘llaniladi va bu holda bir me’yordagi texmkada uzoq harakatni tasavvur etadi. Standart intervalli mashq metodiga bir qator takroriy mashq metodlari kiradi, bu metodlarda bir xil jismoniy yuklama dam olishning nisbatan doimiy intervali orqali qayta tiklanadi. Masalan: 200 m masofaga maksimal yuklamaga yaqin tezlikda va takrorlash orasida 8-12 daqiqali interval bilan takror yugurib o‘tish; maksimal og‘irlikka yaqin vazndagi shtangani 3-5 daqiqali interval bilan takror ko‘tarish. Interval vaqtining qancha davom etishi mashqdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsadga qarab belgilanadi, bunday maqsad esa jismoniy yuklamani bajarish paytigacha ma’lum darajada ish qobiliyatini qanchalik tiklanishni kafolat berishdir. Bunda dam olish intervalning 4 - xil: to‘la, qattiq va eksterimal, mini-maksi turlari bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |