Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari. Mashgʻulot turi: ma’ruza



Yüklə 267,06 Kb.
səhifə3/17
tarix28.11.2023
ölçüsü267,06 Kb.
#167522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Harakat malaka konuniat metodlar

3. Musobaqa metodi
O‘yin metodi. O‘yin azaldan pedagogik vazifani ado etib kelgan hamda tarbiyaning asosiy vositasi va metodlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Tarbiya sohasida o‘yin metodi degan tushuncha o‘yinning rnetodik xususiyadari, ya’ni tarbiyaning boshqa metodlaridan farq qiladigan tomonlarini ifoda etadi. O‘yin metodining maqsadi: darsni qiziqarli va yuqori sifatli o‘tkazish, bolalarda qiziqish uyg‘otish. Buning uchun mashg‘ulotlar o‘yin tarzida o‘tkazilishi lozim. Masalan, yugurib kelib uzunlikka sakrashda yugurib kelish, depsinish, uchish va qo‘nish fazalari mavjud. Shu uchish fazasida sanash. Kim ko‘p sanasa, o‘sha o‘quvchi uzoqroqqa sakraydi. O‘yin metodi darsni qiziqarli o‘tishiga ko‘maklashadi, o‘quvchilarda yuqori natija ko‘rsatishga intilish hosil qiladi. Bulardan tashqari, dars zichligi maksimal darajada bo‘ladi va tarbiyaviy xarakterga ega: do‘stlik, mas’uliyat, axloqiy tarbiya amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning o‘yin metodi uchun quyidagi belgilar xarakterlidir:
1. Faoliyatni obrazli yoki shartli asosda tashkil etish, bunda vaziyatning doimiy va ko‘proq darajada behosdan o‘zgarishi bilan muayyan maqsadga erishish nazarda tutiladi.
2. Maqsadga erishish usullari xilma-xilligi va faoliyatning kompleks xarakterda bo‘lishi yugurish, sakrash, irg‘itish.
3. Shug‘ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishi, ularni tashabbus va chaqqonlik ko‘rsatishlari, topqir bo‘lishlariga harakat faoliyatlariga yuksak talablar qo‘yish.
4. Shug‘ullanuvchilar harakatining bir-biriga bog‘liqligi, yorqin emotsionallik.
5. Jismoniy yuklama miqdorining cheklangan imkoniyati.
Musobaqa metodi
Jismoniy tarbiya jarayonida, musobaqa metodi mashg‘ulot o‘tkazish davomida ham, mustaqil o‘yin shaklida (jismoniy tarbiya va sport musobaqalari) ham qo‘llaniladi. Musobaqa metodi bir muncha ravshan xarakterlovchi xususiyat bo‘lib, birinchilik yoki yuqori natijaga erishish uchun bellashuvda kuchlarni sinashdir. Musobaqa jarayonida, shuningdek, ularni tashkil qilish va o‘tkazish sharoitlarida rahbarlik qilish omili muhim fiziologik va emotsional kayfiyat yaratadi, bu holat jismoniy mashqning ta’sirini oshiradi va organizmning funksional imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi. Musobaqa vaqtida, asosan, sport musobaqalarida raqibning o‘zaro to‘qnashuvlari o‘yindagiga qaraganda ancha ko‘proq namoyon bo‘ladi. Tashabbuskorlik, qat’iylik, sabotlilik, dadillik, jasurlik. Olijanoblik, o‘rtoqlik kabi irodaviy hamda axloqiy hislatlarni tarbiyalashda musobaqa metodining ahamiyati katta. Lekin shuni unutmaslik kerakki, birinchilik uchun raqobat qilish, kurashish salbiy xususiyatiarning tarkib topishiga ham imkon berishi mumkin. Shu sababli musobaqa metodiga mohirona pedagogik rahbarlik qilingan taqdirdagina u ma’naviy tarbiya sohasidagi o‘z vazifasini oqlay oladi. Musobaqa metodining maqsadi: o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘zlashtirgan harakat ko‘nikma va malakalarini baholash; jismoniy tayyorgarligini aniqlash; yaxshilarini ichidan eng yaxshilarini aniqlash; sportga bo‘lgan qiziqish uyg‘otish. Musobaqa metodini qo‘llashda jismoniy tarbiya darslari musobaqa tarzda o‘tkaziladi.



Yüklə 267,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin