Harakat faoliyatlarini tartiblashtirilgan usullari va harakatni o‘zlashtirish yo‘llari. Jismoniy tarbiya metodlari yuklama va dam olishni yuqorida ko‘rsatilgan usullari bilan bir qatorda harakat faoliyatlarini o‘zlashtirishning turli usullari va umumboshqarishni ma’lum shakllari mavjud.
Harakat faoliyatlarini o‘zlashtirishda 2 ta qarama-qarshi shakllar
mavjud:
1. Tarkibiy elementlarga dastlabki bo‘linish yo‘li bilan o‘rgatish.
2. Bo‘laklarga ajratmasdan butunligicha o‘rgatish.
Bu ikkala yondashish ham o‘rganilayotgan harakat xususiyatiga ularning murakkabligi yoki oddiyligi, shug‘ullanuvchilarning dastlabki tayyorgarlik saviyasiga va boshqa shartlarga bog‘liq holda qo‘llaniladi. Hozirgi davrda jismoniy tarbiyaning ixtiyoriy biror bir tizimi turlicha metodlarni o‘z ichiga oladi. Lekin har bir metod o‘z holicha yetuk bo‘lmasdan, har bir
muvaffaqiyat ilmiy asoslangan va amaliyotda tasdiqlangan metodlar kompleksini qo‘llash natijasida amalga oshiriladi.
2. Ko’rgazmalilikni ta’minlash metodi So‘z metodi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyachining asosiy faoliyati so‘z bilan amalga oshiriladi: so‘z yordamida bilimlar beriladi, tushunishni faollashtiradi va chuqurlashtiradi, vazifalar beriladi, ularning bajarilishi boshqariladi, natijalar tahlil qilinadi va baholanadi, bolalarning intizomi boshqariladi. So‘z shug‘ullanuvchilar faoliyatini tushunishda, baholashda va o‘zicha boshqarishda kerakli vazifani hal etadi. Shu bilan bir qatorda so‘z o‘zining qo‘llanilishiga ko‘ra u yoki bu usullar va metodlar yordamida foydalaniladi: didaktik hikoya, suhbat, muhokama va h.k kiradi. So‘z metodi nisbatan yuqori sinflarda ko‘proq qo‘llaniladi, chunki bu sinflarda barcha bajarilayotgan harakatlar mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
So‘z metodiga 1) instruksiya berish; 2) qo‘shimcha tushuntirish; 3) ko‘rsatma va buyruqlar; 4) og‘zaki baholash; 5) o‘z-o‘ziga gapirish va o‘z-o‘ziga buyruq berish; 6) rag‘batlantirish; 7) chaqirish, haydash; 8) so‘z orqali jabr yetkazish; 9) umumiy buyruq; 10) tahlil qilish; 11) so‘z orqali o‘zaro munosabat; 12) mashg‘ulotni boshqarish va h.k.
Ko‘rgazmalilikni ta’minlash metodi Jismoniy tarbiya jaryonida ko‘rgazmalilik metodi keng qo‘llaniladi, ya’ni hamma sezgi organlariga ta’sir etib, bor narsalar bilan aloqa o‘rnatiladi. Bunda ko‘rish, harakat va boshqa sezgilardan keng foydalaniladi. Keng ma’nodagi ko‘rgazmalilikni amalga oshirishda mashqlarning xarakteristikasi, bajarish sharoitlariga asoslangan metodlar majmuasidan foydalanib, bu metodlar qu’yidagi guruhchalarga bo‘linadi. Ular bevosita namoyish qilinishi, o‘qituvchi tomonidan yoki bir o‘quvchi yordamida metodik ko‘rsatilishi mumkin. Mashqlar bajarilishi, harakat ta’siri, qoidalar va shartlari haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish. uchun yordamchi vositalardan, ya’ni bevosita ko‘rgazmali metoddan keng foydalaniladi. Bunday bevosita namoyish metodlari quyidagilarga bo‘linadi:
1) rasm, sxema, fotorasmlar va shu kabi ko‘rgazma qurollarini namoyish etish;
2) buyum modellar va maketlarni namoyish etish;
3) kino va videomagnitafonli namoyish;
4) tanlab olingan va sensor namoyish;
5) yo‘naltirilgan "sezish" harakat metodlari;
6) orientirovka metodlari;
7) lider va kundalik sensor tartiblashtirilgan metodlar;
8) tez informatsiya metodi, o‘yin metodi.
Ko‘rgazmali metod nisbatan boshlang‘ich sinflarda ko‘proq qo‘llaniladi. «Yuz marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi» degan xalq maqoli bor. Albatta, bu so‘z metodi bilan birga qo‘llaniladi. Ko‘rgazmali metodning turlari bevosita va bilvosita bo‘ladi. Bevosita ko‘rgazma - bu o‘qituvchining o‘zi mashqlarni yoki asosiy harakatni bevosita o‘zi ko‘rsatib berishini yoki biror bir o‘quvchilar yordamida ko‘rsatib berish tushuniladi. Bilvosita ko‘rgazma - bu turli rasmlarda, doskada, maketlarda, plakatlarda, diafilmlarda va boshqa texnik qurollar orqali ko‘rsatish tushuniladi.