Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari. Mashgʻulot turi: ma’ruza



Yüklə 267,06 Kb.
səhifə15/17
tarix28.11.2023
ölçüsü267,06 Kb.
#167522
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Harakat malaka konuniat metodlar

Mavzu yuzasidan savollar:
1. Harakat malakalarideganda nimani tushunasiz?
2. Ko’nikma nima?
3. Harakat faoliyati qanday tashkil etiladi?
4. O’rgatish bosqichlarining vazifalari va uning metodik xususiyatlari aytib bering?
5. Chuqurlashtirilgan o’rgatish bosqichi va bosqichning maqsadinimalardan iborat?
6. Harakatni bajarishning oliy maqomi nima?

6-7-MAVZU. Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.
Mashgʻulot turi: ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Malakalarning o’zaro aloqasi va o’rgatishning ketma-ketligi.
2. Malakalarning o’zaro ijobiy aloqasi.
3. Malakaning o’zaro salbiy ta’siri.
4. Tug’ma avtomatizmlarning ta’siri.


1. Malakalarning o’zaro aloqasi va o’rgatishning ketma-ketligi
Malakalarning o‘zaro aloqasi va o‘rgatishning ketma-ketligi. Harakat malakalari tarkib topishi va qo‘llanish jarayonida ko‘pincha bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari hosil qilingan malakalar ko‘chish deb ataluvchi mexanizm bo‘yicha yangi malaka tarkib topishini yoki namoyon bo‘lishini osonlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkin. Ko‘chish ko‘p hollarda yangi ko‘nikma va malakaning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Masalan: kichik koptokni irg‘itish granata irg‘itishni, velosipedda yurish malakasi mototsikl minishni o‘rgatishga yordam beradi va h.k. Malakalarning bunday o‘zaro aloqasi ijobiy samara beradi yoki "ijobiy ko‘chish" deyiladi. Shu bilan birga, malakalarning o‘zaro aloqasi salbiy ham bo‘lishi mumkin. Masalan: Balandlikka sakrash malakasi to‘siqlardan yugurishni o‘rganishga halaqit berishi mumkin, yonbosh usulda suzish malakasi ma’lum sharoitlarda brass harakat qilishini izdan chiqaradi. Ko‘chi-rishning bunday turi o‘rgatish jarayoniga salbiy ta’sir etadi va ijobiy samara bermaydi
yoki "salbiy ko‘chish" deyiladi. Ko‘chish xarakteri - uning ijobiy yoki salbiy bo‘lishi, o‘rgatishning to‘la yoki qisman bo‘lishi, ilgari harakat hosil qilingan ta’siri yangi tartibga qaysi darajada yaroqli bo‘la olishiga bog‘liq.

Yüklə 267,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin