8. Kombinatsiyalashtirilgan mashq metodi Yuqorida aytib o‘tilgan metodlar amalda yangi metodlar hosil qilganday bo‘lib kombinatsiyalashadi. Bunga, bir tomondan har qanday material yuklamaning ham biror bir metodini "sof holda" qo‘llashga imkon bermasligi sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xilma-xil metodlarning xususiyatlarini birlashtirish ko‘p hollarda yuklama bilan dam olishni ancha to‘g‘ri tartibga solishga moslashtirish jarayoniga samaraliroq- ta’sir ko‘rsatishga va jumladan zarur sifat va malakalarining rivojlanishi maqsadga imkon berishi sababli turli kombinatsiyalar mavjuddir: Biz faqat amalda ko‘proq qo‘llaniladiganini ko‘rsatib o‘tamiz.
1) Takroriy o‘zgaruvchan mashq metodi Bu metod mashq jarayonida jismoniy yuklama komponentlarining standart o‘zgarishi uchun ortishi bilan almashinishini xarakterlaydi. Masalan: shtangani ko‘tarish harakatning ba’zi sohalarida og‘irlik o‘zgarmaydi, lekin yangi sohalar bo‘yicha ortib boradi. Bunda dam olish intervalini shunday o‘rnatish kerakki, bunda jismoniy yuklamani oshirish mumkin bo‘lsin.
2) Takroriy taraqqiy etuvchi mashq Bu metodda jismoniy yuklanish standart shaklda qayta tiklanishi uchun o‘sish bilan almashinadi. Masalan: shtanga bilan mashq qilinganda 2-5 marta takrorlanishdagi harakat seriyasida og‘irlik o‘zgarmaydi, lekin har bir yangi seriya bilan ortib boradi. Dam olish intervali shunday o‘rnatiladiki, bu vaqtda yuklamani oshirish mumkin bo‘lsin. Bu metod organizmdagi funksional va tarkibiy tuzilishlar uzoq sodir bo‘lishi uchun ancha foydali sharoitlar yaratib beriladi.
3) O‘zgaruvchan intervalli takroriy mashq metodi Bu metodni takrorlanuvchan mashq metodining bir turi sifatida qarash mumkin, lekin bu yerda yuklamaning tashqi tomoni kattaligi o‘zgarmas bo‘lib, qat’iy takrorlanuvchi deb olinadi. Organizmning javob ta’siriga kelsak, u dam olish intervallarining o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgaradi. Masalan: o‘rta masofaga yugurishda maxsus chidamlilikni tarbiyalash uchun bu metod quyidagicha konkretlashtiriladi.
Submaksimal quvvatga ega bo‘lgan ishni takroriy bajarish asos qilib olinadi (sub maksimal quvvati-mashq bajaruvchining maksimal tezligini 85-90%-ga teng tezlik bilan 400 m dan 4 marta yugurish). Takrorlanish orasidagi interval har bir ayrim mashg‘ulot davomida 7-8 marta 2-3 daqiqagacha qisqartiriladi. Bioximik tahlil natijasiga ko‘ra jismoniy yuklama bilan dam olishning bu tartibi g‘likolitik almashish jarayonining beto‘xtov aktivlashib borishini ta’minlaydi. (N.I. Volkov).